|
§ 14.2. Kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari va tavsiflari
|
bet | 98/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1) § 14.2. Kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari va tavsiflari
Kuchaytirgichning asosiy parametrlardan biri kuchaytirish koeffitsiyenti hisoblanadi. Uch kuchlanish koeffitsiyenti mavjud: kuchlanish bo’yicha , tok bo’yicha va quvvat bo’yicha. Kuchaytirgichlar uchun koeffitsiyentlar miqdorlari turlicha bo’lishlari mumkin, ammo prinsipiallagi shundaki, Kr doim birdan katta bo’lishi kerak. Kuchaytirish koeffitsiyentlarining maksimal miqdorlari 106 ga yetishi mumkin. Ko’p kaskadli kuchaytirgichning umumiy kuchaytirish koeffitsiyenti alohida kaskadlarning kuchaytirish koefitsiyentlarining ko’paytmasiga teng.
Kuchaytirish koeffitsiyentning ko’pincha lagarifmik birliklarda – detsibellarda belgilashadi (db): Ku=20 lg(Uchiq/Ukir)=20 lg Ku.
Kuchaytirish koeffitsiyentlarning ditsibellarda ifodalanishi odam qulog’ining ovoz tebranishlariga eshitish to’g’ri kelishi bilan bog’liq.
Signalning kuchayishidan tashqari, kuchaytirgich uning shaklini o’zgartirmasligi kerak, ya’ni ideal holatda barcha o’zgarishlarni (kuchlanishni yoki tokni) aniq qaytarilishi. Chiqish signal shaklining kirish siganl shaklidan o’zgarishi buzulishlar deyiladi. Buzulishlar ikki xil bo’ladi: nochiziqli va chastotaviy. Tranzistorlarda yig’ilgan kuchaytirgichni nochiziqli buzulishlari tranzistorlarning VAT nochiziqligi bilan aniqlanadi. Agar kuchaytirgichni kirishiga sinusida shaklida signal berilganda chiqish signali toza sinusoidli bo’lmaydi, u yuqori garmoniklar tarkibiga ega bo’ladi. Buni qo’shqutbli tranzistorning kirish VAT yordamida oddiy kuzatish mumkin, u to’g’ri chiziq shaklida emas, balki eksponenta shaklida bo’ladi.
Nochiziqli buzulishlarni baholashda ko’p holatlarda faqat ikkinchi va uchinchi garmoniklarni hisobga olishadi, chunki undan yuqori garmoniklar kam quvvatga ega. Amaliyotda esa asosiy buzulishlar chiqish (ba’zan chiqishdan oldingi) kaskadi tomonidan kiritiladi, chunki u signallarning katta amplitudasida ishlaydi.
Nochiziqli buzulishlarni taxminiy baholash uchun kuchaytirigchning amplitudaviy tavsifi bilan foydalansa bo’ladi (14.2-rasm),
|
| |