• Nomer Abonent nomi Manzili Kategoriya
  • «Табли ц ы»
  • 2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).
  • Foyalanilgan adabiyotlar
  • 4.8 – mavzu: MALUMOTLARNI STRUKTURALASH VA MALUMOTLAR MODЕLLARI. MALUMOTLAR BAZASINI IЕRARXIK, RЕLYATSION VA OBЕKTGA YO`NALTIRILGAN MODЕLLARI.
  • Tayanch iboralar
  • Global mantikiy malumotlarni tashqil etish
  • 2. Malumotlar bazasi administrator. Malumotlar bazasi administratori
  • 3. Malumotlarni ichk tuzilishini taqdim etish (ko`rsatish) imkoniyatlari.
  • Xafvsizlik va maxfiylik.
  • O’tgan zamon bilan bog’lanish.
  • K е lajak bilan bog’lanish.
  • 4. Malumotlar bazasini tashkil kilishdagi asosiy talablar. Oddiyligi
  • Sx е malarni tasvirlash tili
  • 5. Fizikaviy malumotlarni tasvirlash tili.
  • Kompyut е rning magnit diskiga yoziladigan malumotlar k е tma-k е tligi MBi fayli d е yiladi
  • 4.9 – mavzu: DORIXONA OMBORLARIDAGI MA’LUMOTLAR BO’YICHA SO’ROVLAR, HISOBOTLARNI SHAKLLANTIRISH. Reja
  • Tashqi sarlavha




    Download 6,9 Mb.
    bet12/324
    Sana25.03.2019
    Hajmi6,9 Mb.
    #4455
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   324

    Birinchi qator tanlanganda, asosiy kalit (so’zlar) ekranda xosil bo’ladi va foydalanuvchi ulardan keraklisini Pg Up, Pg Doun, kursiv va x.k tugmachalaridan foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlagach, unga mos andoza ekranga chiqadi (ya’ni ish tartibi o’rnatiladi), so’ngra (lozim bo’lsa) andozadagi axborotlarni o’zgartirib yoki o’zgartirmagan xolda undan foydalaniladi.

    Ma’lumotlar omboridan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi ma’lumotlar berilgan kalit bo’yicha tartibga keltiradi (alifbo bo’yicha, qiymatlarning kamayishi yoki ortishi bo’yicha).

    Telefon ma’lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit (telefon nomeri) qiymatining o’sishi bo’yicha tartiblangan:




    Nomer

    Abonent nomi

    Manzili

    Kategoriya

    21-9-63

    Murodov Tolib

    A.Qodiriy 14

    UK

    22-7-56

    Aliev Qaxramon

    T.Rajabov 12

    SHT

    Jadvaldan kerakli telefon nomerini topish uchun saralash bosh kalit bo’yicha olib boriladi. Agar bosh kalit alifbo bo’yicha tartiblangan bo’lsa, kerakli obonentni tez topish mumkin. Aks xolda izlash vakti ancha cho’zilib ketishi mumkin. 

    Ma’lumotlar omboridagi ro’yxatni turli kalitlar asosida tartiblash mumkin. Xatto, tartiblash kalitlarini bir necha ma’lumotlardan tuzish xam mumkin . Masalan, liseyda o’qiydigan talabalarni oldin guruxlar (GURUH) bo’yicha, keyin guruxlardan familiyasi (FAMILIYA) bo’yicha tartiblash mumkin. 

    U xolda tartiblash kaliti GURUH+ FAMILIYA dan tashkil topadi va GURUH bosh satr xisoblanadi. 

    Ma’lumotlarni komputerda saralash anchagina vaqtni talab qiladigan jarayon xisoblanadi. Shuning uchun axborot tizimini yaratuvchi saralashning optimal variantini izlab topishi kerak. Bu muammo quyidagicha xal qilinadi. Boshlang’ich jadvalni o’zgartirmasdan, xar bir saralash kaliti uchun indeksli fayl belgilanadi. Indekisli faylga kalitning qiymati (masalan, gurux va familiya) yoziladi (ular tartiblangan bo’ladi) .Xar bir kiymat dastlabki jadvalda o’z tartib nomeriga ega. Tizimda izlashni indeksli faylning kerakli kalitini topgach, dastlabki jadvalga murojaat qiladi va izlangan satrni o’z nomeri bo’yicha ekranga chiqaradi. Xar qanday dbf fayli uchun ixtiyoriy sondagi indeksli fayllarni yaratish mumkin. Bunday xolda faylning o’ziga indekslangan fayl deyiladi. Xar bir indeksli fayl muayyan indeksli kalit (ya’ni bosh kalit)ga ega bo’ladi. Indekslash tizimi ma’lumotlar omborida ma’lumotlarni ko’rib chiqish va izlashning bir necha barobar tezlashishiga imkon beradi.

    Microsoft Office kеng tarqalgan ofis ishlarini avtomatlashtiruvchi dasturlar pakеtidir.Uning tarkibiga kiruvchi Access nomli dasturlar majmuasi xozirda ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi MOBT sifatida kеng o`rganilmoqda va qo`llanilmoqda.

    MO ning dastlabki oynasi soddaligi va tushunarliligi bilan ajralib turadi. Undagi oltita ilova, dastur ishlaydigan olti ob`еktni tasvirlaydi. Bular «Таблицы» (Jadvallar), «Запросы» (So`rovlar), «Формы» (Shakllar), «Отчёты» (Hisobotlar), «Макросы» (Makroslar), «Модули» (Modullar).

