Ular shakl jihatdan bir xil bo’lgani uchun algoritmni boshlanishini bildirgan blokning ichiga boshlanishi yoki boshl., algoritmning oxirini bildiruvchi blokning ichiga tamom yoki kiskacha tam. so’zlari yozib qo’yiladi.
Blok - sxemalarda ma’lumotlarni kiritish blokining umumiy ko’rinishi parallelogramm ko’rinishida bo’lishi mumkin.
- kerakli ma’lumotlarni kiritish va chiqarish bloki.
Qaysi o’zgaruvchilarning qiymatlarini kiritish kerak bo’lsa, shu o’zgaruvchilarning nomlari blokning ichiga yozib qo’yiladi. Bu blok bitta kirish va bitta chiqish ko’rsatkichiga ega.
Amallarni bajaruvchi blokning ko’rinishi to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’ladi. Bu ko’rinishdagi blok chiziqli blok xam deyiladi. Bajarilishi kerak bo’lgan ish blokning ichiga yozib qo’yiladi. Blokning ichida bir qancha formulalar xam bo’lishi mumkin. Blokdan chiqish uchun blok ichidagi xamma buyruqlarni bajarish lozim. Bu bloklar xam bitta kirish va bitta chiqish ko’rsatkichiga ega.
- hisoblash va ta’minlash bloki.
Shartlarni tekshirish yoki tarmoqlanuvchi blokning ko’rinishi romb shaklida bo’ladi. Bunday bloklar shartli bloklar bo’lib, ulardan tarmoqlanuvchi jarayonlarning algoritmini yozishda foydalaniladi. Tekshirilayotgan shart blok ichiga yozib qo’yiladi va shartning bajarilishiga qarab (ha yoki yo’q) biror ko’rsatkich yo’nalishi bo’yicha yuriladi, ya’ni tarmoqlanadi.
- shartni tekshiruvchi blok.
Bu turdagi bloklar bitta kirish va ikkita chiqish kursatkichiga ega.
Chiqarish blokining umumiy ko’rinishi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bu qog’ozning pastidan yirtilgan ko’rinishini eslatadi. Kiymatlari chiqarilishi kerak bo’lgan kattaliklarning ro’yxatlari blokning ichiga yozib qo’yiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritm -dеb shartlarga muvofiq bajariladigan ko’rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm -dеb biron bir shart tеkshirilishi yoki biron paramеtrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz bеradigan jarayonlarga aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin.
Masalan:
- so’z bilan ifodalash;
- formulalarda bеrish;
- blok-sxеmalarda tasvirlash;
- dastur shaklida ifodalash va boshqalar.
Algoritmlarni blok-sxеma ko’rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo’lgani uchun eng ko’p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko’rsatma o’z shakliga ega.
Masalan: parallеlogramm ko’rinishdagi bеlgi ma'lumotlarni kiritish va chiqarish; to’g’ri to’rtburchak bеlgisi hisoblash jarayonini; romb bеlgisi shartlarning tеkshirilishini bildiradi.
Misollar: Chiziqli algoritmga doir:
Y=x^2+1 funksiyani x ning istalgan qiymatida hisoblash algoritmini tuzing.
x
Boshlash
Y=x^2+1
Y
Tamom
So’zda bеrilishi: Blok-sxеmada:
1. Boshlash.
2. x-qiymatini kiritish.
3. y=x^2+1 ni hisoblash.
4. y-qiymatini chiqarish.
5. Tamom.
Tarmoqlanuvchi algoritmga doir:
Ikkita a va b sonlardan kattasini aniqlash algoritmini tuzing.
So’zda bеrilishi: Blok-sxеmada:
a,b
Boshlash
a>b
ха b катта
a катта
Tamom
Boshlash.
2. a va b-qiymatini kiritish.
3. agar a>b bo’lsa, natija a dеb
olinib 5ga o’tilsin.
4. natija b dеb olinsin.
5. Tamom.
Takrorlanuvchi algoritmga doir:
1dan 100gacha toq sonlar yig’indisini hisoblash algoritmini tuzing.
So’zda bеrilishi: Blok-sxеmada:
1. Boshlash.
2. S ning qiymati nol dеb olinsin.
3. i ning qiymati bir dеb olinsin.
4. Sga i qo’shilib, natija S dеb olinsin.
5. i ga 2 qo’shilib, uni i bilan bеlgilansin.
6. agar i<=100 bo’lsa, u holda 4ga o’tilsin.
7. S qiymati chiqarilsin.
8. Tamom.
Аlgоritmni ifоdаlаsh uchun dаsturlаsh tillаri dеb аtаluvchi sun`iy tillаr qo`llаnilаdi. Buning uchun ishlаb chiqilgаn аlgоritm shu tillаr yordаmidа bir mа`nоli vа Kоmpyutеr tushunа оlаdigаn ko`rinishdа tаvsiflаnishi zаrur. Uning tаrkibidа chеklаngаn sоndаgi sintаksis kоnstruksiyalаr to`plаmi bоr bo`lib, u bilаn аlgоritm yarаtuvchi tаnish bo`lishi kеrаk. Аnа shu kоnstruksiyalаrdаn fоydаlаnib buyruq vа ko`rsаtmаlаr fоrmаl ifоdаlаrgа o`tkаzilаdi.
Zаmоnаviy dаsturlаsh tillаri Kоmpyutеrning ichki mаshinа tilidаn kеskin fаrq qilаdi vа Kоmpyutеr bеvоsitа аnnа shu tildа ishlаy оlmаydi. Buning uchun dаsturlаsh tilidаn mаshinа tushunаdigаn tilgа tаrjimа qiluvchi mаxsus dаstur – trаnslyatоrdаn fоydаlаnilаdi. Dаsturni trаnslyasiya qilish vа bаjаrish jаrаyonlаri vаqtlаrgа аjrаtilаdi.
Аvvаl bаrchа dаstur trаnslyasiya qilinib, so`ngrа bаjаrish uslubidа ishlаydigаn trаnslyatоrlаr kоmpilyatоrlаr dеb аtаlаdi.
Savol va topshiriqlar
-
Kompyuterda masala yechishning asosiy bosqichlarini ayting.
-
Algoritmlash asoslari nima?
-
Algoritm dem nimaga tushuniladi?
-
Algoritmning qanday xossalari bor?
-
Algoritmni qanday ifodalash usullari bor?
-
Chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va umumlashgan algoritmlar deb nimaga aytiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt,“O’qituvchi”.2002y.
-
Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.
-
Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.
-
Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.
4.14–mavzu: FARMATSEVTIK MASALALARINI KOMPYUTERDA YECHISH
BOSQICHLARI.
Reja
1. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari.
2. Axborotlarni kodlash, ularning grafik va matn xolatida saqlash.
3. To‘g‘ri va teskari kodlar.
4. Qo‘shimcha kod.
Tayanch iboralar: Axborot ko‘rinishi, kod, kodlash (to‘g‘ri, teskari va qo‘shimcha kodlar), axborotning grafik xolati, axborotning matn xolati, EHMning arifmetik asoslari, sanoq tizimi.
1. Masalalarni EHMda yechish bosqichlari. Matematik model har xil vositalar yordamida berilishi mumkin. Bu vositalar fizik qonuniyatlar hamda funksional analiz elementlarini ishlatib differensial va integral tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va EHM dasturlarini yozishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Har xil bosqich yakuniy natijasiga ko‘ra o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi va ulardagi yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan ham belgilanadi.
Ob’ektning matematik modelini tuzish, uni EHMda bajariladigan hisoblashlar asosida tahlil qilish - hisoblash tajribasi deyiladi. Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qo‘yilishi, berilgan va izlanuvchi miqdorlar, ob’ektning matematik modelini tuzish uchun ishlatish lozim bo‘lgan boshqa xususiyatlari tasvirlanadi.
