yozuvlarini hech qanday farqi yo‘q, ularni bir xil qabul qiladi. Ammo, Web –sahifaga joylashtirilgan matnni teglardan ajratib turishini ta’minlash uchun, ularni bosh harflar bilan yozish tavsiya etiladi.
Burchak qavslarni orasiga joylashtirilmagan hamma ob’ektlarni interpretator matn unsuri (elementi) deb tushunadi va ularni kompyuter ekranida aks ettiradi.
Odatda, HTML tilidagi bir teg xujjatning faqat bir qismiga, masalan abzatsga ta’sir etadi. Bunday xollarda ya’ni boshlovchi va tugatuvchi juft teglardan foydalaniladi. Juft teglarning ta’sir ko‘rsatish sohasi ochiluvchi teg qo‘yilgan joydan boshlanadi va yopiluvchi teg qo‘yilgan joyda tugaydi. Xizmatchi so‘zlar oldida < > (egri chiziq belgisining mavjudligi bilan yopiluvchi teg ochiluvchidan farq qiladi. Umumiy xolda ochiluvchi va yopiluvchi teglar HTML tilining dasturiy qatori(kodi) da quyidagi ko‘rinishga ega: juft teglarning ta’sir ko‘rsatish sohasi .
Ochish va yopish teglari ichidagi matn konteyner (to contain — ichiga olgan) deb ataladi. Juft teglarning yopayotganda ichma-ich joylashish qoidasiga rioya qilish kerak. Bir-birining ichiga joylashgan ikki teg uchun oddiy bir misol quyida keltirilgan:
Ushbu matnga bir teg ta’sir ko‘rsatadi.
Bu matnga esa ikki teg ta’sir ko‘rsatatdi
Ayrim teglar faqat o‘zi e’lon qilingan joyga ta’sir etadi. Bunday xolda tegni yopishga zarurat yo‘q. Ular yakka teglar deb ataladi. Agar tegning nomini yozishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ya’ni HTML tilida mavjud bo‘lmagan so‘z yozilsa, u hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
NTMLning barcha teglari vazifasi va ishlash sohasiga ko‘ra ushbu asosiy guruhlarga bo‘linadi:
xujjat tuzilmasini aniqlovchi teglar;
gipermatn bo‘laklari (paragraflar, ro‘yxatlar, jadvallar, tasvirlar)ni tashkil etuvchi teglar;
gipermatn murojaatlari;
dialog tashkil etish uchun shakllar;
• dasturlarni chaqirish va h.k.
Har bir teg o‘z xususiyatlari (atributlar) ga ega bo‘lishi mumkin:
...
Teglarning atributlari. Ko‘p xollarda teglar atributlardan foydalanib o‘z ta’sirlarini o‘zgartirishi mumkin. Atributlar-bu tegni to‘ldiruvchi xizmatchi so‘z bo‘lib, bir-birdan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi. Agar tegda bir necha atribut ishlatilsa, u xolda ular ham bir-biridan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi. Ular juft teglarda faqat ochiluvchiga qo‘shiladi. Yopiluvchi teglar hech qachon atributga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun yopiluvchi teglarga atribut qo‘shib yozilmaydi.
Atributlar va qiymatlarni yozish qoidalari:
teg nomidan so‘ng probel (bo‘sh joy) qo‘yib atributlarni boshlash mumkin;
atributlar bir-biridan probellar bilan ajratiladi;
atributlarni sanash tartibi ixtiyoriy;
atributlar yopish tegida qayta takrorlanmaydi;
atributlarning qiymatlari barobardan keyin " " qavslari ichida beriladi;
teglar nomida probellar ishlatilmaydi.
Masalan: ... va va tegining quyidagi atributlari bo‘lishi mumkin:
bgcolor – xujjat foni rangini belgilaydi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa oq, lekin turli brauzerlarda (masalan uchinchi avlodda kulrang edi) boshqacha ranglar ishlatilishi mumkin;
text – matn rangini belgilaydi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa qora rang;
link – matnda kiritilgan va hali siz chaqirmagan gipermurojaat rangini belgilaydi;
vlink – siz chaqirib ulgurgan gipermurojaat rangini belgilaydi;
vlink ning qiymati link nikidan farqlanishi maqsadga muvofiq;
alink – siz kursor ilan belgilagan gipermurojaat rangini belgilaydi;
background – fon tasvirining URL ini ko‘rsatadi;
bgproperties=fixed–fon tasviri matn bilan birga harakatlanmasligini ko‘rstadi, ya’ni matn fonga nisbatan harakatlanadi;
leftmargin – brauzer darchasining chap chekkasidan matnni qochirish kattaligini ko‘rsatadi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa 10 piksel bo‘ladi;
marginwidth – xuddi shu narsaning o‘zi, faqat Netscape uchun;
topmargin – brauzer darchasida yuqoridan matnni qochirish kattaligini ko‘rsatadi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa 10 piksel bo‘ladi;
marginheight – xuddi shu narsaning o‘zi, faqat Netscape uchun;
Oxirgi ikkitasi agar siz sayt uchun yaratayotgan xujjatlarni chap va yuqori chegaralarga zich chiqarishni hohlasangiz sizga asqotadi. Agar leftmargin=0 hamda topmargin=0 deb e’lon qilmasangiz, u xolda matningiz yuqori va chap chegaralardan 10 pikselga uzoqlashadi. BGCOLOR, TEXT, LINK, ALINK va VLINK atributlarining qiymatlari yo o‘n oltilik sanoq tizimidagi RGB - qiymatda, yoki asosiy 16 rangdan biri bo‘ladi.
Masalan: