• Ro’y xatga olindi
  • INFORMATIKA fanining IShChI DASTUR
  • Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv
  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
  • Axborotni taqdin qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash
  • O’qitishni tashkil etish shakllari
  • Kommunikatsiya usullari
  • Boshqarish usullari va vositalari
  • J ami M a’ruza A maliy va lab aratoriya
  • “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining rivojlanishi asosiy bosqichlari.
  • 2. Farmatsevtika sohasida axborotlarning xavfsizligi. Axborotlarni himoyalash usullari.
  • Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika




    Download 7.41 Mb.
    bet2/56
    Sana18.09.2020
    Hajmi7.41 Mb.
    #11417
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

    I. ISHCHI DASTUR



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

    TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

    Fizika, matematika va AT kafedrasi



    Ro’yxatga olindi:

    №___________________

    201_ y. «___» _________





    Tasqiqlayman

    O’quv ishlari bo’yicha

    prorektor f.f.n Aliyev S.U.
    №___________________

    201_ y. «___» _________




    INFORMATIKA

    fanining

    IShChI DASTUR
    Bilim sohasi: 500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
    Ta’lim sohasi: 510000 Sog’liqni saqlash
    Ta’lim yo’nalishi: 5320500 Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)

    5510500 Farmatsiya (Klinik farmatsiya)

    5510500 Farmatsiya (Farmasevtik taxlil)

    5510500 Farmatsiya (Farmasevtika ishi)

    5111000 kasb ta`limi (5510500-farmasevtika ishi)

    5510600 Sanoat farmatsiyasi (Dori vositalari)

    5510600 Sanoat farmatsiyasi (Farmasevtik biotexnologiya)

    5510600 Sanoat farmatsiyasi (Kosmesevtika)

    5310901 Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati

    menejmenti (dori vositalari)



    Toshkent-2016

    Tuzuvchilar:



    Samigova N. X.

    Fizika, matematika va AT kafedrasi, katta o`qituvchisi

    Baydullaev A. S

    Fizika, matematika va AT kafedrasi, o`qituvchisi

    Qodirova G. A.

    Fizika, matematika va AT kafedrasi, o`qituvchisi

    Taqrizchilar:

    Xakimov M.

    –Milliy univеrsitеt, Tarmoq texnologiyalari va dasturlash

    kafedrasi dotsenti, Fizika-matеmatika fanlari nomzodi



    Ismailova M.G.

    –Toshkеnt Farmatsеvtika Instituti «Biotеxnologiya»

    kafеdrasi f.f.d, dotsent


    Ishchi dastur namunaviy dastur asosida tuzildi va kafedraning 20___ yil “___” ________dagi ____-sonli yig`ilishida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tafsiya etildi.

    Fizika, matematika va AT kafedrasi

    mudiri, t.f.d., dotsent Shadmanov K.K

    Sanoat farmatsiyasi ilmiy kengashi 2015 yil “---------------------------dagi -------- - sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.

    Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy

    kengashi raisi dotsent X.Sh. Ilxomov

    “___” _______ 2015yil

    Ishchi dastur MUKning 2015 yil “__”________ dagi ___-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlandi.

    Kelishildi: Institut o’quv ishlari prorektori ___________f.f.n., S.U.Aliyev

    Kirish


    Oliy ta`limning Davlat ta`lim standartiga ko`ra ”Informatika” fani ishchi dasturi barcha mutaxassislar ish faoliyatida kerak bo`ladigan axborot texnologiyalarida ishlash, ulardan keng foydalanish usullarini o`rgatadi. ”Informatika” fani ishchi dasturida: kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari, ofis dasturlarida ishlash, internetdan foydalanish, algoritmlar va dasturlash tillaridan foydalanish bo`limlaridan tashkil topgan.

    Axborotlashtirish – iqisodiyot, fan-texnika va tibbiyotning navbatdagi muvaffaqiyatli rivojlanishini axborotlashtirilgan jamiyatning zamonaviy talablariga mos darajada mutaxassislar tayyorlash sifati va unumdorligini oshirish, yayangi axborot texnologiyalaridan foydalanish evaziga intellektual faoliyatni ratsionalizatsiyalashdan iborat.