Ikkinchi bosqichda fizik, mexanik, kimyoviy va boshqa qonuniyatlar asosida matematik model tuziladi. U asosan algebraik, differensial, integral, integro-differensial va boshqa turdagi tenglamalardan iborat bo‘ladi. Ularni tuzishda o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning o‘zida hisobga olib bo‘lmaydi, chunki, matematik model juda murakkablashib ketadi. Shuning uchun, model tuzishda qaraliyotgan jarayonga eng kuchli ta’sir etuvchi asosiy omillargina hisobga olinadi.
3. Masalaning diskret modelini va hisoblash algoritmini tuzish
2. Matematik model tuzish, uni asoslash
1. Tadqiqot ob’ekti. Masala shartlari
4. Algoritmik tillarda EHM uchun dastur ta’minotini yaratish
5. EHMda hisob ishlarini bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish va baholash
Masalaning matematik modeli yaratilgandan so‘ng, uni yechish usuli izlana boshlanadi, ya’ni, mos tenglamalar yechilishi va kerakli ko‘rsatkichlar aniqlanishi lozim. Ayrim xollarda masalaning qo‘yilishidan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri, masalani yechish usuliga ham o‘tish kerak bo‘ladi. Bunday masalalar oshkor ko‘rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni EHMda yechishning uchinchi bosqichini tashkil qiladi.
Navbatdagi bosqichda, ya’ni, to‘rtinchi bosqichda, masalani EHMdan foydalanib yechish uchun uning yechish algoritmi ishlab chiqiladi, hamda shu algoritm asosida biror-bir zamonaviy algoritmik tilda EHMda ishlatish uchun dastur tuziladi. Dastur ma’lum talablar asosida tuziladi. Masalan, u umumiylik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni, matematik modelda ifodalangan masala parametrlarining yetarlicha katta sohada o‘zgaruvchi qiymatlarida dastur ishonchli natija berishi kerak. U bir necha mustaqil qismlar (protseduralar) dan iborat bo‘lishi mumkin.
Nihoyat masalani yechishning yakunlovchi beshinchi bosqichida yaratilgan dastur EHMga kiritiladi va sozlanadi hamda olingan natijalar chuqur tahlil qilinib, baholanadi. Natijalarni tahlil qilish, zarur bo‘lgan hollarda algoritmni, yechish usulini va modelni aniqlashtirishga yordam beradi, hattoki masalani noto‘g‘ri qo‘yilganligini ham baholab berishi mumkin.
Shunday qilib, biz masalalarni EHMlar yordamida yechish bosqichlari bilan tanishib chiqdik. Shuni ta’kidlash lozimki, har doim ham bu bosqichlar bir-biridan yaqqol ajralgan holda bo‘lmasdan, bir-biriga qo‘shilib ketgan bo‘lishi ham mumkin.
2. Axborotlarni kodlash, ularning grafik va matn xolatida saqlash. Kompyuter fakat sonli ko‘rinishda ifodalangan axborotni kayta ishlay oladi, shuning uchun kompyuterlarda kayta ishlatadigan xar kanday axborot sonli ko‘rinishda tasvirlashi mumkin. Xarflar, raqamlar, belgilar bilan sonli orasida o‘rnatiladigan moslik belgilarni kodlash deyiladi.
Hisoblash texnikasida kupincha axborotni signallar ketma-ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalanadi: magnitlangan yoki magnitlanmagan, yukori va past kuchlanishli. Bir xolatni 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash kabul kilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyiladi. Kompyuterda barcha sonlar 0 va 1 raqamlari yordamida tasvirlanadi. Kompyuterlar ikkili sanoq tizimida ishlaydi, chunki kompyuterningelement bazalari ikkita turgun xolatga ega. 0 va1 raqamlar bitlar deyiladi. binary digit - ikkili raqam degan ma’nosini anglatadi.Sakkizta 0 va1 raqamlar ketma-ketligi bayt deyiladi. 1 bayt = 8 bit. Xar bir bayt bu bitta belgining kodidir.
Masalan: I xarfiga 11101001, L xarfiga 11101100, K xarfiga 11101011, D xarfiga 11100100, M xarfiga 11101101 va x.k. kodlari mos keladi.
Masalan, “ILM” suzi 24 bitdan iborat kuyidagi ketma-ketlik bilan kodlanadi: 111010011110110011101101, chunki «Informatika va axborot texnologiyasi» degan ma’lumotning axborot xajmi 37 baytga teng, chunki bu ma’lumot 37 ta belgini ifodalaydi. V= 37 bayt, V=37 bayt*8 bit =296 bit.
Ma’lumotning axborot xajmi ulchov birliklari. Bit va baytga nisbatan kattaroklari mavjud: 1 kilobayt =1Kbayt=210 bayt =1024 bayt
1 megabayt =1Mbayt=220 bayt =1048376 bayt(bir million qirq sakkiz ming besh yuz yetmish olti)
1 Gigabayt =1Gbayt = 230bayt =1 mlr bayt
1 Terabayt =1Tbayt = 240 bayt
Shaxsiy kompyuterlar turli magnitli disketalar bilan ishlaydigan maxsus kurilmalarga ega. Foydalanuvchi shu dakikada ishlab turgan disk joriy disk (xotira) deyiladi. Doimiy xotira – ma’lumotlar doimiy saklanadigan maxsus kurilma. Doimiy xotira (yoki qattiq disk) xajmi bilan ulchanadi. Kompyuterdan foydalanuvchi vinchnsterni asosan uch parametriga karab aniklab oladi, bular: sig‘im, tezlik, interfeys.
Vinchester sig‘imini – qattiq diskka joylashtirish mumkin bulgan ma’lumot mikdori belgilaydi. Eng birinchi IBM PC kompyuterlarida qattiq disk sig‘imi 5 Mbayt bulgan bo‘lsa, xozir quyidagi xajmdagi qattiq disklar ishlab chiqarilmokda: 6 Gbayt, 10 Gbayt, 20 Gbayt, 40 Gb, 80 Gb, 160 Gb, 250 Gb, 500 Gb. Kompyuterning imkoniyatlari bevosita unga o‘rnatilgan joriy xotiraga bog‘liq. Agar kompyuter joriy xotira 32 Mbayt va undan ortiq bo‘lsa, lokal tarmoklarida (Internet elektron pochta E- mail) ishlash imkonini beradi.
Ko‘pchilik kompyuterlarda joriy xotiraga murojaat o‘ta majburlash uchun joriy xotirasi KESh-xotira o‘rnatiladi. Ko‘p ishlatiladigan ma’lumotlar KESh xotirada yoziladi, shuning uchun kompyuter zaruriy ma’lumotlarni dastlab KESh xotiradan kidiradi, sungra joriy xotiraga murojaat kiladi. IBM PC kompyuterida xotiraning BIOS(diomiy xotira Besic input-output system), SMOS (yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Bu xotiralar kompyuter kurilmalarini tekshiruvchi dasturlar operatsion tizimni yuklovchi va kompyuter kurilmalariga xizmat kursatadigan funksiyalarini bajaruvchi dasturlar saklaydi.
Keng tarqalgan disketalar 3,5 yoki 5,25 dyuymli xajmda bo‘lib, uch dyuymlik va besh dyuymli disketalar deb ataladi. 3,5 dyuymli disklar 1,44 Mbayt xamjli, 5,25 dyuymli 360 Kbayt-1,2 Mbayt xajmli ma’lumot yozish mumkin. Disketani birinchi marotaba ishlatishdan oldin uni formatlash kerak. Bu maxsus dasturlarda, ya’ni DOS format dasturi yordamida bajariladi. Kompakt diks xajmli 640 Mbaytgacha bo‘lib, unga ma’lumotlarlar oldindan yozilgan buladi. CD-ROM (Sompact Disk Read Only Memory) – asosan kompakt disklardan ukish uchun ishlatiladi CD-RW (Sompact Disk Read Writeble) – asosan kompakt disklarga yozish va ukish uchun ishlatiladi.
3. To‘g‘ri va teskari kodlar. EHMda boshlang‘ich ma’lumotlar va qoniqarsiz sonlarni belgisini EHMning razryad setkasida son belgisini tasvirlash uchun katta razryadli sondan oldin qo‘shimcha belgili razryad kiritiladi. Unda musbat sonni ko‘rsatish uchun e ya’ni 0 manfiy sonni ko‘rsatish uchun 1 qiymatlar kiritiladi. EHMda sonlarni kodlashtirishda maxsus; to‘g‘ri, teskari va qo‘shimcha kodlardan foydalaniladi.
To‘g‘ri kod. Ikkilik X sonni to‘g‘ri kodda [x pr ] uni absalyut kodlashtirilgan soyiga asosan tasvirlanadi.Umuman olganda ikkilik droblangan X sonini to‘g‘ri kodga o‘tkazish formulasi quyidagicha bo‘ladi:
agar X > O [Xpr] = { 1+X, agar X <0
Musbat X sonning to‘g‘ri kodi [X pr ] kodlashtirilgan holda shu sonning yozuviga turlicha mos keladi: agar X=+0 , X1X2......Xpr, unda [X]pr= 0 , X1X2.......X m
Manfiy X c oning to‘g‘ri kodi [X]pr kodlashtirilgan xolatda quyidagicha yoziladi: agar X=-O.X1X
2 ...X m , unda [X]pr=1„X1X 2 ..X m , bo‘ladi.
1 Misol: X=+0.11010 va X=-0.01010 sonlarni to‘g‘ri kodda ko‘rsating.
[X]pr=0.11010: [X]pr=1.01010
Shuni aytib o‘tish kerakki to‘g‘ri kodda 0 soni bir xil emas, ya’ni uchlik tenglikda 0=+0=-0,
[+0]pr=0.00.....00: [-0]pr=1.00.....00 bo‘ladi.
Shunday qilib to‘g‘ri kodda 0 qiymati ikkita holatda, musbat va manfiy nollar deb ataladi. To‘g‘ri kod asosan EHMda musbat va manfiy sonlarni xotirada saqlovchi moslamalarda saqlash uchun foydalaniladi.
Teskari kod. X sonlarining teskari kodi [X]tes. sifatida belgilanadi. Musbat sonlarni teskari kodi uning to‘g‘ri kodi bilan bir xil: agar X>0 bo‘lsa, unda [X]tes=[X]tug=X. Manfiy sonni teyekari kodi quyidagicha shakllanadi:
1) Belgili razryadda bir yoziladi;
2) Sonli razryadda birlar nollar bilan, nollar esa birlar bilan almashtiriladi.
Shunday qilib musbat X sonining teskari kodi X=+OD0110[X] tes.=0.101 Yuga teng, manfiy son X=-0.01001 [X] tes.=1.10110ga teng bo‘ladi. Shundan kelib chiqadiki, ikkilik X sonlarining teskari kodga aylantirish formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi;
agar X > O [X] tes = { 2-2 - m +X, agar X <0
Teskari kodda musbat va manfiy kodlar bor: [+0]tes.=[+0.00.....0]tes.=0.00.....0;
[-0]tes= [-0.00.....0]tes=10.00...0-0.00....01=1.111....11.
EHMda maxsus kodlar (teskari va qo‘shimcha) qo‘shish jarayonini ayirish jarayoniga almangtarib beradi. Bu esa bizga qo‘shish jarayonilari hakida ma’lumotdar beradi.
2-Misol X=+0.101 va U=-0.001 sonlari teskari kodda qo‘shilsin.
[X]tes.= 0.101 + [X]tes.= 1.110 10.011.
Bunda jarayon qiymati musbat, chunki belgili razryadda 0 turibdi. Qo‘shimcha kodda qo‘shish jarayonida belgili razryaddan chiqib ketgan ko‘chirish birligi chiqarib tashlanadi va kichik sonlar razryadiga qo‘shilmaydi.
4. Qo‘shimcha kod. Qo‘shimcha kodda musbat sonli uning to‘g‘ri kodiga mos keladi, ya’ni [X] qo‘sh. [X]pr=X. Manfiy ikkilik sonlar kodi quyidagicha bo‘ladi:
1) Belgili razryadda bir qo‘yilsin.
2) Barcha sonli razryadlarda birlarni nollar bilan, nollarni birlar bilan almashtirilsin
3) kichik sonli razryadlarga bir qo‘shilsin.
Musbat sonning X=+0.10010 qo‘shimcha kodi [X]qo‘sh.=0.10010 ga teng; manfiy son X=-0.0110 ning qo‘shimcha kodi [X]qo‘sh.= 1.1001+0.0001=1.1010’ yoki X=- 0.11001[X]qo‘sh.= 1.00110+0.00001= 1.00111 ko‘rinishda bo‘ladi.
Shunday qilib ikkilik sonlarini qo‘shish kodining formulasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
X X > O [X]qo‘sh. = { 2+X, agar X <0
EHMda nolni tasvirlash uchun oddiy almashtirish o‘tkazamiz:
[+0]qo‘sh.=[+0.00....0]qo‘sh.=6;[0]’qo‘sh.=10.00...0+X= =10.00....0+0.00,..0=10.OO..O, Lekin razryadli setkada belgili razryadning chaproqda razryad yo‘qligi sababli mashina sonining birinchi soni tushib qoladi va belgili razryadda nol qoladi.
Murakkab drobli sonlar bilan ishlaganda birdan katta sonlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday xollarda razryadli setkani to‘lib ketganligi yaqqol ko‘rinishi kerak. Bu xollarda mashinalarda ko‘shimcha, teskari va modifitsirlangan ko‘shimcha koddar ko‘llaniladi.
Savol va topshiriqlar
-
Kompyuterda masala yechish deganda nimani tushunasiz?
-
Kompyuterda masala yechishning bosqichlarini aytib bering.
-
Kodlash nima?
-
Axborotlarni kodlash deganda nimani tushunasiz?
-
Axborotlarni grafik va matn xolatida saqlash qanday amalga oshiriladi?
-
To‘g‘ri kod deb, qanday kodga aytiladi?
-
Teskari deb, qanday kodga aytiladi?
-
Qo‘shimcha deb, qanday kodga aytiladi?
-
To‘g‘ri kod deb formulasini yozing?
-
Teskari va qo‘shimcha kodlar formulasini yozing?
Foyalanilgan adabiyotlar:
-
Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt,“O’qituvchi”.2002y.
-
Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.
-
Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.
-
Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.
4.15–mavzu: FARMASEVTIKA SANOATI KORXONALARIDA, DORIXONA
MUASSASALARIDA, MUTAXASSISLIK FANLARI KIMYO-BIOLOGIK
MASALALARNI YECHISHDA AMALIY DASTURIY PAKETLARDAN
FOYDALANISH. AMALIY DASTURIY PAKETLARLAR TIZIMINING
ASOSIY TUSHUNCHALARI.
Reja
1. MatLab dasturiy paketi.
2. MatCad dasturiy paketi.
Tayanch iboralar: Dastur, dasturuy paket, MatLab, MatCad, formula, grafik.
1. MatLab dasturiy paketi.
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun Eureka, Gauss, Derive, Mathcad, Mathematica, Maple va boshqa dasturiy tizimlar va dasturlarning to‘plamlarini taklif qiladi. Ular orasida MATLAB imkoniyatlari va maxsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
MATLAB – bu vaqt sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U matritsaviy amallarni qo‘llashga asoslangan tizimning nomi MATrix LABoratory matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini topgan.
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo‘lishi mumkin.
MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga aylandi. «Integrallashgan» so‘zi bu tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va boshqalar o‘zaro birlashtirilganligini bildiradi.
MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan ta'minlashdir. Uning dasturlash tillari bilan integrallashuvi dasturning kengayuvchanligiga olib keldi.
MATLAB asosan matematik hisoblashlar, algoritmlarni yaratish, modellash, ma'lumotlarni tahlil qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi, ilovalarni ishlab chiqish va boshqalar.
MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLABning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi.
Foydalanuvchi m-fayl matnli formatga ega bo‘lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki funksiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi foydalanishi mumkin. MATLAB da yangi yaratilgan funksiya yoki prosedura fayl ko‘rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda chegaralanmagan. MATLAB ko‘plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini beruvchi operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko‘plab amaliy masalalarni yechish mumkin. MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga mo‘ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.
Matlab dasturlash tili yoki Matlab tili – ma'lumotlarni matritsa ko‘rinishida berilishi, hisoblash imkoniyatlari va grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori darajali algoritmik til hisoblanadi. Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida dasturlar yaratish va ishlatish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilarni Matlabda yaratiladigan barcha dasturlari diskda saqlanadi va m kengaytmaga ega, shu sababli ular m-fayllar deyiladi. m-fayllar ikki turga bo‘linadi: function va script m-fayllardir.
m –fayllar yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim: o‘zgaruvchilar e'lon qilinmaydi, metkalar ishlatilmaydi, shartsiz o‘tish operatori go to ishlatilmaydi, dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi.
M-fayllar bilan ishlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
Asosiy (script-fayl) va qism dastur (function-fayl)larni ishlab chiqish;
-
Matlabda M-fayllarni yaratish, tahrirlash va saqlash;
-
M-fayllarni ishga tushirish;
-
M-fayllarni sozlash.
MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga-mo‘ljallangan va vizual dasturlashni ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi.
2. MatCad dasturiy paketi.
MATHCAD turli-tuman ilmiy va muxandislik hisoblashlarni bajaruvchi matematik redaktordir. Mathcad vositasida elementar arifmetik amallardan tortib murrakkab sonli metodlar realizastiyasini amalga oshirish mumkin. Sodda interfeysi, matematik hisoblashlarning ko`rgazmaliligi,keng standart funkstiyalar va sonli metodlar kutubxonasi mavjudligi, simvolli hisoblash xamda natijalarni turli shakllarda taqdim etish imkoniyatlari Mathcad dasturini eng ommaviy matematik dasturiy ta’minot darajasiga chiqishiga sabab bo`ldi. Mathcad tarkibiga bir-biri bilan integrallashgan bir necha kompanent kiradi.
Bular:
• Matematik ifoda va matnlarni kiritish, taxrirlash va formatlash imkonini beruvchi matnli muxarrir;
• Standart sonli metodlardan foydalanib, kiritilgan formulalar bo`yicha hisoblashlarni bajaruvchi prostessor;
• Analitik hisoblarnibajarishga imkon beruvchi simvolli prostessor; • Interaktiv elektron kitob ko`rinishida matematik va muxandislik ma’lumotnomasi; Mathcad dasturi muhitida quyidagi masalalarni hal etish mumkin:
- Mathcad formula redaktori yordamida matematik formulalar kiritish. Ushbu redactor imkoniyatlari Microsoft Word formula redaktoridan qolishmaydi;
- Kiritilgan formulalar bo`yicha matematik hisoblashlar birdaniga bajariladi;
- Turli tipdagi grafiklarni xujjatga joylashtirish;
- Turli formatdagi fayllarga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish;
- Xujjatlarni Mathcad da bosmaga chiqarish;
- Yaratilgan xujjatlarni elektron kitob ko`rinishida birlashtirish; Mathcad dasturi komponentlari turli-tuman matematik xisoblashlar uchun qulay muxit bo`lib, bir vaqtning o`zida bu xisoblashlar natijalarini xujjatlashtirish imkonini beradi.
Dasturni yuklash buyrug`idan keyin Mathcad dasturi oynasi ekranga chiqariladi. Uning ko`rinishi rasmda ifodalangan.
Quyida Mathcad dasturi asosiy menyusi bo`limlari keltirilgan.
-
Mathcad dasturi oynasi tizimi menyusini chiqaruvchi tugma.
-
File- fayl va xujjatlarni yaratish, saqlash, electron pochtadan jo`natish yoki printerda chop etish bilan bog`liq buyruqlar to`plami;
-
Edit- matnlarni tahrirlash uchun mo`ljallangan bo`yruqlar to`plami;
-
View- mathcad ishchi oynasida xujjatlarning tashqi ko`rinishini boshqaruvchi buyruqlar to`plami;
-
Insert- xujjatga turli ob’ektlarni joylashtirish uchun xizmat qiluvchi buyruqlar to`plami;
-
Format- matn, formula va grafiklarni formatlovchi buyruqlar to`plami;
-
Math- hisoblash jarayonini boshqaruvchi buyruqlar to`plami;
-
Symbolics- simvolli hisoblashlar bo`yruqlari to`plami;
-
Windows- turli xujjat oynalarini ekranda jaylashtirish buyruqlari to`plami;
-
Help- yordamchi axborotlarni chiqarish buyruqlari;
Asboblar paneli.
Asboblar paneli ko`p ishlatiluvchi buyruqlarga tez murojat etish imkoniyatini beradi . Bu yerda “Standart asboblar paneli”, “matematik asboblar paneli” va “formatlash uskunalar paneli” niajratish mumkin.
Savol va topshiriqlar
-
MatLab dasturiy paketi va uning imkoniyatlarini ayting?
-
MatCad dasturiy paketi va uning imkoniyatlarini ayting?
Foyalanilgan adabiyotlar:
-
Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt,“O’qituvchi”.2002y.
-
Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.
-
Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.
-
Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.
4.16–mavzu: AMALIY DASTURIY PAKETLARLAR TIZIMIDA MA’LIUMOTLARNI
QAYTA ISHLASH.
Reja
-
Amaliy dasturlar paketlarining ta’rifi.
-
Amaliy dasturlar paketlarining tasnifi.
-
Predmetli sohaning ta’rifi va modeli.
Tayanch iboralar: «Amaliy dasturlar paketlari», amaliy dasturlar paketlari, uslubiy-mo‘ljallangan paket, muammoviy - mo‘ljallangan paketlar,predmetli sohasi, PKT.
2. Amaliy dasturlar paketlarining ta’rifi. «Amaliy dasturlar paketlari» atamasi turli murakkablikdagi va belgilanishdagi dasturlar majmuasiga nisbatan qo‘llaniladi. Oldin ta’kidlanganki, amaliy dastur bo‘lgan dasturiy mahsulot va amaliy dasturlar paketlari o‘rtasida aniq chegarani o‘tkazish mumkin emas. Dasturlar paketlarining borgan sari ko‘proq soni ishlab chiqilishi bilan dasturlar paketi ostida tushinish kerak bo‘lgan yangi ta’riflar paydo bo‘lgan.
Zamonaviy qarashlarga ko‘ra, amaliy dasturlar paketlari - bu masalalarning belgilangan sinfini yechish uchun hamkorlikdagi dasturlarning majmuasidir. Amaliy dasturlar paketlari hamisha ham dasturlashda va ham ushbu amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash bilan yechiladigan masalalar kiruvchi sohadagi belgilangan malakadagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.
Amaliy dasturlar paketlarini tashkil qiluvchi dasturlarni birga bo‘la olishligi ularda o‘zaro foydalanish imkoniyatini, boshqaruvchi ma’lumotlar va axborot massivlaridan foydalaniladigan tuzilmalarning umumiyligini bildiradi. Bundan tashqari amaliy dasturlar paketlariga mustaqil dasturiy mahsulot sifatida, amaliy alohida turi sifatida qarash kerak.
Ta’rifdan kelib chiqqan holda amaliy dasturlar paketlarining quyidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin.
- Paket bir necha dasturiy birliklardan iborat bo‘ladi.
- Paket masalalarning belgilangan sinfini yechish uchun mo‘ljallan-gan.
- O’z sinfi doirasida paket belgilangan universallikka ega, ya’ni ushbu sinfdagi barcha yoki deyarli barcha masalalarni yechishga imkon beradi.
Paketda ko‘zda tutilganlardan aniq imkoniyatlarni tanlab olishga imkon beruvchi boshqaruv vositalari ko‘zda tutilgan. Paket qo‘llanishning aniq shartlarini sozlashga yo‘l qo‘yadi.
Paket u yaratilgan tashkilot doirasida undan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish bilan ishlab chiqilgan va dasturiy mahsulotga umumiy talablarni qanoatlantiradi.
Hujjatlar va paketni qo‘llash usullari paket tomonidan yog‘iladigan masalalarga tegishli bilimlar sohasidagi malakaning belgilangan darajasiga ega foydalanuvchiga mo‘ljallangan.
Amaliy dasturlar paketlari masalalarining belgilangan sinfini yechish uchun mo‘ljallanganligi sababli, paketning vazifaviy belgilanishi haqida gapirish mumkin.
2. Amaliy dasturlar paketlarining tasnifi. Vazifaviy belgilanishga ko‘ra OT imkoniyatlarini kengaytiruvchi amaliy dasturlar paketlari ajratiladi, masalan, ko‘p foydalanuvchili tizimlarni ko‘rish, uzoqlashtirilgan abonentlar bilan ishlash, fayllarning maxsus tashkil qilinishini amalga oshirish, OT bilan ishlashni soddalashtirish va h.k uchun. EC OTda vaqtni taqsimlash rejimini amalga oshiruvchi CPB paketi, shaxsiy EHMda MS DOS operatsion tizimi bilan ishlashni yengillashtirish uchun Norton Commander paketi xuddi shunday paketlarga misol bo‘lib xizmat qiladi [16].
Foydalanuvchilarning amaliy masalalarini yechish uchun mo‘ljallangan paketlar orasida uslubiy-mo‘ljallangan va muammoviy-mo‘ljallangan paketlarni ajratish mumkin. Uslubiy mo‘ljallangan paket foydalanuvchining masalasini paketda ko‘zda tutilgan bir necha usullardan biri bilan yechishga mo‘ljallangan, buning ustiga usul yoki foydalanuvchi tomonidan belgilaniladi, yoki kiruvchi ma’lumotlarning tahlili asosida avtomatik tanlanadi. Bunday paketga - qavariqli dasturlashni yo jarima vazifalari usuli bilan yoki ehtimol blgan yo‘nalishlar usullarining variantlaridan biri bilan yechishga imkon beruvchi matematik dasturlash paketi misol bo‘ladi.
Muammoviy-mo‘ljallangan paketlar umumiy ma’lumotlardan foydalanuvchi masalalarning guruhlar (izchilliklari)ni yechish uchun mo‘ljallanganlar. Bu paketlarning eng ko‘p sonli guruhidir. Muammoli-mo‘ljallangan paket tomonidan bajariladigan operatsiyalarning umumiy xarakterida aks ettirilishi mumkin. Bunday paketlarga - matnli muharrirlar, jadvalli protsessorlar, to‘g‘ri chiziqli dasturlash paketi namunaviy misol bo‘la oladi.
Muammoli-mo‘ljallanish umumiy amaliy muammoda ham berilishi mumkin, uning yechimi alohida masalalarga bo‘linadi, ularning har birlari uchun paketda o‘z algoritmi ko‘zda tutilgan. Sohalararo balanslarni hisoblashini o‘tkazish uchun paket, loyihalashni avtomatlashtirishning har xil tizimlarida foydalaniladigan paketlar - namunaviy misollardir [21].
Keyingi yillarda keng belgilanishli paketlardan iborat bo‘lgan matnli muharrir, elektron jadvallar protsessori, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi, ma’lumotlar grafik aks ettirish (ishga doir grafika) paketi va uzoqlashtirilgan abonentlar bilan ma’lumotlarni almashtirish vositalarini birlashtiruvchi integratsiyalangan paketlar deb atalganlar keng tarqalgan, 2.1-rasmda paketlarning vazifaviy belgilanishlari bo‘yicha tasniflari varianti ko‘rsatilgan.
Dasturlash paketini belgilashda paket bir necha dasturiy birliklardan tashkil topadi deb ta’kidlanadi. Bunday dasturiy birliklarni odatda dasturiy modullar deb ataydilar. Paket belgilangan sinfdagi masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Masalalarning bu sinfini odatda paketning predmetli sohasi deb ataydilar. Hisoblash masalalarini yechish uchun amaliy dasturlar paketlariga nisbatan predmetli soha ma’lumotlarning ba’zi bir tarkibini, ya’ni kiruvchi, oraliq va chiquvchi ma’lumotlarni tashkil qilishni belgilaydi. Aytadilarki, paket o‘zining predmetli sohasiga mos keluvchi axborot bazasidan foydalanadi.
Foydalanuvchi tomonidan tanlab olingan aniq amallarni amalga oshirish uchun paket foydalanuvchidan boshqaruvchi axborotni qabul qilib olishi kerak. Bu boshqaruvchi axborot rasmiy tilda - paketning kirish tilida beriladi. Foydalanuvchining aniq vazifasini kirish tilida bayon qilinishi kirish tilidagi dastur (KTD) deb ataladi.
ADP
OTni kengaytiruvchi
Vazifalarni yechish uchun
Paketlarning vazifaviy belgilanishlari bo‘yicha tasniflari varianti
Paketda har bir masalaning yechimi tegishli algoritmni bajarishdan iborat bo‘ladi. Paketda ko‘zda tutilgan masalalar yechimini algoritmini amalga oshiruvchi paketning dasturiy modellarini ishlab chiquvchi modullar deb ataymiz. Ishlab chiquvchi modullar paketning axborot bazasini tashkil qiluvchi ma’lumotlarning o‘zgarishini bajaradilar.
Foydalanuvchining vazifasini ishlab chiquvchi modullar chaqiriqlarining izchilligiga o‘zgartirish uchun paketga boshqaruvchi modullar kiritilishi kerak.
Paketning foydalanuvchi bilan va paketning boshqaruvchi modullarining axborot bazasi va ishlab chiquvchi modullar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun paket tarkibiga xizmat ko‘rsatuvchi modullar kiritiladi.
Shunday qilib, amaliy dasturlar paketlarini kirish tili, axborot bazasi, boshqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiquvchi modullarning birlashuvi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ishlab chiquvchi modullarning majmuasini ko‘pincha paketning vazifaviy to‘ldirilishi deb ataydilar. Boshqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi modullar paketning tizimli ismi yoki paketning tizimli to‘ldiruvchisi deb ataydilar.
Paket tarkibiy qismining o‘zaro hamkorligi 3.2-rasmda sxematik ravishda ko‘rsatilgan. Operatsion tizim vositalari tomonidan paketning bosh boshqaruvchi moduli (etakchi moduli) ishga tushiriladi. keyin kirish tili dasturlari (KTD) shaklida berilgan foydalanuvchining vazifasini qabul qilish va bu vazifani ishlab chiquvchi va xizmat ko‘rsatuvchi modullarini kerakli izchillikda chaqirish bilan bajarish tashkil qilinadi.
Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usuli ostida masalani yechishda foydalanuvchining paket bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishni tushunamiz. Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usulini tanlash ko‘pincha omillarga bog‘liq, OT va dasturlashning tanlangan tilining imkoniyatlari, ishlab chiqilayotgan ma’lumotlarning hajmlari, masalani yechishning davomiyligi, amaliy dasturlar paketlaridan foydalanishning tezligi (qaytarilish tezligi), paketdan foydalanuvchilar malakalarining xususiyatlari va masalalarni yechishning operativligiga talablar (hisoblash natijalarini kutishning yo‘l qo‘yiladigan vaqti) ulardan eng muhimlari bo‘ladilar.
Boshqaruv dasturi
Axborot bazasi
Xizmat ko’rsatish modullari
Qayta ishlash modullari
Amaliy dasturlar paketini tarkibi.
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash usullari g‘oyatda turli - tumandir,ammo paketning o‘zining qurilishi va foydalaniladigan EHM va OTlarining xususiyatlari bilan belgilaniladigan ba’zi bir namunaviy rejimlarni ajratish mumkin.
Amaliy dasturlar paketlarini qurilishi nuqtai nazaridan eng oddiy rejim paketning ayrim dasturlaridan foydalanuvchi tomonidan dasturlashning qandaydir tilida, masalan, SI da tuzilgan ba’zi bir bosh dasturning dasturchasi sifatida foydalanishdan iboratdir. Bu holda amaliy dasturlar paketlari faqat ishlab chiquvchi modullardan tashkil topadi va dasturlashda foydalanilgan til dasturlarining kutubxonasini kengaytirilishi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Amalga oshirilishning murakkabligi bo‘yicha keyingi rejim paketni aniq bajarilishi uchun barcha boshqaruvchi axborotlar paketni ishga tushirishda kirish tilida tugallangan dasturlar ko‘rinishida berilishini ko‘zda tutadi. Paketning bundan keyingi ishi foydalanuvchining ishtirokisiz o‘tadi. Bunday rejimni OTning tegishli rejimiga o‘xshatib, ko‘pincha paketli deb ataydilar. Paketli rejim ko‘pincha bir turli masalalarni kirish tilidagi bittagina dasturdan foydalanish bilan yechish talab qilingan vaqtda, har bir masalani yechishga sarflangan vaqt yetarlicha katta bo‘lganda, kirish tilidagi dastur murakkab va katta hajmga ega bo‘lganda qulaydir.
Shaxsiy EHMlarida qo‘llaniladigan ko‘pchilik amaliy dasturlar paketlari masalalarni yechishni berishida foydalanuvchi bilan dialogli o‘zaro hamkorlikka mo‘ljallangan.
Eng oddiy dialogli rejim (dialogli o‘zaro hamkorlikning varianti) foydalanuvchi paketni bajarilishini initsirovka qilishi, vazifani kirish tilidagi dastur shaklida kiritishi va bunda paketni bajarilishini boshqarilishini tugallashidan iboratdir. Amalda bu rejim paketlidan faqat KTDdagi xatolarni tuzatish, muvaffaqiyatsizlikda paketni qaytadan ishga tushirish imkoniyati bilan farqlanadi.
Dialogli rejimning, yana kuzatib borish rejimi deb atalgan murakkabroq varianti paketni bajarishning dinamik boshqarish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Boshqaruvchi axborot foydalanuvchi tomonidan qismlar bo‘yicha kiritiladi va paket bilan ishlash jarayonida orali natijalarni tahlil qilish asosida shakllantiriladi. Bunday ish ko‘pgina xollarda, xususan matnlarni tahrir qilish dasturlaridan foydalanishda, elektron jadvallar bilan ishlashda, murakkab hisoblash masalalarini yechishda foydalanuvchi uchun tabiiydir.
3. Predmetli sohaning ta’rifi va modeli. Amaliy dasturlar paketlarini qo‘llash bilan yechiladigan masalalar kiruvchi fan yoki faoliyat sohasi paketning predmetli sohasi deb ataladi. Boshqa qilib aytganda, predmetli soha paket tomonidan yechiladigan masalalar majmuasi bilan belgilaniladi. Predmetli sohaning bunday mazmunli bayoni paketdan foydalanuvchi uchun foydali axborotlarga ega, ammo u ADPni loyihalashtirish va ishlab chiqish uchun yetarlicha aniq emas.
ADPni ishlab chiquvchi predmetli sohaning ba’zi bir soddalashtirilgan tasviri bilan, predmetli sohaning ba’zi bir modeli bilan ishlaydi.
Matematik model ostida odatda ba’zi bir ob’ektlar (o‘zgaruvchanlar) va bu ob’ektlar o‘rtasidagi aloqalar (munosabatlar) ning majmuasi tushuniladi.
Amaliy dasturlar paketlari predmetli sohasining modelini masalalarni yechishda paketda foydalaniladigan ma’lumotlar (o‘zgaruvchanlar) va bu ma’lumotlar o‘rtasidagi aloqalarning majmuasi bilan berish mumkin.
Ma’lumot (o‘zgaruvchan) predmetli soha modelining bir qismi sifatida predmetli sohada uning rolini aks ettiruvchi mazmunli nomi bilan ta’riflanadi. Bunday nom foydalanuvchi uchun odatiy bo‘lgan predmetli sohaning mazmunli atamalarida belgilaniladi, masalan «Sohaning yalpi mahsuloti», «Mahsulotning nomi», «To‘g‘ridan-to‘g‘ri harajatlarning koeffitsenti». Ma’lumot nomdan tashqari, odatda noyob ism (identifikator)ga ega, undan modelni bayon qilishda foydalanadilar, mazmuniy nom esa faqat paketning foydalanuvchisi bilan aloqa uchun zarurdir. Hisoblashlar jarayonida ma’lumot boshqa ma’lumotlarning miqdorini olish uchun foydalaniladigan miqdorni oladi.
Har bir ma’lumot ma’lumotlarning belgilangan turiga tegishli. Bu yerda ma’lumotning turi ostida uning xususiyatlarining majmuasi, shu jumladan yo‘l qo‘yiladigan miqdorlarning ko‘pchiligi, ma’lumotlar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarning majmuasi tushuniladi. Ma’lumotlarning turi bilan EHM xotirasida ma’lumot miqdorlarini taqdim etish shakli bog‘liqdir.
Shunday qilib, paketda foydalaniladigan har bir ma’lumot predmetli soha modelida nomi, turi va miqdori bilan ta’riflanadi. Nom va tur ma’lumotning qayd etilgan atributi bo‘ladi, miqdor dinamik xarakterga ega. Dastlabki holatda ma’lumot miqdorga ega bo‘lmasligi mumkin (aytadilarki, ma’lumotning miqdori aniqlanmagan), hisoblashlar jarayonida ma’lumot miqdorni olishi, miqdorni o‘zgartirishi va miqdorni yo‘qotishi mumkin.
Predmetli soha modelida ma’lumotlar o‘rtasida aloqalar (munosabatlar) o‘rnatiladi. Bu aloqalarning xarakteri turli tuman va katta qismi yechilayotgan masalalarning semantikasi bilan belgilaniladi.
Predmetli soha modelida ma’lumotlarning majmuasi paketning axborot bazasidan iborat bo‘ladi. Axborot bazasidagi ma’lumotlar bir- birlari bilan bog‘langan ma’lumotlarning ba’zi bir tuzilishini tashkil qiladi. Bu aloqalarning xarakteri paketning axborot bazasini ishlab chiqishda aniqlanadi va odatda paketni faoliyat yuritishi jarayonida o‘zgarmaydi. Bunday aloqalarni belgilash bo‘yicha aloqalar deb ataymiz. Shunday qilib, belgilash bo‘yicha aloqalar - bu paketning predmetli sohasi modelini qurishda axborot bazasida o‘rnatiladigan aloqalardir.
