• Tayanch iboralar
  • Ishchi operatsiyalari
  • 2. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari.
  • Axborotga mashina oldi ishlov berish
  • Mashinada ishlov berish
  • Mashinadan keyingi ishlov berish
  • –mavzu: TIBBIYOT VA FARMASEVTIKA SOHASIDA ISHLATILADIGAN AXBOROTLARGA ISHLOV BЕRISH. AXBOROTLARNI HUJJATLAR SHAKLIDA TAHRIRLASH TЕXNOLOGIYASI




    Download 7.41 Mb.
    bet9/56
    Sana18.09.2020
    Hajmi7.41 Mb.
    #11417
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56

    4.3–mavzu: TIBBIYOT VA FARMASEVTIKA SOHASIDA ISHLATILADIGAN AXBOROTLARGA ISHLOV BЕRISH. AXBOROTLARNI HUJJATLAR SHAKLIDA TAHRIRLASH TЕXNOLOGIYASI.


    Reja

    1. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining asosiy tushunchalari.

    2. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari.


    Tayanch iboralar: ахborot, operatsiya, mashinada ishlov berish, ishonchlilik, butunlik, Microsoft Office.
    1. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining asosiy tushunchalari.

    Axborotga ishlov berish texnologik jarayoni belgilangan ketma-ketlikda bajariladigan operatsiyalar majmuidan iboratdir. Operatsiya deyilganda bir ish joyida bajariladigan muayyan harakatlar majmui tushuniladi. Texnologik jarayon operatsiyalarni elementar operatsiyalarga bo‘lib, har bir operatsiyani detallashtiradi. Har bir elementar operatsiyani bajarish foydalaniladigan texnik vositalar, zarur resurslar, operatsiyalarni bajarish shartlari va vaqti, qiymat tavsiflarini belgilab beradigan yo‘riqnomalar, dasturlar yoki boshqa ko‘rsatmalar bilan tartibga solinadi. Axborotga ishlov berish jarayonining operatsiyalarga bo‘lish axborotga ishlov berishga mehnat va mablag‘ sarfini hisoblab chiqish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayon ma’lumotlar birligiga kam sarf-xarajat qilib yakuniy maqsadni, eng yuqori aniqlik va ishonchlilikni ta’minlashi zarur.

    Axborotga avtomatlashtirilgan ishlov berishning o‘ziga xos xususiyati ishlov berish operatsiyalari va har bir operatsiyani bajarish variantlarining turli-tumanligi bilan belgilanadi. Texnologik jarayonga faqat muayyan axborotga ishlov beruvchi har qanday tizimda amalga oshirsa bo‘ladigan zamonaviy operatsiyalargina kiritilishi kerak. Axborotga ishlov berishning quyidagi zamonaviy operatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.


    • dastlabki axborotni to‘plash, birlamchi ishlov berish va ro‘yxatga olish (birlamchi tashuvchilarda qayd qilish);

    • ma’lumotlar va abonentlarning so‘rovlarini aloqa kanallari bo‘yicha uzatish;

    • ma’lumotlar va so‘rovlarni qabul qilish va hisobga olish;

    • qabul qilingan axborotning ishonchliligini nazorat qilish va xatolarini bartaraf etish;

    • ma’lumotlarni tashuvchi mashinalarga ko‘chirish va ko‘chirishning to‘g‘riligini nazorat qilish;

    • ma’lumotlarni EHM ga kiritish va kiritish to‘g‘riligini nazorat qilish;

    • ma’lumotlarga mashina ichida ishlov berish va chiqish axborotini tuzish;

    • chiqish hujjatlarini tayyorlash va ularni foydalanuvchiga uzatish.

    Zamonaviy operatsiyalardan zamonaviy texnologik jarayonlar tuziladi. Zamonaviy texnologik jarayonlarning turli variantlari tizim hal qiladigan vazifalar doirasini, dastlabki axborotning xarakteri va davriyligini, qo‘llaniladigan hisoblash texnikasi vositalarining turi va tarkibini, foydalaniladigan axborot tashuvchilarni, dasturiy ta’minot tarkibini va boshqa bir qator omillarni hisobga oladi.

    Texnologik operatsiyalar ish (ijro) va nazorat operatsiyalariga bo‘linadi. Ishchi operatsiyalari texnologik jarayonning asosini tashkil etadi.

