• Tayanch so‘zlar va iboralar
  • Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)




    Download 12,65 Mb.
    bet3/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)


    I-Modul. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi va uning umumiy asoslari


    1-mavzu. “Kompyuterli loyihalash” faniga kirish. Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimini yaratish prinsiplari, tarkibi va strukturasi
    Reja:
    1. “Kompyuterli loyihalash” fanining predmeti. Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uni yaratish prinsiplari, tarkibi va strukturasi.
    2. Texnikaviy ob’ektni loyihalash.
    3. Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi - iyerarxik tizim.


    Tayanch so‘zlar va iboralar
    Loyihalash, loyihalashni avtomatlashtirish, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi, vositalar kompleksi, informatsion-qidiruv tizimi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.


    Loyihalash – bu ob’yektning birlamchi bayoni va (yoki) uni mavjud qiladigan algoritm asosida berilgan sharoitda ham mavjud bo‘lmagan ob’yektni yaratish uchun zarur bo‘lgan bayonini tuzish jarayonidir. Loyihalash berilgan talablarga javob beradigan, yangi buyumni yaratish yoki yangi jarayonni amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan loyihalanadigan predmet bayonini olish maqsadidagi izlanish, tadqiqot, hisob va konstruktsiyalash bo‘yicha ishlar majmuini o‘z ichiga oladi. Loyihalash – bu chuqur ilmiy bilimlarga va ijodiy izlanishlarga hamda ma’lum sohada to‘plangan tajriba va ko‘nikmalardan foydalanishga asoslangan, lekin sermashaqqat oddiy ishlarni bajarish zarurati bo‘lgan inson bunyodkorlik faoliyatining murakkab, o‘ziga xos turidir.
    Loyihalashni avtomatlashtirish deganda loyihani ishlab chiqish jarayonini bajarishning shunday usuli tushuniladiki, bunda loyihalash protseduralari va operatsiyalari loyihalovchining EHM bilan chambarchas muloqotida amalga oshadi. Loyihalashni avtomatlashtirish hisoblash texnikasi vositalaridan muntazam ravishda foydalanishni nazarda tutadi; bunda loyihalovchi va EHM orasidagi funktsiyalarni ratsional taqsimlash va masalalarni mashinada yechish metodlarini asosli tanlash lozim.
    ALTni yaratish uchun:
    − matematik metodlar hamda hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llash asosida loyihalashni takomillashtirish;
    − izlash, ishlov berish va informatsiya (ma’lumot)ni chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;
    − optimallashtirish va ko‘p variantli loyihalash metodlaridan foydalanish;
    − loyihalanayotgan ob’yektlar, buyumlar va materiallarning matematik modellarini samarali qo‘llash;
    4 − ob’yektlarni avtomatlashtirilgan loyihalash uchun zarur bo‘lgan, ma’lumotnoma tavsifidagi tizimlashtirilgan ma’lumotlarga ega ma’lumotlar bankini yaratish;
    − loyiha hujjatlarini shakllantirish (rasmiylashtirish) sifatini oshirish;
    − ijodiy bo‘lmagan ishlarni avtomatlashtirish hisobiga loyihalovchilar mehnatining ijodiy ulushini oshirish;
    − loyihalash metodlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish;
    − ALT sohaqidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
    − loyihalovchi bo‘limlarning turli darajadagi hamda vazifasi har xil bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan mustahkam aloqada ishlashi zarur.
    Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi (ALT) – avtomatlashtirilgan loyihalashni bajaruvchi loyihalovchi tashkilot yoki mutaxassislar jamoasi bilan bog‘langan avtomatlashtirilgan loyihalash vositalarining majmuidir. ALT texnikaviy vositalar hamda matematik va dasturaviy ta’minlashni birlashtiradi; matematik va dasturaviy ta’minot muhandislik loyihalash va konstruktsiyalash masalalarining xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda tanlanadi. ALTda muhandisning EHM bilan operativ bog‘lanishi vositalari, maxsus muammoli-yo‘naltirilgan tillar va informatsion-ma’lumot bazasi qo‘llanilishi hisobiga dasturlardan foydalanish qulayligi ta’minlanadi.
    ALTning asosiy vazifasi – ob’yekt va uning tarkibiy qismlarini loyihalashni avtomatlashtirilgan tarzda bajarishdir. ALT va uning tarkibiy qismlarini yaratishda tizimiy birlik, bir-biriga mos kelish, tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bo‘lish hamda rivojlanish printsiplariga amal qilish lozim.
    Tizimiy birlik printsipi. Loyihalanayotgan ob’yektning alohida elementlari va ob’yektni to‘liq loyihalashda tizimning bir butunligini va tizimiy «yangilik»ni ta’minlaydi.
    Bir-biriga mos kelish printsipi ALTning tarkibiy qismlarining birgalikda ishlashini ta’minlaydi va ochiq tizimni bir butunlikda saqlaydi.
    Tipik xususiyatlarga qarab tip va turlarga bo‘lish printsipi ALTning tipiklashgan va unifikatsiyalashgan elementlarini yaratish va ulardan foydalanishga e’tiborini qaratadi.
    Rivojlanish printsipi ALT asosiy qismlarining to‘ldirib borilishini, takomillashtirilishini va yangilanib borishini hamda darajasi va funktsional vazifasi turlicha bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar bilan birgalikda ishlashini ta’minlaydi.



    Download 12,65 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)

    Download 12,65 Mb.