Paketni ishlab chiquvchi modullari tomonidan amalga oshiriladigan aloqalar boshqacha xarakterga ega. Bu aloqalar belgilab berilgan va predmetli soha modelida potensial mavjud, ammo faqat aniq masalani yechish jarayonida, paket ishini borishida foydalanuvchining to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki vositali ko‘rsatmasi bo‘yicha amal oshiriladi. Bunday aloqalarni vazifaviy deb ataymiz.
Predmetli soha modelida modelning ishi (foydalanuvchi masalalarining yechilishi) ma’lumotlar miqdorini o‘zgarishi bilan beriladi. Paket ishining boshida ba’zi bir ma’lumotlarning miqdori belgilanishi (indamaslik bo‘yicha qabul qilinishi, foydalanuvchi tomonidan berilishi va kiritilishi) kerak, qolgan ma’lumotlarning miqdori noaniq bo‘ladi keyin foydalanuvchining talablariga muvofiq ba’zi bir ishlab chiquvchi modullar bajariladi, buning natijasida ba’zi bir oldin aniqlanmagan ma’lumotlarning miqdorlari olinadi yoki miqdorga ega bo‘lgan ma’lumotlarning miqdori o‘zgaradi [27].
Shunday qilib, ma’lumotlar yangi miqdorlarni faqat ikkita usulda olishlari mumkin: yoki foydalanuvchi tomonidan yangi miqdor kiritilishi natijasida, yoki ishlab chiquvchi modulni bajarish natijasida.
Ma’lumotlarning yo‘l qo‘yiladigan turlarining soni turlar ro‘yxatining o‘zi MPO va butun paketning muhim ta’riflari bo‘lishi mumkin.
Aniq miqdorlarni o‘zlashtirish usuli bo‘yicha ma’lumotlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Ma’lumotlar doimiy miqdorga ega, u paketni yuklashda belgilanishi mumkin va paketni ishlash jarayonida o‘zgarmaydi (va paketdan foydalanuvchi qo‘llash mumkin bo‘lgan vositalar bilan o‘zgartirilishi mumkin emas). Bunday ma’lumotlarga misol bo‘lib har xil jismoniy konstantlar, ma’lumotnomaviy jadval xizmat qiladilar.
Ma’lumot paketni yuklash paytida ba’zi bir qayd etilgan miqdorga (indamaslik bo‘yicha miqdor deb atalganga) ega bo‘ladi, paketni yuklashni borishida bu miqdor foydalanuvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki ishlab chiquvchi modullarni bajarilishi natijasida o‘zgarishi mumkin.
Ma’lumot foydalanuvchi ushbu ma’lumotning miqdorini belgilash bo‘yicha harakatni qilgunga qadar miqdorga ega bo‘lmaydi. Foydalanuvchining harakati, taxmin bo‘yicha ma’lumotlar miqdorlarini kiritish va ishlab chiquvchi modullarni bajarishga savollar bilan cheklanganligi sababli, ma’lumotlarning ushbu guruhidan ishlab chiquvchi modullarning hech biri bilan miqdorini hisoblab bo‘lmaydigan ma’lumotlarni ajratish mumkin. Bu ma’lumotlar faqat kiruvchi bo‘lishlari mumkin, agar masalani yechish uchun ularning miqdorlari talab qilinsa, foydalanuvchining o‘zi bu miqdorlarni berishi kerak. Bitta ma’lumotning o‘zini foydalanuvchi tomonidan yechilayotgan masalaga ko‘ra yo kiruvchi sifatida, yoki foydalanuvchining vazifasi bo‘yicha paketni ishlashida hisoblanuvchi sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan vaziyat bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, predmetli soha modelini qurishda paketda ma’lumotlarning qanday turidan foydalanilishini va miqdorlarni o‘zlashtirishning qanday usullari amalga oshirilishini belgilash, keyin ma’lumotlarning nomini tengli va har bir ma’lumot uchun uning turi va guruhini belgilash kerak.
Qisqacha xulosa. Ushbu mavzuda Amaliy dasturlar paketlari tushunchasining belgilanishi va uning vazifa buyicha tasnifi berilgan. Yana paketni tarkibiy qismlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligi. Undan tashqari, predmet sohasini tushunchasi va predmet sohasining modellari keltirilgan.
Savol va topshiriqlar
-
Amaliy dasturlar paketlari atamasi nimani bildiradi?
-
Amaliy dasturlar paketlarini turlarini aytib bering.
-
Amaliy dasturlar paketlari predmetli sohasini har xil bayonlari uchun qanday yondashishlardan foydalaniladi?
-
Amaliy dasturlar paketlarining kirish tili nima? 5. Amaliy dasturlar paketlarining asosiy tarkibiy birligi nimadan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar:
-
Гулямов С.С. Основы системного подхода в науке и технике: Учебное пособие / С.С. Гулямов, Л.В. Перегудов. – Т., 2002.
-
Информатика: Базовый курс / С.В. Симонович и др.- Санкт-Петербург: Питер, 2003.
-
Момела Девид. Бизнес перспективы информационных технологий: как заказчик определяет контуры технологического роста. - М.: МПБ “Деловая культура”, Апьпина Бизнес Букс, 2004. - 252 с.
-
Ходиев Б.Ю., Мусалиев А.А., Бегалов Б.А. Введение в информационные системы и технологии/ Под ред. акад. С.С. Гулямова. – Т.: ТГЭУ, 2002.
4.17 – mavzu: HTML tili. Web-SAHIFA YARATISH USULLARI.
Reja
-
HTML tili va uning asoslari.
-
HTML xujjatning tuzilmasi.
-
Xujjat tanasi.
Tayanch iboralar: Html, xujjat, teg, web-sahifa, sayt, portal, gipermurojaat, atribut.
1. HTML tili va uning asoslari. Internet - sayyoramiz miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining birlashmasidir. Agar kosmik stansiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini inobatga olsak internetning sayyoramiz sarhadlaridan chiqqanini ham ko‘rishimiz mumkin.
Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri WWW (World Wide Web) - bu ko‘p sonli o‘zaro bir-biriga bog‘langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan bog‘lovchi chekli gipermurojaat bo‘ladi. Gipermurojaat mexanizmini bir necha so‘z bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam buni darhol tushunadi.
Gipermurojaat butunjahon o‘rgimchak to‘ridan hujjatning URL deb nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir. Bunda bir qancha funksional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web sahifani ko‘ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va ko‘rish oynasining qanday o‘lchamda o‘rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki foydalanuvchining qanday operatsion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Foydalanuvchi o‘z operatsion muhitida qanday yozuv shriftlar o‘rnatganligi yoki uning videokartasi qancha rangni ko‘tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi malumotlarning yo‘qligi yoki yetarli emasligi umumaxborot almashish tilining paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘lishi kerak edi, lekin bunday bo‘lmadi.
Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan qog‘ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni etiborga olgan SGML (Standart Generalired Markup Language) tili yaratildi. Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi. Web sahifa uchun bu yaxshi yo‘l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko‘p vaqt ketgan bo‘lardi, shuning uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va HTML (Hyper Text Markup Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo‘l yo‘riqlar ketma – ket joylashgan bo‘ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo‘lib uni maxsus brauzer datsturlarsiz o‘qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko‘rib bo‘lmaydi chunki uning o‘rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko‘rsatuvchi TEG turadi. Agar biz o‘z Web sahifamizni yaratmoqchi bo‘lsak, albatta HTML tilini yaxshi bilishimiz kerak bo‘ladi.
