• 2-§. FOYDALANUVCHINING INTERFEYSI
  • «Переключение рабочих пространств»
  • «2D рисование и аннотации» yoki «3D моделирование»
  • «Классический AutoCAD»
  • Стандартная
  • «Объектная привязка» , «Размер», «Редактирование», «Рисование», «Свойства»,«Слои» va «Стандартная»
  • « Переключениерабочихпространств »
  • « Сохранитьрабочеепространство »
  • Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali




    Download 12,65 Mb.
    bet49/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    «Классический AutoCAD» interfeysining eng yuqori chap tomonida joylashgan ushbu tugma sharhlovchi menyu, uning o‘ng qatorida joylashgan panel tezkor kiritish paneli, uning o‘ng tomonida joylashgan panel axborotlar markazi va uning ostki qatorida menyular qatori joylashgan (7 – rasm).



    7 – rasm. Menyular qatori.

    Buyruqlar va holatlar qatori esa, barcha ishchi fazolarning interfeyslarida bir xil qilib berilgan (3 – chizma).




    2-§. FOYDALANUVCHINING INTERFEYSI

    Turli kompyuter dasturlaridan foydalanib biror bir chizma chizish, matn yozish yoki jadval tuzish va shu kabi boshqa amalni bajargan kishi ushbu dasturning foydalanuvchisi hisoblanadi.


    AutoCAD dasturidan foydalanib mashinasozlik chizmalarini chizar ekanmiz, albatta Biz ham ushbu dasturning foydalanuvchisi hisoblanamiz. Har qanday amaliy dasturning interfeysi mavjud bo‘lib, o‘sha dasturning bajaradigan vazifasiga qarab unga, dasturchilar albatta interfeys yaratishadi. Interfeys foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadi. AutoCAD tizimining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan, chizmalarni chizish, ularni tahrirlash, matnlar yozish, jadvallar tuzish, boshqa dasturlar tizimida yaratilgan fayllar bilan ishlash va shu kabi turli amallarni bajarish hisoblanadi.
    AutoCAD tizimi yuklangandan so‘ng, Bizga ma’lum bo‘lgan ishchi fazolardan birini masalan, «Классический AutoCAD» ishchi fazosining interfeysini ochib beradi. Faraz qilaylik, Siz ishlamoqchi bo‘lgan ishchi fazo ekranda ochilmadi. Bunday holda, holatlar qatorida joylashgan ushbu «Переключение рабочих пространств» tugma, LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, uning ro‘yxati ochiladi (8 – rasm). Mazkur ro‘yxat «2D рисование и аннотации», «3D моделирование» va «Классический AutoCAD» kabi ishchi fazolardan biriga o‘tib ishlashni ta’minlab beradi.

    8 – rasm. Holatlar qatoridagi «Переключение рабочих пространств» tugmasi.

    Ushbu holatda  Классический AutoCAD ning ishchi fazosi ochilgan bo‘lib, uning chap tomoniga  bayroqcha belgisi qo‘yilgan. Agar, Siz «2D рисование и аннотации» yoki «3D моделирование» kabi ishchi fazolardan biriga o‘tib, ishlamoqchi bo‘lsangiz, u holda, ushbu ishchi fazoning nomini tanlab, LM bilan belgilash kerak bo‘ladi. Undan so‘ng, tanlangan ishchi fazoning intrfeysi ekranda ochilgunga qadar 10 ... 15 soniya vaqt ketadi.


    AutoCAD tizimini yaratgan dasturchilar foydalanuvchi uchun, unga ma’qul bo‘lgan interfeysni o‘zi sozlab olish imkoniyatini yaratib bergan. Shundan kelib chiqqan holda eng avval foydalanuvchi o‘zining interfeysini sozlab olishi kerak bo‘ladi. Uni sozlash uchun, «Классический AutoCAD» ishchi fazosining interfeysi misolida ko‘rib chiqamiz. Buning uchun yuqorida bayon etilgan tartibda «Классический AutoCAD» ishchi fazoni ekranda ornatib olamiz (10 – rasm).
    2D o‘lchamli mashinasozlik chizmalarini chizish uchun foydalanuvchining interfeysi albatta quyidagilardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Asboblar panellari – ularga: 1. Стандартная – Standart paneli; 2. Свойства – Ob’yektning xususiyatlari paneli; 3. Слои – Qatlamlar paneli; 4. Рисование – Chizish paneli; 5. Редактирование – Tahrirlash paneli; 6. Объектная привязка – Ob‘yektlarni bog‘lash; 7. Размер – O‘lchamlar panellari kiradi. Foydalanuvchining interfeysi quyidagi tartibda sozlanadi.

