14.4 rasm. Umumiy bazali tranzistorning chiqish va kirish dinamik tavsifi
Ba’zi tranzistorlar uchun statik kirish tavsiflari bir biriga juda yaqin joylashadi. Bunday holatda, taxminan hisoblanadi, Uk>0,5-5V bo’lganida olingan kirish dinamik tavsifi statik bilan birlashadi.
Past chastotali kichik signallarni kuchaytirish sifatida ishlaydigan tranzistor ishlashini dinamik rejimini tanlaganda, esda tutish kerak:
1. O’zgaruvchan tok va kuchlanishlarni o’zgarishi, to’yinish va kesib tashlash hududida emas, balki faqat faol hududida.
2. Tranzistor ishlashining dinamik rejimi yo’l qo’yiladigan maksimal miqdorlari bilan cheklangan:
a) Ie maks – emitter o’tishining quvvati bilan aniq-lanadigan yo’l qo’yiladigan maksimal emitter toki;
b) Uk maks – teshuvchi kuchlanish bilan aniqlanadigan yo’l qo’yiladigan maksimal kollektor kuchlanishi;
V) Rk.maks.dop. – kollektorli o’tishning yo’l qo’yiladigan sochilish quvvati.
Kuchaytirgich sifatida tranzistor ishlaganda ishchi nuqta chiqib ketishi mumkin bo’lmagan hudud chegarasi 14.5-rasmda ko’rsatilgan.
14.5-rasm. Tranzistorning hudud chegarasi
Agar nochiziqli buzulishlarsiz ishlash sharti qo’yiladigan bo’lsa, ya’ni kirish qismiga berilgan signal shaklini tranzistorning chiqishida aniq qayta tiklash sharti, bunda o’zgaruvchan tok va kuchlanishlar o’zgarishi chiqish tokini o’zgarishi kirish toki o’zgarishiga to’g’ri proporsional bo’lgan chiqish dinamik tavsiflari maydonida bo’lib o’tishi kerak. Bundan tashqari, tranzistorlardagi nochiziqli buzulishlar to’satdan kirish dinamik tavsifini nochiziqlik darajasi bilan aniqlanishi sababli, o’zgaruvchan tok va kuchlanishlarni o’zgarishi kirish dinamik tavsifini to’g’richiziqli bo’lagida yotishi zarur.
Shu sabablarga ko’ra, emitterli va kollektorli o’tishlarga beriladigan yuklanish qarshiligi Ryu va o’zgarmas kuchlanish miqdorlari aniqlanadi. Misol tariqasida tranzistorda yig’ilgan bir kaskadli kuchaytirgichni ko’rib chiqamiz (14.6rasm).
|