    Axborotlashtirishning asosiy maqsadi, intellektual faoliyatda yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish, industrial-informatsion jamiyatning zamonaviy talablariga mos ravishda mutaxassislar tayyorlash sifati va foydalanish darajasini oshirishdan iborat.

    Axborot texnologiyalarning zamonaviy rivojlanish ko’rsatkichi tasavvurni larzaga keltiradi: yil davomida mikroprotsessorlarni yangi avlodi paydo bґlmoqda, dasturli maqsulotlarning navbatdagi talqinini tayyorlashning o’rtacha muddati 9 oyni tashkil etadi.

    Insoniyat rivojlanishini xozirgi bosqichida axborotlashtirish jaroyoni yaqqol ko’zga ko’rinmoqda va ta'lim soxasida axborot texnologiyalarni keng qo’llanilishini asosiy masala qilib qo’ymoqda. Shu kunda xar bir ziyoli inson kasbi, xunari va ishlash muxiti xususiyatidan qattiy nazar elektron axborotni qayta ishlash va uzatish vositalarini ishlatish malakalariga ega bo’lishi kerakdir.

    Oliy ta'lim tizimning o’zi yuqori darajali ta'lim texnologiyalarni istemolchisi bo’lishi bilan birga, jamiyatni axboratlashtirish jaroenini katalizatori bo’lib xizmat qilib, yangicha fikir yurituvchi mutaxassislarni shakillantiradi.

    O’zbekistonda Ta'lim soqasini rivojlanishini xozirgi bosqichining asosiy xususiyatlaridan biri, to’qridan to’qri istemolchilarga yo’naltirilganidadir-ya'ni oilaga, talabaga. Ushbu xolatda ta'lim tizimining rivojlanishini istemolchiga yo’naltirilganligi va mavjud ta'lim muxitini birligini ta'minlash orasida ziddiyatli xolat mavjud bo’ladi. Bu ziddiyatni mavjud ta'lim tizimini rivojlantirish va bir butinligini ta'minlashni davlat ta'lim standartlari belgilab beradi.

    Turli vazifalarni qal qilishda zamonaviy qisoblash texnikasi vositalarini keng qo’llash qam provizordan, qam kimyogar-texnologdan zamonavuy xisoblash texnikasidan-kompyuterlardan yuqori darajada foydalanish maqorati va tegishli ma'lumotga ega bo’lishni talab qiladi.Ushbu datsur informatika fanining nazariy asoslari, qisoblash usullari, fan tarixi va rivojining tendentsiyasi, itsiqboli qamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy isloxatlar natijalari va xududiy muommolarning dori ishlab chiqarish sanoatida foydalanalanish masalalarini amraydi.

    Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan.

    Fanning maqsad va vazifalari

    «Informatika” fani 1 semestr o`qitiladi. Bu vaqt oralig`ida talabalarga Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalari, ofis dasturlarida ishlash, internetdan foydalanish, algoritmlar va dasturlash tillaridan foydalanish uchun zarur bo`lgan tushuncha va tayanch bilimlarni beradi. Fanni o’qitishdan maqsad zamonavuy xisoblash texnikasidan-kompyuterlardan yuqori darajada foydalanish maqorati va tegishli ma'lumotga ega bo’lishni talab qiladigan bozor iqtisodi sharoitida talabalarge etarli bilim berishdir. Shunga ko’ra “Informatika” fanini o’qitishdan maqsad zamonaviy kompyuter texnologiyalari asoslari, operatssion tizimlar, matn va grafik muqarrirlari, elektron jadvallar, Internet tizimi qaqida talabalarga mukammal bilim berish; yuqori darajadagi algoritmik tilda turli dasturlar tuzishga qamda kimyo-texnolog sifatida amaliyotda vujudga kelgan muammolarni kompyuterda tez va aniq bajarishga o’rgatishdan iboratdir.