HTML tili nima? Ushbu savolga mavzular davomida javob olish mumkin. WWW uchun ixtiyoriy sahifa biror oddiy matn muharriri – masalan «Bloknot» dasturi - yordamida yaratilgan alohida matn fayli ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Windows operatsion tizimida web-sahifa fayllari "htm" yoki "html" kengaytmasiga ega bo‘ladi. Bunday fayllarni yaratish uchun qo‘llaniladigan qoidalar majmuasi HTML (Hyper Text Mark-up Language-gipermatnni belgilash tili) deb ataladi. HTML formatidagi fayllarni ochish jarayonida brauzerlar teglarni talqin qilish va sahifani o‘z darchasida yaratuvchisi qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, o‘shanday qilib chiqarish imkoniga ega.
HTML standarti Web uchun yaratilgan boshqa standartlar kabi World Wide Web (World Wide Web Consortium, W3C) konsorsiumi rahbarligi ostida yaratilgan. Kerakli standartlar va spetsifikatsiyalarni, shu jumladan HTML tili uchun ham, http://www.3w.org saytidan topish mumkin.
HTML tili xaqida umumiy tushuncha va tilining teglari. HTML tilidagi boshqaruvga konstruksiyalar teglar (tegs) deb ataladi va xujjat matnga bevosita qo‘yiladi. Teg-bu belgilar (simvollar) to‘plamidir. Ularni yozish uchun burchak qavslar (“katta” va “kichik” belgilari) ishlatiladi, masalan: . Teglarni yozish sintaksisi umumiy xolda ko‘rinishga ega.
HTML tilidagi har bir teg maxsus vazifaga ega. Teglarning nomlarini yozish harflarning katta (yuqori registr) yoki kichik( quyi registr) harfi bilan yozishning ahamiyati yo‘q. Kompyuter uchun
va yozuvlarini hech qanday farqi yo‘q, ularni bir xil qabul qiladi. Ammo, Web –sahifaga joylashtirilgan matnni teglardan ajratib turishini ta’minlash uchun, ularni bosh harflar bilan yozish tavsiya etiladi.
Burchak qavslarni orasiga joylashtirilmagan hamma ob’ektlarni interpretator matn unsuri (elementi) deb tushunadi va ularni kompyuter ekranida aks ettiradi.
Odatda, HTML tilidagi bir teg xujjatning faqat bir qismiga, masalan abzatsga ta’sir etadi. Bunday xollarda ya’ni boshlovchi va tugatuvchi juft teglardan foydalaniladi. Juft teglarning ta’sir ko‘rsatish sohasi ochiluvchi teg qo‘yilgan joydan boshlanadi va yopiluvchi teg qo‘yilgan joyda tugaydi. Xizmatchi so‘zlar oldida < > (egri chiziq belgisining mavjudligi bilan yopiluvchi teg ochiluvchidan farq qiladi. Umumiy xolda ochiluvchi va yopiluvchi teglar HTML tilining dasturiy qatori(kodi) da quyidagi ko‘rinishga ega: juft teglarning ta’sir ko‘rsatish sohasi .
Ochish va yopish teglari ichidagi matn konteyner (to contain — ichiga olgan) deb ataladi. Juft teglarning yopayotganda ichma-ich joylashish qoidasiga rioya qilish kerak. Bir-birining ichiga joylashgan ikki teg uchun oddiy bir misol quyida keltirilgan:
Ushbu matnga bir teg ta’sir ko‘rsatadi.
Bu matnga esa ikki teg ta’sir ko‘rsatatdi
Ayrim teglar faqat o‘zi e’lon qilingan joyga ta’sir etadi. Bunday xolda tegni yopishga zarurat yo‘q. Ular yakka teglar deb ataladi. Agar tegning nomini yozishda xatoga yo‘l qo‘yilsa, ya’ni HTML tilida mavjud bo‘lmagan so‘z yozilsa, u hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
NTMLning barcha teglari vazifasi va ishlash sohasiga ko‘ra ushbu asosiy guruhlarga bo‘linadi:
xujjat tuzilmasini aniqlovchi teglar;
gipermatn bo‘laklari (paragraflar, ro‘yxatlar, jadvallar, tasvirlar)ni tashkil etuvchi teglar;
gipermatn murojaatlari;
dialog tashkil etish uchun shakllar;
• dasturlarni chaqirish va h.k.
Har bir teg o‘z xususiyatlari (atributlar) ga ega bo‘lishi mumkin:
...
Teglarning atributlari. Ko‘p xollarda teglar atributlardan foydalanib o‘z ta’sirlarini o‘zgartirishi mumkin. Atributlar-bu tegni to‘ldiruvchi xizmatchi so‘z bo‘lib, bir-birdan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi. Agar tegda bir necha atribut ishlatilsa, u xolda ular ham bir-biridan bo‘sh joy bilan ajratib yoziladi. Ular juft teglarda faqat ochiluvchiga qo‘shiladi. Yopiluvchi teglar hech qachon atributga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun yopiluvchi teglarga atribut qo‘shib yozilmaydi.
Atributlar va qiymatlarni yozish qoidalari:
teg nomidan so‘ng probel (bo‘sh joy) qo‘yib atributlarni boshlash mumkin;
atributlar bir-biridan probellar bilan ajratiladi;
atributlarni sanash tartibi ixtiyoriy;
atributlar yopish tegida qayta takrorlanmaydi;
atributlarning qiymatlari barobardan keyin " " qavslari ichida beriladi;
teglar nomida probellar ishlatilmaydi.
Masalan: ... va va tegining quyidagi atributlari bo‘lishi mumkin:
bgcolor – xujjat foni rangini belgilaydi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa oq, lekin turli brauzerlarda (masalan uchinchi avlodda kulrang edi) boshqacha ranglar ishlatilishi mumkin;
text – matn rangini belgilaydi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa qora rang;
link – matnda kiritilgan va hali siz chaqirmagan gipermurojaat rangini belgilaydi;
vlink – siz chaqirib ulgurgan gipermurojaat rangini belgilaydi;
vlink ning qiymati link nikidan farqlanishi maqsadga muvofiq;
alink – siz kursor ilan belgilagan gipermurojaat rangini belgilaydi;
background – fon tasvirining URL ini ko‘rsatadi;
bgproperties=fixed–fon tasviri matn bilan birga harakatlanmasligini ko‘rstadi, ya’ni matn fonga nisbatan harakatlanadi;
leftmargin – brauzer darchasining chap chekkasidan matnni qochirish kattaligini ko‘rsatadi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa 10 piksel bo‘ladi;
marginwidth – xuddi shu narsaning o‘zi, faqat Netscape uchun;
topmargin – brauzer darchasida yuqoridan matnni qochirish kattaligini ko‘rsatadi. Boshqa qiymat ko‘rsatilmasa 10 piksel bo‘ladi;
marginheight – xuddi shu narsaning o‘zi, faqat Netscape uchun;
Oxirgi ikkitasi agar siz sayt uchun yaratayotgan xujjatlarni chap va yuqori chegaralarga zich chiqarishni hohlasangiz sizga asqotadi. Agar leftmargin=0 hamda topmargin=0 deb e’lon qilmasangiz, u xolda matningiz yuqori va chap chegaralardan 10 pikselga uzoqlashadi. BGCOLOR, TEXT, LINK, ALINK va VLINK atributlarining qiymatlari yo o‘n oltilik sanoq tizimidagi RGB - qiymatda, yoki asosiy 16 rangdan biri bo‘ladi.
Masalan:
"#FFFFFF" link="#FF0000" vlink="#505050" marginheight="30" topmargin="30" leftmargin="40" marginwidth="40">
Shunday qilib, HTML xujjatning tuzilmasini tasnif qilish uchun zarur bo‘lgan teglar haqidagi to‘liq ma’lumotga egamiz. HTML xujjatning oddiy tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin:
0>0>0>