5 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnik vositalari
Protsessorlar
Ma’ruza rejasi:
1. Umumiy holatlar
1.1. EHMlarning asosiy texnikaviy parametrlari
1.2. EHM klassifikatsiyasi
1.3. Hisoblash tizimlari (HT)ning ish rejimlari
2. Avtomatlashtirilgan loyihalashda foydalaniladigan EHM va HT haqida umumiy
ma‟lumotlar
3. EHM apparat vositalari va tizimlari
3.1. Protsessorlar
3.2. Intel protsessorlari tarixi
3.3. Protsessor razryadligi
3.4. Protsessor avlodi
3.5. Protsessor chastotasi
3.6. Protsessor bo„linmalari
3.7. Chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsienti
Tayanch so‘zlar va iboralar
Umumtizimiy dasturaviy ta‟minot, operatsion ta‟minot, operatsion tizim, hisoblash tizimi,
unumdorlik, sig„im, markaziy qurilmalar, periferiya qurilmalari, markaziy protsessor, razry
adlik,
ichki ko„paytirish koeffitsienti, operativ xotirada saqlovchi qurilma.
5.1. Umumiy holatlar
Texnikaviy vositalar (TV) va umumtizimiy dasturaviy ta‟minot (DT) ALTning instrumenta
l
bazasini tashkil qiladi. Ular fizikaviy muhitni hosil qiladi; bu muhitda ALTning boshqa t
urdagi
ta‟minotlari (matematik, lingvistik, informatsion va h.k.) realizatsiya qilinadi.
Muhandis ushbu muhit
bilan o„zaro muloqotda bo„lib va loyihalashning turli masalalarini yechib, texnikaviy ob‟y
ektlarni
avtomatlashtirilgan loyihalashni amalga oshiradi. Loyihalash jarayonida texnikaviy vositalar
va
umumdasturaviy ta‟minot informatsion qayta shakllantirish va uni masofada va vaqtda uza
tishni
ta‟minlash bo„yicha turli, lekin o„zaro bog„liq funktsiyalarni bajaradi.
Texnikaviy vositalar ALTda quyidagi masalalarni yechadi:
- loyihalash ob‟yekti bayonining birlamchi ma‟lumotlarini kiritadi;
- kiritilgan informatsiyani nazorat qilish va muharrirlash maqsadida uni aks ettiradi;
- informatsiyani qayta shakllantiradi (ma‟lumotlar taqdim qilinishini shaklini o„zgartirish,
qayta kodirovka qilish, translyatsiya qilish, arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish,
ma‟lumotlar strukturasini o„zgartirish va sh.k.);
- turli informatsiyalarni saqlaydi;
- yechimning natijaviy va oraliq natijalarini aks ettiradi;
- masalani yechish jarayonida loyihalovchining tizim bilan operativ muloqotini ta‟minlaydi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun ALTning texnikaviy vositalarni o„z ichiga protsessorlar,
operativ xotira (OX), tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar (TXQ), informatsiyani kirituvchi
-
chiqaruvchi qurilmalar (IKChQ), insonning EHM bilan operativ muloqotini ta‟minlovchi qurilm
alar,
EHMning masofadagi terminallar va boshqa mashinalar bilan aloqasini ta‟minlaydigan qurilmal
arni
oladi. ALTning ishlab chiqarish jihozi bilan bevosita aloqasini yaratish zarurati tug„ilgand
a
texnikaviy vositalar tarkibiga loyihalash natijalarini dastgohlar, texnologik komplekslar va
avtomatlarni boshqaruvchi signallarga o„zgartiradigan qurilmalar kiritilishi kerak.
Yuqorida qayd qilingan masalalarni texnikaviy vositalar umumtizimiy DT bilan birgalikda
yechadi. Umumtizimiy dasturaviy ta’minot deganda EHMning operatsion tizimi (OT) nazar
da
tutiladi. EHM texnikaviy vositalari va uning dasturaviy ta‟minoti majmui hisoblash tizimi (HT)
deb
ataladi.
30
OT vazifasi – HTda hisoblash jarayonini tashkil qiladi; yechilayotgan alohida masalalar
orasida hisoblash resurslarini ratsional taqsimlash; foydalanuvchilarga dasturlash jarayonini
va
ularning masalalarini sozlashni yengillatuvchi har xil servis vositalarini taqdim qilishdir.
Operatsion tizim qayd qilingan funktsiyalarni HTning o„tkazish qobiliyatini oshirish,
loyihalovchi so„roviga tizim reaktsiya qiladigan vaqtni kamaytirish va HT resurslaridan foydalan
ish
samarasini oshirish maqsadida bajaradi. ALTda odatda hisoblash texnikasining keng tarqal
gan
universal vositalari va vazifasi umumiy bo„lgan operatsion tizimlardan foydalanishadi. Tex
nikaviy
vositalarning muammoli yo„nalishi hisoblash texnikasining har xil qurilmalari ALT texnika
viy
vositalari kompleksiga birlashtirilganida amalga oshadi. Umumtizimiy DT tarkibini aniqlas
hda
odatda HTning talab qilinadigan ish rejimlarini eng samarali ta‟minlaydigan va uning ha
mma
resurslaridan ratsional foydalanishni ta‟minlaydigan OTni tanlashadi.
Operatsion tizim foydalanuvchi va HT orasida o„ziga xos interfeys vazifasini bajaradi, ya
‟ni
OT foydalanuvchiga virtual hisoblash tizimini taqdim etadi. Demak, HT foydalanuvchida
HT
imkoniyatlari, u bilan ishlash qulayligi, uning o„tkazuvchanlik qobiliyati haqida tushuncha
shakllantiradi. Turli OTlar bir xil texnikaviy vositalarda foydalanuvchiga hisoblash jarayonini tas
hkil
qilish yoki ma‟lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun har xil imkoniyatlar ber
ishi
mumkin.
OT ko„p sonli har xil yordamlarni, servis vositalarini, amaliy dasturlar unumdorligini oshirish
usullarini ham taqdim etadi; ularni bilish ham yangi dasturlarni yaratishda va ham mavju
d ALT
komplekslaridan
foydalanishda foydalanuvchining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
MS-DOS operatsion tizimi IBM PC kompyuteri dunyosini deyarli o„n besh yil boshqardi.
Haqiqatda qulay bo„lgan grafikaviy operatsion tizim 1995 yil oxirida paydo bo„ldi, ungac
ha
dasturlarning asosiy massasi MS-DOS tizimi uchun chiqarildi.
1995 yil oxirida Microsoft korporatsiyasi Windows 95 OTni chiqardi. Bu OT MS-
DOS ni
butunlay almashtirdi. 1998 yilda Microsoft korporatsiyasi OTning yangi versiyasi – Micro
soft
Windows 98 ni taqdim qildi. Bu OT mukammal bo„lib tuyuldi, lekin Windows 98 tizimi qancha
lik
yaxshi bo„lmasin, u kompyuterning apparat qismidan juda «uzoqda». MS-
DOS tizimi kompyuterga
«yaqinroq». Kompyuter MS-
DOS tizimida start oladi va undan keyingina Windows 98 ni tashkil
qiluvchi juda katta dasturlar paketini yuklaydi. MS-
DOS kompyuter va Windows 98 tizim orasida
«ko„prik» vazifasini bajaradi. «Ko„prik»larning bunday zanjiri resurslarning bir qismini o„
ziga
«tortib oladi». Turli operatsion tizimlarning operativ xotirasi talab qiladigan hajm 5.1-
jadvalda
ko„rsatilgan.
|