    1. Mavjud bo‘lgan asboblar panelining ustiga strelka shaklidagi kursorni qo‘yib RM yordamida yuklanadi. Undan so‘ng, 2 – rasmda keltirilgan ro‘yxat ochiladi.

    2. Mazkur ro‘yxatdagi «Объектная привязка», «Размер», «Редактирование», «Рисование», «Свойства»,«Слои» va «Стандартная» so‘zlarining chap tomoniga ushbu bayroqcha belgisi LM yordamida qo‘yib chiqiladi. (9 – rasmga qarab sozlab chiqing!).

    Ekranda hosil bo‘lgan barcha asboblar panellari « suzuvchi panel » deb ataladi va ularni interfeysning istalgan joyiga o‘rnatish mumkin. Buning uchun, asboblar panelining eng chap yoki o‘ng chekki qismiga strelka shaklidagi kursorni qo‘yib va sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda, uni kerakli joyga surib, gorizontal yoki vertikal holatda qo‘yiladi ( 11 – rasmga qarang!).

    9 – rasm.



    10 – rasm. «КлассическийAutoCAD» ishchi fazosining interfeysi.

    11 – rasm. «Suzuvchi panel».

    Ishchi stol (chizma maydoni)dan unumli foydalanish maqsadida ekrandagi asboblar palitrasi, «Рабочиепространство», «Стили» va «Порядокпрорисовки» kabi asboblar panellarini yopib qo‘yish tavsiya etiladi. Ushbu interfeysning menyular, buyruqlar va holatlar qatorlariga o‘zgartirish kiritilmaydi. Natijada, 15 – rasmda berilgan foydalanuvchining interfeysi hosil bo‘ladi.






    12 – rasm.

    13 – rasm. «Сохранить рабочее пространство»

    Barcha asboblar panellari o‘rnatilgandan so‘ng, foydalanuvchi ishchi fazoga nom berib, uni saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu holda, holatlar qatorining o‘ng pastki qismida joylashgan «Переключениерабочихпространств» tugmasi LM bilan belgilanadi. Undan so‘ng, uning ro‘yxati ochiladi (12 – rasm). Ushbu ro‘yxatning «Сохранитьтекущеекак …»bo‘limini LM bilan belgilansa, «Сохранитьрабочеепространство»muloqatlar oynasi ochiladi (13 – rasm). Uning «Имя bo‘limiga klaviatura orqali masalan, «Foydalanuvchi Karimov A.A.»terib kiritiladi va «Сохранить»tugmasi LM bilan bosiladi. Natijada, foydalanuvchining interfeysi kiritilgan nom bilan uning xotirasida saqlanib qo‘yiladi va har safar AutoCAD dasturini yuklaganingizda Sizga uni ochib beradi.
    Agar, Siz «2Dрисованиеианнотации» yoki «3Dмоделирование» kabi ishchi fazolaridan birining interfeysini sozlab, unda ishlamoqchi bo‘lsangiz, u holda ulardan kerakli ishchi fazoni yuqorida bayon etilgan tartibda o‘rnatib olishingiz kerak bo‘ladi. Ushbu ikki ishchi fazolarining interfeysilarida deyarli o‘zgartirish kiritilmaydi. Chunki, ulardagi asboblar lentalarining tarkibiga barcha asboblar panellari o‘rnatilgan. Faqat, bir «Объектнаяпрвязка» - ob’yektlarni bog‘lash kabi asboblar paneli mavjud emas. Uni o‘rnatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
    1. Ekranning eng yuqori chap tomonida joylashgan ushbu tezkor kiritish paneli ustiga kursorni qo‘yib, RM bilan belgilanadi (14 – rasm). Undan so‘ng, uning ro‘yxati ochiladi;

    14 – rasm. «Объектнаяпривязка» asboblar panelini o‘rnatish tartibi.
    2. Ushbu ro‘yxatning «Панелиинструментов»bandi LM bilan belgilanadi;
    3. AutoCAD bandi LM bilan belgilanadi;
    4. Ochilgan ro‘yxatdan «Объектнаяпривязка»bandi LM bilan belgilanadi.
    Ushbu «Объектнаяпривязка» asboblar panelini ekranning chap yoki o‘ng tomonlaridan biriga vertikal holatda o‘rnatish tavsiya etiladi.
    Ekranda joylashgan «Палитраинструментов» - asboblar palitrasini «Ctrl+3» tugmalarini bosib, uni yopish (yoki ochish) mumkin.



    15 – rasm. Sozlab olingan foydalanuvchining interfeysi.


    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali

    Download 12,65 Mb.