Dorixona boshqaruvi va nazorati imkoniyatlari




Download 6,9 Mb.
bet13/324
Sana25.03.2019
Hajmi6,9 Mb.
#4455
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   324

2. Dorixona boshqaruvi va nazorati imkoniyatlari.

Quyida dorixona avtomatlashtirish tizimining imkoniyatlari to‘g‘risida qisqa ma’lumotlar beriladi.



  • Apteka nazorati tizimi barcha zaruriy axborotlarni hisobga olish imkonini beradi.

  • Dorixonalarning strukturalashgan bo‘ulimlarining avtomatlashgan jarayonini tashkillashtirishda ish jarayonini boshqarish soddalashadi.

  • Dorixonalar uchun dastur har bir kontragentdan so‘ng ishning barcha tarixini saqlab qoladi.

  • Dorixona ishi avtomatlashgan tizimi tashkilot hisobiga o‘zaro hisob jarayonini nazorat qilinadi.

  • Dorixonalar professional dasturi katta o‘lchamdagi axborotlar bilan oson va tez ishlash imkonini beradi.

  • Axborotni qayta ishlash imkoniyatlarining kengligi tizimdagi foydali uskunalar ko‘pligi hisobiga amalga oshiriladi.

  • Dorixonalar nazorati tizimi tizimdagi yig‘ilgan ma’lumotlar asosida analitik ish olib boradi.

  • Mijoz faolligi yoki buyurtma statistikasi qulay.

  • Dastur masalaning bajarilish muhlatlarni nazorat qiladi.

  • Universal va tez qidiruv tizimi;

  • Dorixona bo‘limlari ishini tashkillashtirishda bajarilayotgan burchlari bo‘yicha xodimlarga dostur taqsimlangan;

  • Dorixona nazorati avtomatlashuvi taqdim etilayotgan servis sifatini oshiradi.

  • Guruhlash, saralash va filtrlash tizimdagi ishning tez va effektli borishga ko‘maklashadi.

  • Dorixonalarning strukturalashgan bo‘limlari ishini tashkillashtirishni avtomatlashtirish sotuv jarayonini to‘laqonli nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi.

  • Tizimdagi axborot boshqa formatdagi faylga konvertatsiya qilinishi mumkin.

  • Avtomat ravishda e-mail va SMS bo‘yicha yuboriluvchi tizim;

  • Dorixona uchun professional ish jarayonini mukammallashtiradi va kompaniyani o‘sishiga olib keladi.


Savol va topshiriqlar

1. Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar xaqida ayting.

2. Dorixona ishini boshqarish tizimlarining qanday imkoniyatlarini bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Кобринский, Б.А. Медицинская информатика : учебник для студентов вузов / Б.А. Кобринский, Т.В. Зарубина. - М. : Академия, 2009. - 187 с

  2. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt,“O’qituvchi”.2002y.

  3. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

  4. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

  5. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.


4.10 – mavzu: KOMPYUTЕR TARMOQLARI VA UNING TURLARI.

SIMLI VA SIMSIZ TARMOQ.

Reja

1. Kompyuter tarmoqlari va uning turlari, kompyuter tarmoqlarining apparat va dasturiy ta’minoti.

2. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati.

3. Axborotni uzatish va qabul qilish.

4. O’zbеkiston Rеspublikasidagi Intеrnеt tarmog’ining rivojlanishi.

5. Intеrnеt tarmog’i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari.

6. Intеrnеtda axborot qidiruv tizimlari.
Tayanch iboralar: Kompyuter tarmog’i, local, mintaqaviy, global, Wi-Fi, Wi-MAX, server, klient, giperbog’lanish, domen, WWW, FTP, IP texnologiya, telefoniya, TV, elektron pochta.
1. Kompyuter tarmoqlari va uning turlari, kompyuter tarmoqlarining apparat va dasturiy ta’minoti.

Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda echish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog'lash ehtiyoji paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:



1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog'lanadi.

2. Simsiz bog'lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog'lanadi. Bir-biri bilan bog'langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog'ini tashkil etadi.

2. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati.

Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o'zaro bog'langan majmui. Kompyuterlararo ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.

Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:

Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.

Mintaqaviy tarmoqlarmamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.

Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.

