• ALT – unifikatsiyalashgan modullardan maksimal foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan tizimdir.
  • 2-mavzu.
  • ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir




    Download 12,65 Mb.
    bet7/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir. ALT vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi tizim bo‘lishi kerakligiga kamida ikkita sabab bor. Birinchidan, ALT kabi murakkab ob’ektni ishlash uzoq muddatni egallaydi, shuning uchun ALT tizimining qismlari tayyor bo‘la borgani sari ularni ekspluatatsiyaga kiritish iqtisodiy nuqtai nazardan foydalidir. Ekspluatatsiyaga kiritilgan tizimning bazaviy varianti keyinchalik kengaytirib boriladi. Ikkinchidan, hisoblash texnikasi va hisoblash matematikasining doimiy progressi yangi, ancha takomillashgan matematik modellar va dasturlar paydo bo‘lishiga olib keladi; ular eskirgan, samaradorligi kam bo‘lgan analoglarni almashtirishi kerak. Shu sababli ALT ochiq tizim bo‘lishi, ya’ni yangi metod va vositalarni ulash qulay bo‘lgan qobiliyatga ega bo‘lishi zarur.
    ALT – unifikatsiyalashgan modullardan maksimal foydalaniladigan ixtisoslashtirilgan tizimdir. Yuqori effektivlik va universallik talablari, odatda, bir-biriga qarama-qarshidir. Loyihalash vazifalarini yechishda kam vaqt va materiallar sarf bo‘lishida ifodalanadigan ALTning yuqori samaradorligiga tizimlarning ixtisoslashtirilishi hisobiga erishiladi. Ixtisoslashtirilgan ALTni ishlab chiqishga ketadigan sarfni kamaytirish uchun ularni unifikatsiyalashgan tarkibiy qismlardan maksimal foydalangan holda tuzish maqsadga muvofiqdir. Unifikatsiyalashning zaruriy sharti – turli texnikaviy ob’yektlarni modellashda, tahlil va sintez qilishda umumiy holatlarni qidirishdadir.
    Savollar
    1. ALTni yaratish printsiplarini bayon qiling.
    2. ALTni yaratishdagi asosiy holatlarni bayon qiling.
    3. ALT strukturasini tasvirlab bering.
    4. ALT kompleks vositalari va komponentlarining hamma turlarini aytib bering.
    2-mavzu. Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimining ta’minoti turlarining komponentlari
    Reja:
    1. ALT matematik ta’minoti (MT).
    2. ALT dasturaviy ta’minoti (DT).
    3. ALT informatsion ta’minot.
    4. ALT texnikaviy ta’minoti.
    5. ALT lingvistik ta’minoti.

    Download 12,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ALT – ochiq va rivojlanuvchi tizimdir

    Download 12,65 Mb.