    O‘z navbatida ularni ham tayyorlov va asosiy operatsiyalarga bo‘lish mumkin. Tayyorlov operatsiyalari ma’lumotlarni o‘zgartirishga tayyorlaydi yoki operatsiyalarni bajarishga ko‘maklashadi (masalan, kirish shakllarini tuzish, perforatsiyalash, dastlabki hujjatlarni komplektlash). Asosiy operatsiyalar asosan mashina ichida ishlov berish jarayonida bajariladi va ma’lumotlarni arifmetik hamda mantiqiy o‘zgartirishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

    Nazorat operatsiyalari ma’lumotlar va natijalarning ishonchliligini ta’minlashga qaratilgandir. Ular dastlabki, joriy va keyingi nazorat operatsiyalariga bo‘linadi. Dastlabki nazorat kirish ma’lumotlarining ishonchliligini kuzatadi, joriy nazorat operatsiyalarni bajarish sifatini (masalan, bosib chiqarishning aniqligini), keyingi nazorat esa bajarilgan operatsiyalar natijalarining ishonchliligini va aniqligini ta’minlaydi.

    Texnologik jarayon belgilangan mezonlar bo‘yicha optimallashtirilishi mumkin. Bunda barcha jarayonni bajarishga moddiy xarajatlar minimallashtirilishi yoki butun ishlov berish jarayonini bajarish vaqti qisqartirilishi mumkin. Optimallashtirish mezoni sifatida axborotning eng yuqori darajada aniqligi va ishonchliligi qabul qilinishi mumkin.

    Optimallashtirish masalalarini hal qilish uchun operatsiyalarning majmui sifatida texnologik jarayonning matematik modeli quriladi va umuman texnologik jarayon hamda ayrim operatsiyalarning miqdoriy baholash imkonini beruvchi asosiy tavsiflari aniqlanadi. SHundagina optimallashtirishning vazifasi belgilangan cheklanishlarda maqsadli funksiyalarni minimallashtirish (yoki maksimallashtirish) dan iborat bo‘ladi.

    2. Axborotga ishlov berish texnologik jarayonining bosqichlari.

    Bajarish navbatiga ko‘ra barcha texnologik jarayonlarni uchta guruhga bo‘lish mumkin: axborotga mashina oldidan, mashina ichida va mashinadan keyin ishlov berish. Har bir guruh axborotga ishlov berish jarayonining tegishli bosqichini bajarishni ta’minlaydi va axborotni taqdim etishning kirish va chiqish shakllari bilan xarakterlanadi.



    Axborotga mashina oldi ishlov berish axborotni to‘plash, ro‘yxatga olish, dastlabki ishlov berish, ma’lumotlarni mashina tashuvchilarga ko‘chirish, ma’lumotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatish, shuningdek nazorat operatsiyalarini bajarishni ko‘zda tutadi. Mashina oldidan ishlov berish operatsiyalari axborotni to‘plash va dastlabki ishlov berish, aloqa va kiritish kichik tizimlari doirasida bajariladi.

    Axborot manbalaridan tushadigan axborot xabarlaridan ob’ektlarni tavsiflovchi axborot parametrlari (hujjatlarning belgilari, buyumlarning rekvizitlari va hokazo ) ajratib olinadi va ushbu AAT da qabul qilingan kirish shakllari tuziladi. Hujjatli AAT da dastlabki ishlov berish bosqichida hujjatlarga ma’no jihatidan ishlov berish operatsiyalari amalga oshiriladi, u referatlar, annotatsiyalar, bibliografik tavsiflar tuzish, indeklashdan iborat bo‘ladi. Olingan shakllar dastlabki tashuvchilar (blanklar, kartalar) da qayd etiladi Dastlabki ishlov berish operatsiyalari odatda qo‘lda bajariladi. Foydalanuvchilardan tushadigan so‘rovlarga ham dastlabki ishlov beriladi.

    To‘ldirilgan kiritish shakllari ma’lumotlarni ulardan mashina tashuvchilarga o‘tkazish uchun uzatiladi. Mashina tashuvchilariga ma’lumotlarni kodlashtirish ma’lumotlarni tayyorlashning tegishli qurilmalarida amalga oshiriladi.

    Ma’lumotlarni tayyorlashning perfokarta texnologiyalariga tayanadigan tizimlar axborotning texnik tashuvchisi sifatida perfokartalardan foydalanadi. Perfokartalarga va perfolentalarga perforatsiyalash, shuningdek perforatsiyalash sifatini nazorat qilish juda sermehnat operatsiyalar hisoblanadi.