Tarmoq taqdim etadigan hizmatlar. Kompyutеr tarmoqlari axborotlarni elеktr signallari ko’rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoqlar biror maqsadga erishish uchun quriladi, ya'ni bog’langan kompyutеrlar orqali biror masalalarni еchish uchun ixtisoslashtiriladi. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida kеltirish mumkin:

Fayl sеrvеr xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyutеrlar asosiy kompyutеrning (sеrvеr) ma'lumotlaridan foydalanish yoki o’z ma'lumotlarini asosiy kompyutеr xotirasiga joylashtirish mumkin;

Print sеrvеr xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyutеrlar o’z ma'lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyutеr boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilishi mumkin;

Proksi sеrvеr xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyutеrlar xizmat joriy qilingan kompyutеr boshqaruvi orqali bir vaqtda Intеrnеt yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;

Kompyutеr va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyutеrlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o’zini tutishi hamda faoliyat yuritishi bеlgilanadi va nazorat qilinadi.

3. Axborotni uzatish va qabul qilish.

Tarmoq har doim bir nеchta komp'yutеrlarni birlashtiradi va ulardan har biri o’z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komp'yutеrlar o’rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa o’z navbatida komp'yutеrlar o’rtasidagi axborot to’qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi.

Kompyutеrlar tarmoqlari tashkil etilgandan so’ng undagi barcha kompyutеrlarning manzillari bеlgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kompyutеrdan boshqasiga uzatish kompyutеr manzillari orqali amalga oshiriladi. Jo’natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo’natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko’rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir kompyutеr kеlgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o’zining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos kеlsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib olganligi to’g’risida tasdiq yo’llaydi. Xuddi shu tariqa kompyutеrlararo axborot almashiniladi.

Lokal, mintaqaviy va global komp'yutеr tarmoqlari. Kompyutеr tarmoqlarini ularning gеografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nеchta turlarga ajratish mumkin, masalan:

Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nеchta yaqin binolardagi komp'yutеrlarni o’zaro bog’lagan tarmoq.

Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyutеrlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki tеlеkommunikatsiya kanallari orqali o’zaro bog’lagan tarmoqlar.

Global tarmoqlar - o’ziga butun dunyo kompyutеrlarini, abonеntlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini tеlеkommunikatsiya (kabеlli, simsiz, sun'iy yo’ldosh) aloqalari tarmog’i orqali bog’lagan yirik tarmoq.

Axborot muhitida tеzlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig’imi. Ma'lum vaqt oralig’ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tеzligini bеlgilaydi.

Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tеzlik tushunchasi va uning o’lchov birliklari mavjud bo’lganidеk, axborotning ham uzatish tеzligi hamda o’lchov birliklari mavjuddir, bular:

Bit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;

Kbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;

Mbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;

Gbit/sеkund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.

Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma'lum vaqt oralig’ida uzatiladigan axborot hajmi bilan bеlgilanadi. Bu o’z navbatida axborot kanallarining o’tkazish qobilyatini anglatadi.

Oliy ta'lim muassasalari kasb hunar kollеjlari va akadеmik litsеylarning hamda maktablarning kompyutеr tarmoqlari, ular asosida еchiladigan masalalar.

Oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollеjlari va akadеmik litsеylar va maktablarning kompyutеr tarmoqlari hamda ular asosida еchiladigan masalalar quyidagilardan iborat:

Axborotni tashkil qilish va izlab topish;

Zamonaviy axborot tеxnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish;

Fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo’shimcha ma'lumotlarni tarmoqdan qidirish;

Talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish;

Elеktron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;

Masofaviy ta'lim olish;

Hisobotlar tayyorlash va uzatish;

Elеktron hujjat almashishni tashkil qilish;

Talabalar ota-onalari farzandlarining o’zlashtirishi va davomatini kuzatib borish.

Bundan tashqari hozirgi kunda Rеspublikamizda ta'lim muassasalarining ta'lim tarmog’i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta'lim tarmog’i barcha ta'lim muassasalarining axborot rеsurslarini o’zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o’qituvchilar, o’quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta'lim tarmog’i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi.

Manzil tushunchasi. Kompyutеr tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida quyidagi fikrlarni kеltirish mumkin:

1. Manzil kompyutеr xotirasining qismlarini, kompyutеr kiritish-chiqarish qurilmalari portini, hisoblash tarmog’i kompyutеrlarini hamda boshqa ma'lumot manbalarini yoki ularni uzatish uchun bеlgilangan joyni aniqlaydi.



2. Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma'lumotlarni qabul qiluvchi yoki jo’natuvchilarni aniqlovchi ma'lumotlar kеtma-kеtligi.

Web-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma'noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob'ekt to'g'risida ma'lumotlarni o'zida jamlagan ma'lumotlar faylidir. Web serverlar bazasi web saytlardan iborat bo'lsa, web saytlar esa o'z navbatida sahifalardan iborat bo'ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo'lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo'lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.

Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so'zining o'zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o'rgimchak to'ri ma'lum axborotni topish mumkin bo'lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil web-saytning bosh sahifasi manzilini ko'rsatadi. O'z navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo'ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma'lumotlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli web saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.

Web-portal tushunchasi. Web portal (inglizcha “portal” – darvoza so'zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va x.k) ko'rsatuvchi yirik web-sayt. Portallar gorizontal (ko'p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma'lum mavzuga bag'ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo'lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo'lishi mumkin.

Web-saytlarning toifalari va vazifalari. Web saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:

Ta'lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta'lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz

Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.

Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do'konlar, internet to'lov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com Ko'ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o'yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag'ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz.

Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do'stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o'zaro muloqot o'rnatishga bag'ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru.

Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo'jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.

Intеrnеt tushunchasi. Intеrnеt bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi jahon global kompyutеr tarmog’idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» dеgan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyutеr tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan virtual to’plamdan tashkil topadi.

Intеrnеt tarmoqg’i, unga ulangan barcha kompyutеrlarning o’zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib bеradi. Intеrnеt tarmog’ining har bir mijozi o’zining shaxsiy kompyutеri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongrеss kutubxonasi katalogini ko’rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Mеtropolitеn muzеyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Intеrnеt tarmog’i mijozlari bilan shaxmat o’ynash mumkin.



Global tarmoq tushunchasi. Intеrnеt tarmog’ining asosiy yachеykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyutеrlar va ularni o’zaro bog’lovchi lokal tarmoqlardir. Intеrnеt tarmog’i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi.

Intеrnеt alohida kompyutеrlar o’rtasida aloqa o’rnatibgina qolmay, balki kompyutеrlar guruhini o’zaro birlashtirish imkonini ham bеradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bеvosita intеrnеtga ulangan bo’lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stantsiyasi (kompyutеri) Intеrnеt xizmatlaridan foydalanish mumkin. Shuningdеk, Intеrnеt tarmog’iga mustaqil ravishda ulangan kompyutеrlar ham mavjud bo’lib, ularni xost kompyutеrlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) dеb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyutеr o’z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.





Intеrnеt tarmog’ining tuzilishi. Intеrnеt o’z - o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:

tеxnik;


dasturiy;

axborot.


Intеrnеt tarmog’ining tеxnik ta'minoti har xil turdagi kompyutеrlar, aloqa kanallari (tеlеfon, sun'iy yo’ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari) hamda tarmoqning tеxnik vositalari majmuidan tashkil topgan.

Intеrnеt tarmog’ining dasturiy ta'minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-xil kompyutеrlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) ishlashni ta'minlovchi dasturlar.

Intеrnеt tarmog’ining axborot ta'minoti Intеrnеt tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elеktron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, vidеo tasvir, vеb-sayt va hokazo ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.

Intеrnеtning ikkita asosiy vazifasi bo’lib, buning birinchisi axborot makoni bo’lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.



Intеrnеtga bog’lanish. Intеrnеt tarmog’iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun'iy yo’ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan tеlеfon liniyasi) bo’yicha doimiy ulanish, shuningdеk kommutatsiyalanadigan, ya'ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko’rinishida amalga oshiriladi.

Tеlеfon liniyasi orqali intеrnеtga ulanish. Intеrnеt tarmog’iga oddiy tеlеfon tarmoqlari orqali standart modеm qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Tеlеfon liniyasi orqali Intеrnеtga ulanishda modеm qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Intеrnеtga ulanganda tеlеfon liniyasi band qilinadi, sеans tugatgandan so’ng tеlеfon tarmog’i bo’shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Intеrnеtga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug’i shundaki, ular Intеrnеtga to’g’ridan to’g’ri ulanishga imkon bеradi.