    Fan bo’yicha talabalarning bilim, kunikma malakalariga qo’yiladigan talablar

    ” Informatika” fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr;

    - zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlari haqida ma'lumotlarga ega bo’lish va ulardan foydalana olish;

    - turli operatsion tizimlar haqida ma`lumotga ega bo`lish;

    - algoritmik tillarda mutahassislik masalalariga dastur tuza olish;

    - Elektron jadval, matn muharrirlari va taqdimot tayorlash dasturlarida ishlay olish;

    - ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida ma'lumotga ega bo’lish;

    - Internet tizimi imkoniyatlaridan foydalana oladi;

    - turli murakkablikdagi veb-sahifalarini yaratish;

    - Axborot texnologiyalari vositalaridan o`qish jarayonida va kelajakda o`zining kasbiy faoliyatida foydalanish;

    - Axborotni kiritish, saqlash, izlab topish va strukturalash, bir sistemaga tushirish, ommaviylashtirishga erishish;

    - Zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida o`z bilim darajasini boyitish va ayirboshlash imkoniga ega bo`lish haqida bilimga ega bo`lishi;
    Ko`nikmaga:

    - Zamonaviy kompyuterlarda axborotlarni qayta ishlash jarayonini to`la-to`kis o`zlashtirishni tashkil etish.

    - Mavjud OS vositasida axborotning barcha turlari bo`yicha hujjat tayyorlash va uni ustida ish yuritish texnologiyasini o`zlashtirish.

    - Elektron jadval yaratish va undan unumli foydalanish jarayonini o`zlashtirish.

    - Ma'lumotlar bazasini yaratish va uni boshqarish tizimi asosida ish yuritish texnologiyasini o`rgatish.

    - multimedia va tarmoqli axborot almashuv texnologiyasini o`rgatish.

    - Maxalliy va global kompyuter tarmoqlari bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilish.

    - Zamonaviy axborot texnologiyalarini jamiyatni rivoj-lantirishdagi muxim ahamiyati bilan tanishish, uni takomillashtirish va hayotning turli jabhalarida foydalana olish malakasiga ega bo`lisi kerak.

    Talabalar fanini o`rganish natijasida kompyuter texnologiyasi haqida to`liq tushunchaga ega bo`ladilar va kompyuter savodxonligiga jiddiy erishadilar. Axborot texnologiyalarini yanada chuqurroq o`zlashtirib ulardan foydalanish malakasi va ko`nikmalarini hosil qilishadi.
    O`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog`liqligi .

    Talabalarning zamonaviy kompyuterlarda turli masalalarni yechishi (algoritmlash va datsurlash), ulardan

    - “Oliy matematika” fani (differentsial va integral tenglamalar, takribiy qisoblash usullari va boshqalar) bo’yicha chuqur bilim talab qiladi. Shu bilan birga talaba Internet tizimi orqali turli fanlar bo’yicha eng so’nggi ma'lumotlarga ega bo’lishi, fizika, kimyo kabi tabiiy fanlarda tajribalar natijalarini qayta ishlashda kompyuter dan oqilona foydalana olishi mumkin.

    Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan: oliy matematika, fizika, informatika, metralogiya va sandartlashtirish kabi fanlardan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi.

    Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar



    O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogic texnologiyalardan va mul’timediya vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.

    «Informatika” kursini loyhalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

    Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’zmohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlantirishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyhalashtiririlayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishini nazarda tutadi.

    Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayon mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

    Faoliyatga yo’naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish,o’quv jarayonida uning barcha qobilyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

    Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

    Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgn natijalarni nazoratda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

    Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni o’bektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllatirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

    Axborotni taqdin qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

    O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

    O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, pilolog, muloqot, hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

    O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilanbir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

    Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

    Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish,, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

    Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilovchi tehnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoryadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

    Monitoring va nazorat: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs ohirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

    «Informatika” fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasisidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini nazorat test asosidakompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi, yozma ish variantlari hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq nazorat va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.