    Ma’lumotlarni tayyorlashda ma’lumotlar qurilma klaviaturasi bilan kiritiladi. Kiritilayotgan ma’lumotlarning ekranda aks etib turishi ma’lumotlarni yozishnini ko‘z bilan nazorat qilib turish imkonini beradi. Ma’lumotlarni tayyorlash qurilmalaridan foydalanishda ma’lumotlarni tayyorlash vaqti nazorat qilish va xatolarni tuzatish xarajatlari kamayishi hisobiga ancha qisqaradi.

    Mashina tashuvchilarida kodlangan ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi. Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga yuklash operatsion tizimning maxsus kiritish–chiqarish dasturlari boshqaruvi ostida amalga oshiriladi.

    Ma’lumotlarni tayyorlashning ko‘p terminalli tizimlaridan foydalanilganida axborot kompyuterga displeyning o‘zidan kiritiladi. Bunda ma’lumotlarni tayyorlash texnologik jarayonining operatsiyalari soni kamayadi.

    Mashinada ishlov berish foydalanuvchilarning so‘rovlarini amalga oshirish uchun bajariladigan (izlash, saralashning foydalaniladigan usullari bilan) ishlov berish jarayonlari xarakteri bilan va axborot massivlarini yuritish jarayonlarini tashkil etilishi bilan belgilanadi. Bunda axborot massivlari ma’lumotlarining tuzilmasi tipi va tizimiy dasturiy ta’minot tarkibi hal qiluvchi rol o‘ynaydi

    Tizimiy dasturiy ta’minot hisoblash jarayonlarini boshqaradi, kompyuter resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi, amaliy dasturlarni tayyorlash va sozlash protseduralarini amalga oshiradi.

    Mashinada ishlov berish texnologik jarayonlarini amalga oshirishda foydalanuvchilarning amaliy dasturlari va amaliy dasturlar paketlaridan foydalaniladi. Hisoblash va axborot tizimlari matematik ta’minotini tiplarga bo‘lish va standartlashtirish mashina ichida ishlov berishning tipik operatsiyalarini ajratish imkonini beradi.

    Ishlov berishning paketli rejimida tipik operatsiyalarga ish massivlarini shakllantirish (massivlarni xotirada joylashtirish, axborot fondining boshqa massivlari bilan aloqalar o‘rnatish), massivlarni tartibga solish (saralashning u yoki bu standart usuli bilan), o‘rnatilgan izlash algoritmiga muvofiq ravishda izlash operatsiyalari, chiqish massivlarini shakllantirish, ishlov berish natijalarini chiqarib berish kabilarni kiritish mumkin.

    Tashkil etishning modul tamoyili tufayli operatsion tizimlar, zamonaviy EHM lar ularning boshqaruvi ostida ishlaydi, ishlov berishning muayyan vazifalarini qilish uchun generatsiyalanishi mumkin. Amaliy dasturlar paketlari va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari tarkibiga kiradigan generatsiyalash vositalari ularni ishlov berilayotgan axborotning muayyan tavsiflari va ishlov berish protseduralariga muvofiq ravishda generatsiyalash imkonini beradi.

    Mashina ichida ishlov berish natijasida chiqish ma’lumotlari shakllantiriladi, ular ishlov berish vazifasining tipiga ko‘ra alohida yozuv, yozuvlar guruhi, turli yakuniy shakllar (jadvallar), fayl ma’lumotlari shaklida bo‘lishi mumkin.



    Mashinadan keyingi ishlov berish chiqish ma’lumotlarini taqdim etishning talab etiladigan shakllarini, chiqish shakllarini tasvirlash yoki ularni axborot tashuvchilarda qayd qilish, chiqish shakllarini foydalanuvchilar yoki ilovalarga uzatishni ta’minlaydi. CHiqish axborotini taqdim etishning aniq shakli uning maqsadi va axborotni tasvirlashning texnik vositalari tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar chiqish ma’lumotlari keyinchalik amaliy dasturlar bilan ishlov berish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ular operatsion tizimning muayyan sohasiga uzatilishi yoki mashina o‘qiydigan tashuvchilarga yozib qo‘yilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bu ma’lumotlar bosishga yoki displey ekraniga chiqarilishi ham mumkin. Foydalanuvchiga beriladigan ma’lumotlar bosishga uzatiladi yoki displey ekraniga chiqariladi (muloqot rejimida). Foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan chiqish ma’lumotlarini aks ettirish uchun shuningdek tablo, indikatorlar, grafoqurgichlardan foydalaniladi.