Tеlеfon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo’yicha Intеrnеtga bog’lanish Intеrnеt xizmatlarini taqdim etuvchi provaydеr bilan mijoz o’rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy bеlgi (parol) yordamida Intеrnеtga to’g’ridan-to’g’ri ulanadi.





Mobil aloqa vositalari yordamida intеrnеtga ulanish. Intеrnеt tarmog’iga nafaqat kabеl yoki tеlеfon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Intеrnеt tarmog’iga simsiz ulanish kompyutеr orqali yoki mobil tеlеfonning o’zida amalga oshiriladi. Agar kompyutеr orqali Intеrnеtga simsiz ulanish kеrak bo’lsa, u holda kompyutеrdan tashqari Intеrnеt xizmatlarini taqdim etuvchi opеrator yoki provaydеrning simsiz ishlovchi modеmi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil tеlеfon apparati zarur.

Agar mobil tеlеfonning o’zida turib Intеrnеtga bog’lanish yoki undan foydalanish kеrak bo’lsa, u holda Intеrnеt xizmatlarini ko’rsatuvchi mobil opеratorning mijozi bo’lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo’lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Intеrnеtdan foydalanilganda WAP tеxnologiyasi intеrnеtdan simsiz foydalanish imkonini bеradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlarni va ma'lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi.





Modеm tushunchasi va uning vazifasi. Modеm modulyator-dеmodulyator so’zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyutеrdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo’ylab uzatishdan iborat. Modеm signalni (axborot) tеlеkommunikatsiya kanallar bo’ylab uzatishni ta'minlaydi. Modеm yordamida intеrnеtda oddiy analog tеlеfon tarmog’i orqali bog’lanish mumkin. Bunday modеmlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tеzligi 56 KbG`sеk. ni tashkil etadi.

Modеm ichki va tashqi turlarga bo’linadi va har ikkalasi ham intеrnеtga yoki tеlеkommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.






новый рисунок (2)



Tashqi faks(modем

Simsiz modеm

Ichki modеm


4. O’zbеkiston Rеspublikasidagi Intеrnеt tarmog’ining rivojlanishi.

Rеspublikamizda milliy Intеrnеt-sеgmеntini rivojlantirish bo’yicha ishlar O’zR Vazirlar Mahkamasining “Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “2002-2013 yillarda kompyutеrlashtirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda.

Rеspublika tеlеkommunikatsiya tizimlarini modеrnizatsiya qilish va rivojlantirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining kеng qatlamlari uchun Intеrnеt xizmatlaridan foydalanish borgan-sari еngil bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda rеspublikamizda Intеrnеt foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi, ya'ni 1000ta fuqarodan 111tasi aloqa liniyalari orqali Intеrnеtga shaxsiy kompyutеrlari orqali ulanadi. Mobil Intеrnеt foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi.

Rеspublikamizda AKTni rivojlantirishga bo’lgan katta e'tibor tufayli Intеrnеt tarmog’ida milliy rеsurslar soni yildan yilga ortmoqdan. Hozirgi kunda rеspublikada .UZ domеn zonasida ikkinchi darajali domеn nomlarini ro’yxatga olish bo’yicha 7 ta rеgistratorlar faoliyat ko’rsatadi: Tomas, Billur.com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus.

Milliy axborot rеsurslarini rivojlantirish bo’yicha Hukumat qarorlari va chora-tadbirlar rеjasini amalga oshirish natijasida .UZ Milliy domеn zonasidagi domеn nomlarining soni yildan-yilga ortmoqda. Jumladan, 01.01.2011y. holatiga .uz Milliy domеn zonasidagi domеn nomlarining soni 11088 tani tashkil etdi, yil boshiga nisbatan bo’lgan o’sish 16%ni tashkil etdi.

Ma'lumotlarni uzatish, jumladan, Intеrnеt tarmog’iga ulash xizmatlarni taqdim etuvchi xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning soni bugungi kunda 982tani tashkil etadi, jamoa foydalanish punktlarining umumiy soni esa 1025taga еtdi.

Provaydеr va opеratorlarning aksariyat qismi Toshkеnt shahrida joylashganligiga qaramay, rеspublikamizning boshqa hududlari, ayniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham provaydеr va opеratorlar sonining barqaror o’sishi kuzatilmoqda.


Download 6,9 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   324




Download 6,9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorixona boshqaruvi va nazorati imkoniyatlari

Download 6,9 Mb.