• ALT – inson-mashina tizimi.
  • ALT – ierarxik tizim.
  • Texnikaviy ob’yektni loyihalash




    Download 12,65 Mb.
    bet6/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Texnikaviy ob’yektni loyihalash ushbu ob’yekt obrazini qabul qilingan forma (shakl)da yaratish, qayta o‘zgartirish va tasvirlab berish bilan bog‘liq. Ob’yekt yoki uning tarkibiy qismining obrazi inson tasavvurida ijodiy jarayon natijasida yaratilishi yoki inson va EHMlarning o‘zaro ta’siri jarayonida ba’zi algoritmlar bo‘yicha yuzaga kelishi (генерироваться) mumkin.
    Loyihalash – loyihalash uchun topshiriq bo‘lgan holda bajariladi. Topshiriq jamiyatning qandaydir texnikaviy buyumni olishga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu topshiriq u yoki bu hujjatlar ko‘rinishida bo‘ladi va ob’yektning birlamchi bayoni vazifasini bajaradi. Loyihalash natijasini, odatda, ob’yektni berilgan sharoitlarda tayyorlash uchun etarli ma’lumotlarni jamlagan hujjatlarning to‘liq komplekti o‘taydi. Bu hujjatlar ob’yektning natijaviy bayoni bo‘ladi.
    Loyihaviy yechimlarning hammasi yoki bir qismi inson va EHMlarning o‘zaro ta’siri y o‘li bilan olinadigan loyihalash avtomatlashtirilgan deb, EHMdan foydalanilmaydigan loyihalash esa, avtomatlashtirilmagan loyihalash deb ataladi.
    ALT – inson-mashina tizimi. EHM yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani texnikaviy vositalar yordamida ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o‘rin egallaydi. ALTda inson birinchidan formalizatsiya qilinmagan masalani va ikkinchidan insonning evrestik qobiliyatlari asosida samaraliroq echiladigan masalalarni yechadi.
    ALT – ierarxik tizim. U hamma darajalarda loyihalashni avtomatlashtirishga kompleks yondoshuvni amalga oshiradi. ALT qo‘llanilganida loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuv saqlanib qolishi kerak. Loyihalashning ierarxik darajalari ierarxik nimtizim ko‘rinishida ALTning maxsus dasturaviy ta’minoti (DT) strukturasida o‘z aksini topadi.
    Loyihalash – tadqiqot, hisoblash va konstruktorlik tavsifidagi ishlar kompleksini bajarish asosida ob’yektning birlamchi bayonini natijaviy bayonga o‘zgartiradigan jarayondir.
    Birlamchi bayonni natijaviy o‘zgartirish oraliq bayonlarni tug‘diradi; ular loyihalash tugaganini aniqlash yoki uni davom ettirish yo‘llarini tanlash maqsadida qarab chiqiladigan predmet vazifasini o‘taydi. Bunday bayonlarni loyihali yechimlar deyishadi.

    Download 12,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnikaviy ob’yektni loyihalash

    Download 12,65 Mb.