    Chiqish ma’lumotlari chiqarishdan oldin tahriri qilinadi, tahrir qilish ma’lumotlarni shakllantirish va ularni qabul qilingan shablonga muvofiq yoki foydalanuvchi ko‘rishi uchun qulay shaklga keltirishdan iborat bo‘ladi. Maxsus dasturiy modullar yordamida chiqish shaklining sarlavhasi («shapkasi») tuziladi, shuningdek zarur xabarlar va izohlar chiqariladi.

    Hozirgi vaqtda ishlayotgan AAT larida chiqish ma’lumotlarining asosiy hajmi displey ekraniga yoki qog‘ozga bosma holda chiqariladi. Qog‘ozni tejash maqsadlarida ma’lumotlarni chiqarish texnologik jarayoni chiqish shakllarining oqilona tuzilmasini ta’minlashi, shuningdek chiqish shakllarini qog‘ozda shunday joylashtirishni ko‘zda tutishi kerakki, u qog‘oz yuzasida foydalanilmaydigan joy deyarli qolmasin. CHiqish fayllarini tashkillashtirishda chiqish ma’lumotlarini foydalanuvchi uchun qulay shaklda taqdim etish haqida ham o‘ylash, bunda sahifalarning imkon qadar to‘la bo‘lishini ta’minlash zarur.

    Paket rejimida mashinadan keyingi ishlov berish texnologik jarayoni umumiy hujjatlarni chiqarish va foydalanuvchiga uzatish bilan tugallanadi. Hujjatli AQT larda chiqish axborotidan nusxalar olinadi, masalan, mikrofilmlashtiriladi, ko‘paytiriladi, broshyura holiga keltiriladi va foydalanuvchilarga uzatiladi yoki tarqatiladi.

    Ma’lumotlarga ishlov berish ishonchliligini oshirish usullari.

    Axborotga ishlov berish va saqlash tizimlariga qo‘yiladigan eng muhim talablar ma’lumotlarning ishonchliligi va butunligini ta’minlash hisoblanadi. Ishonchlilik deb ma’lumotlarning ular o‘zi aks ettirayotgan haqiqatga muvofiqligiga aytiladi. Butunlik bu AIST tarkibidan ishlayotgan uskunalarda biror-bir buzilishlar yuzaga kelgan vaqtda ma’lumotlarning saqlanib qolishi demakdir.

    Ma’lumotlarning ishonchliligi axborotga dastlabki ishlov berish bosqichida, ma’lumotlarni aloqa kanallari bo‘ylab uzatish va ularni kompyuterga kiritish jarayonida, ishlov berish jarayonidagi xato arifmetik va mantiqiy o‘zgartirishlar natijasida yo‘qotilishi mumkin. Ishonchliligi buzilishi natijasida ma’lumotlar noto‘g‘ri bo‘lib qoladi, ularning mazmuni buziladi, sonli tavsiflari o‘zgaradi. Ishlov berilayotgan ma’lumotlar va natijalarning ishonchliligini ta’minlash uchun ishlov berish texnologik jarayonining buzilishlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan joylari va sabablarini aniqlash, ma’lumotlarni nazorat qilish va yuzaga kelgan xatolarni tuzatish chora-tadbirlarini ko‘rish zarur. Xatolar ma’lumotlarni dastlabki tashuvchilarda qayd etishda yuzaga kelishi mumkin. Bu xatolarni aniqlash uchun oldindan nazorat qilish operatsiyalari bajariladi. Ularga, masalan, nazorat summalarini (har bir qator yoki ustun bo‘yicha, har bir hujjat yoki uning bir to‘plami bo‘yicha) hisoblash kiradi. Nazorat summalari keyinchalik dastlabki shakllarni mashina tashuvchilarida kodlashning to‘g‘riligini tekshirish vaqtida hisoblanadi. Olinadigan summalar teng bo‘lishi zarur.

    Ma’lumotlarni tayyorlashda yozilayotgan va displey ekranida aks ettirilayotgan ma’lumotlar ko‘z bilan nazorat qilib boriladi. MT larga yozilgan ma’lumotlarni tekshirish ma’lumotlarni dastlabki hujjatdan klaviaturada qaytadan terish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bloklab nazorat qilinadi. YOzuvlar bloki bufer OXga solishtirib o‘qiladi va blok simvolining har bir kodi bosilgan tegishli klavisha kodi bilan solishtiriladi. Kodlar to‘g‘ri kelmagan hollarda klaviatura blokirovkalanadi va indikatorga tegishli signal chiqariladi. Noto‘g‘ri yozilgan simvol tuzatilishi mumkin.