    Yo`nalishlar nomi

    Soatlar

    Jami

    Ma`ruza

    Amaliy

    Laboratoriya

    Mustaqil ta`lim

    1

    Farmatsiya, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya, metrologiya

    182

    36

    4

    68

    74

    2

    Kasb ta`limi

    170

    36

    4

    68

    62

    Informatika va information texnologiyalar fanidan mashg`ulotlar mavzulari va soatlar bo`yicha taqsimlanishi



    Fanning bo’limi va mavzusi, ma'ruza mazmuni

    Soatlar

    Jami

    Ma’ruza

    Amaliy va labaratoriya

    mashg’ulotlari

    Mustaqil ta`lim

    (kasb ta`limi)

    1

    Fanga kirish

    “Informatika va axborot texnologiyalari” faninini rivojlanishining asosiy bosqichlari. Informatika tushunchasi va mohiyati. Uni vujudga kelishi va rivojlanishi, asosiy bosqichlari. Zamonaviy Informatika tushunchasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qonunlari



    2

    2

    2

    2

    2

    Informatika va axborot texnologiyalari asoslari va uning zamon taraqqiyotidagi axamiyati

    6

    2

    2

    2

    3

    Axborot jarayonlarining apparat ta’minoti.

    6

    2

    4

    2

    4

    Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti. Kompyuter va mobil qurilmalarning operasion tizimlari.

    6

    2

    4

    4

    5

    Axborotga ishlov berish texnologiyalari.

    34

    10

    24

    24(21)

    6

    Ma’lumotlar bazalari va ularni boshqarish tizimlari.

    12

    4

    8

    8(6)

    7

    Kompyuter tarmoqlari, tarmoq texnologiyalari va internet.

    18

    6

    12

    10(9)

    8

    Axborot jarayonlarini algoritmlash va dasturlashtirish.

    24

    8

    16

    24(18)




    Jami

    108

    36

    72

    74(62)

    Ma’ruza mavzulari.

    1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining rivojlanishi asosiy bosqichlari. Zamonaviy informatika tushunchasi va mohiyati. Uni vujudga kelishi va rivojlanishi, asosiy bosqichlari. Zamonaviy Informatika tushunchasi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekistonning 2002-2010 yillari “Kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”, O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘grisida"gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O’zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015 yil 25 avgustdagi 246-son to‘g‘risidagi qarorlarining ushbu fanni o‘qitishdagi roli va ahamiyati.



    Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari. Informatikaning asosiy tushunchalari va o’rganish usullari. Elektron hisoblash mashinalari (EHM), ularning ishlash prinsipi. Kompyuter texnologiyalari, avlodlari va turlari. Axborotning o’lchov birliklari. Sanoq sistemalar. Ilm-texnika va tibbiyotning rivojlanishida informatikaning ahamiyati.

    Qo`llaniladigan ta`lim texnologiyasi: “Klaster”, ”Aqliy hujum”, “Baliq skleti”, “Muammoli ta`lim”.

    Adabiyotlar: A3, A4.

    2. Farmatsevtika sohasida axborotlarning xavfsizligi. Axborotlarni himoyalash usullari. Antivirus dasturlari. Kompyutеr tеxnikasi bilan ishlashda tеxnika havfsizligi va gigiеnasi. Ma'lumot kiritish qurilmalari bilan ishlash asoslari. Fon Neyman arxitekturasi. Kompyuter tizimi,umumiy tushuncha ( elementlari, ishlash qoidalari, misollar). Shaxsiy kompyutеrlar haqida umumiy ma'lumotlar. Axborot jarayon­lari­ning apparat ta'­­minoti va tashkil etuvchilari (kom­pyutеr, sеrvеr, supеr komp­yu­tеr va mеyn­frеymlar). Mobil vositalar. Zamonaviy kompyutеrlarning arxitеk­tu­rasi va tarkibiy tuzilmasi. Axborotlarga ishlov bеrish, kiritish va chiqarish qurilmalari va ularning tavsifi. Aloqa va kommunikatsiya vositalari. Axborot tashuvchi va saqlovchi vosi­talar. Xotira va uning turlari. Opеrativ xotirani tashkil etish va boshqarish usullari. Tashqi xotirani tashkil etish va boshqarish usullari.

    Qo`llaniladigan ta`lim texnologiyasi: “Klaster”, ”Aqliy hujum”, “Baliq skleti”, “Muammoli ta`lim”.

    Adabiyotlar: A1,A3, A4,Q1,Q3.


    Download 7.41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 7.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi informatika

    Download 7.41 Mb.