    Ma’lumotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatishning to‘g‘riligini turli usullar bilan nazorat qilish mumkin. Ulardan birida qabul qilish va uzatish punktlarida uzatilayotgan va qabul qilinayotgan axborotning muayyan qismlari bo‘yicha nazorat summalari hisoblab chiqiladi. Ma’lumotlarni uzatishda xatolar yo‘qligida bu summalar teng chiqadi. Summalar bir-biriga mos kelmagan hollarda uzatish punktiga tegishli signal tushadi va axborotning ushbu qismi qaytadan uzatiladi.

    Ma’lumotlarni uzatish to‘g‘riligini nazorat qilish uchun xatolarni aniqlashning maxsus kodlaridan foydalaniladi. Ular aloqa kanali bo‘yicha berilgan yoki kompyuterga kiritilgan kodning to‘g‘riligini avtomatik tarzad aniqlash imkonini beradi. SHu maqsadlarda ma’lumotlar kodi nazorat razryadlari bilan to‘ldiriladi, uning qiymati kodlarning ayrim razryadlarini muayyan o‘zgartirishlar yo‘li bilan hisoblanadi.

    Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash uchun kiritish jarayonida kiritilayotgan ma’lumotlar kompyuterning operatsion tizimi vositalari bilan nazorat qilinadi. Kiritilayotgan ma’lumotlarni nazorat qilishning turli shakllari mavjud. Mainframe kompyuterlarida, masalan, har bir yozuv maydoni formatining uning ta’rifiga muvofiqligi , yozuv uzunligining to‘g‘riligi, yozuv maydoni qiymatining muayyan diapazonga tegishliligi, har bir yozuv bo‘yicha nazorat summasi, yozuvlarning joylashish tartibi va boshqalar tekshirilishi mumkin. Xatosi bor yozuvlar aniqlanganida bosishga tegishli xabar chiqariladi, uning asosida xato yozuvlar, masalan, tuzatish fayllari yordamida to‘g‘rilanadi.

    Ishlov berish jarayonida yuzaga kelgan xatoliklarni aniqlash maqsadida protseduralar algoritmlarida oraliq natijalarni tekshirish uchun chiqish nuqtalari ko‘zda tutiladi. Bu natijalar bir nechta (odatda ikkita) turlicha usul bilan olinadi, natijalar esa darhol qiyoslanadi. Texnologik jarayonga kiritiladigan nazorat qilishning muayyan usullari va vositalarini tanlash axborotning muhimligi, uning strukturaviy tashkil etilishi, hajmi, barqarorligi va boshqa tavsiflariga bog‘liqdir.

    AIST da turli xatolar natijasida ma’lumotlar yo‘qotilishi (ularning butunligi buzilishi) mumkin. Ma’lumotlar yo‘qotilishining oldini olish uchun ularni saqlashda mashina tashuvchilarni mexanik shikastlanishlar va jismoniy ta’sirlardan (masalan, magnit maydonlaridan) muhofaza qilishning maxsus chora-tadbirlari ta’minlanadi. Apparatda buzilishlar yuz berishi va dasturiy xatoliklar (magnit diskning «zadiri», elektron uskunaning buzilishi, fayllarning o‘chib ketishi, xotiraning «begona » sohasiga tushib qolganida ma’lumotlarning buzilishi) natijasida ham ma’lumotlar yo‘qotilishi mumkin. Ma’lumotlarni tiklash imkoniyatini ta’minlash uchun AAT axborot massivlari odatda dubllanadi, ya’ni kompyuter xotirasida har bir faylning ikkita (yoki undan ko‘proq) nusxalari saqlanadi. Asosiy fayllarning MDlarga joylashtirilgan dublikatlari ancha arzon bo‘lgan vizual xotira qurilmalari (VHQ)da, masalan, optik disklarda saqlanishi mumkin.

    AAT da ma’lumotlarning fayllari ba’zan ko‘proq, ba’zan esa kamroq bo‘lsa ham tez-tez yangilanadi, demak tegishlicha har safar eskirgan takrorlanuvchi fayllarni yangilash yoki har safar yangilangan fayllarning yangi nusxalarini yaratish zarur bo‘ladi . Aynan bitta faylning ko‘p sonli dublikatlarini yaratish usuli ma’lumotlarning butunligini ta’minlashning eng yaxshi usuli emas. Ko‘proq fayllarning tashqi tashuvchilar guruhidagi sirkulyasiyasidan foydalaniladi. Bunda tizimda bir vaqtning o‘zida bir nechta versiyalar yoki ko‘pincha aytiladigandek aynan bir faylning avlodlari (ancha oldingi va uning bir qator yangilangan modifikatsiyalari) saqlanadi.

    Ishlatilayotgan asosiy faylga 0 nomeri beriladi va bu fayl «o‘g‘il» deb ataladi. SHu faylning bundan oldingi versiyasiga 1 nomeri beriladi va « ota» deb ataladi. Undan ham oldingi «bobo» faylning nomeri 2 bo‘ladi.

    Ish faylini yangilashda «tuzatish» fayli tashkil etiladi. 0-fayl tuzatiladi va 2-fayl o‘rniga yoziladi. Bunda 2-fayl o‘chirilib ketadi, boshqa barcha fayllar nomerini o‘zgartiradi . Tuzatishgacha 0 nomeriga ega bo‘lgan fayl «ota» fayl , 1 nomerli fayl esa «bobo» faylga aylanadi. Tuzatilgan faylga 0 nomeri beriladi.

    Agar ishlov berish jarayonida « o‘g‘il» versiyasining o‘chirilishi yuz bersa, saqlanayotgan tuzatishlar fayli yordamida yana qaytadan «ota»ning «o‘g‘il»ga o‘tkazishi bajariladi. Agar bu o‘tkazish jarayonida ham buzilishlar bo‘lsa, «bobo»ning «o‘g‘il»ga o‘tkazilishi amalga oshiriladi.

    O‘ta muhim tizimlarda fayllarning ancha oldingi versiyalari ham saqlanishi mumkin.



    Dunyogа mаshxur Microsoft firmаsi shаxsiy Kоmpyutеrlаrdаn fоydаlаnuvchilаr uchun ko`pginа dаsturlаr vа оpеrаtsiоn tizimlаrni ishlаb chiqаrishni jаdаl rivоjlаntirmоqdа. Jumlаdаn fоydаlаnuvchilаrning Kоmpyutеrdаn fоydаlаnish imkоniyatlаrini, mehnat unumdorligini оshirish va bir qancha og`ir ishlarni bajarish uchun OFFICE dаsturlаr pаkеtini hаm ishlаb chiqаrishgаn. OFFICE dаsturlаr paketi Windows оpеrаtsiоn tizimida ishlashga mo`ljallangan.

    Hozirgi kunda Office paketidagi dasturlar matnlar yozish, matnlar ustida turli xil amallar bajarish, hisoblash ishlarini amalgam oshirish, turli xil taqdimotlar yaratish, ma`lumotlar bazasini yaratish va uni ko`rib chiqish uchun bir nechta sohalarda keng foydalanilmoqda.

    Office dаsturlar pаkеtining quyidаgi vеrsiyalаri mаvjud:

    Office-95, Office-97, Office-2000, Office-XP, Office-2003, Office-2007, Office 2010 va Office 2013.

    Hоzirgi kundа ko`pginа fоydаlаnuvchilаr Office-2003, Office-2007, Office 2013 dаsturlаr pаkеtidаn fоydаlаnishmoqda.



    Office-2007, Office-2010 va Office-2013 ikkаlа vеrsiyadаgi dаsturlаr bir-biridаn dеyarli fаrq qilmаydi fаqаt Office-2013 ni imkоniyati ko`prоq. Shuning uchun Office-2013 dаsturlаr pаkеti hаqidа fikr yuritаmiz. Office-2013 dаsturlаr pаkеtini shаxsiy Kоmpyutеrgа o`rnаtish uchun аvvаlоm bоr Kоmpyutеrdа Windows оpеrаtsiоn tizimi o`rnаtilgаn bo`lishi lоzim.

    Office-2013 dаsturlаr pаkеtigа quyidаgi dаsturlаr kirаdi:1






    Download 7.41 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




    Download 7.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    –mavzu: TIBBIYOT VA FARMASEVTIKA SOHASIDA ISHLATILADIGAN AXBOROTLARGA ISHLOV BЕRISH. AXBOROTLARNI HUJJATLAR SHAKLIDA TAHRIRLASH TЕXNOLOGIYASI

    Download 7.41 Mb.