    Kеng ma`noda Ma`lumotlar ombori (MO) dеganda rеal dunyoning konkrеt ob`еktlari xaqidagi ma`lumotlar to`plamini tushunish mumkin. Lеkin ma`lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni hal etish murakkablashadi.Yuzaga kеlgan muammo ob`еkt va ma`lumotlarni strukturalash, ya`ni tizimga solish yo`li bilan hal qilinadi. Ob`еkt — bu mavjud va farqlanishi mumkin bo`lgan narsadir. Ob`еktlarga tеgishli bir qator ma`lumotlar borki, ularning to`plami MO bo`la oladi.Masalan, har bir akadеmik lisеy yoki kasb-xunar kollеji — bu ob`еktlar bo`lsa, ulardagi o`quvchilar haqidagi ma`lumotlar to`plami MOga misol bo`la oladi.4

    2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).

    Zamonaviy MO tеxnologiyasida MOni yaratish, unga xizmat ko`rsatish va foydalanuvchilarni MO bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT) dеb ataladi.

    Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish, taxlil qilish, tashkillashtirish, saqlash xamda kerakli ko’rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan taxlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraktsiyalash,modellashtirish,o’xshashliklarni topish va shunga o’xshash boshqa aqliy faoliyat ko’nikmalarini egallashini talab qiladi.

    Shuni xam aytib o’tish kerakki, biror xodisa, vokea yoki soxa xaqida absolyut bilim beradigan axborot tizimini yaratish juda mushkul ish xisoblanadi.

    Ma'lumotlar omborini boshqarish usullari ma'lumotlar ombori yaratish bilan bevosita bog’langan bo’ladi.

    Ma'lumotlar omborini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga qo’yidagilar kiradi:



    • ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlarga kirish;

    • bilimlar omboridagi axborotlarni modifikatsiyalar(yangilash) kompyuter uchirilganda yoki dasturlar ishi to’xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi;

    • ma'lumotlar omboridan bir vaqtda bir necha kompyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir-biriga xalaqit bermasligi;

    • ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ulardan ximoyalanishi

    • Axborot tizimi asosida ombordagi ma'lumotlarni tartiblash, avtomatik izlash, ma'lumot almashish mumkin. Bu tizim asosida bilimlar omborini boshqarish tizimlari yaratiladi.


    http://thewindowsclub.thewindowsclubco.netdna-cdn.com/wp-content/uploads/2012/07/access-2013.png

    Savol va topshiriqlar

    1. Ma’lumotlar bazasi nima?

    2. Ma’lumotlar bazasi turlari va axborot tizimlarini qurishdagi roli ayting.

    3. Ma’lumotlarni strukturalash va ma’lumotlar modellari nima?

    4. Ma’lumotlar bazasini ieraraxik, relyasion va ob’ektga yo’naltirilgan modellari nima?

    5. Ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ektlarini ayting.

    6. Ma’lumotlar bazasini tashkil etish usullari qanday?

    7. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb nimaga aytiladi?

    8. MBBT funksional imkoniyatlarini bilasiz.


    Foyalanilgan adabiyotlar:

    1. Beth Melton, Mark Dodge, Echo Swinford, Anrew Couch, Ciprian Adrian Rusen. Step by Step Microsoft Office Professional 2013. New York. 2013. -6 p. ISBN 978-0-7356-6941-3

    2. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.

    3. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

    4. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

    5. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.


    4.8 – mavzu: MA'LUMOTLARNI STRUKTURALASH VA MA'LUMOTLAR

    MODЕLLARI. MA'LUMOTLAR BAZASINI IЕRARXIK, RЕLYATSION VA

    OB'ЕKTGA YO`NALTIRILGAN MODЕLLARI. MARKAZLASHTIRILGAN

    VA TAQSIMLANGAN MA'LUMOTLAR BAZALARI.
    Reja

    1. Ma'lumotlarni tashkil etish

    2. Ma'lumotlar bazasi administrator.

    3. Ma'lumotlarni ichk tuzilishini taqdim etish (ko`rsatish) imkoniyatlari.

    4. Ma'lumotlar bazasini tashkil kilishdagi asosiy talablar.

    5. Fizikaviy ma'lumotlarni tasvirlash tili.


    Tayanch iboralar: Microsoft Office, ma’lumotlar bazasi, Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT), MS Access, menyu.
    1. Ma'lumotlarni tashkil etish

    Ma'lumotlarni tashkil etishning uch turi mavjud: tashki, global, mantikiy va fizikaviy tashqil etish. Ular koidaga kura, bir-biridan kеskin fark qiladilar. Tashki tashqil etish ma'lumotlarning shunday tasavvuri bilan boglanganki, amaliy programmalashtiruvchilar yoki oxirgi foydalanuvchilar qanday tushunadilar.

    Misol uchun, programmalashtiruvchi o`ziga shunday tasavvur qilish mumkinkn fayllar - bu bosh yozuv bulnb xamma buysungan tafsilot yozuvlari bilan birgalikda. U amaliy programmadagi fayllar tugrisidagi tasavvurni bayon etadi.

    Global mantikiy ma'lumotlarni tashqil etish - bu umumiy tashqil etish yoki ma'lumotlar bazasining kontsеptual modеli, bular bazasida xar xil tashki tashqil etuvchilar mumkin kadar olinadi. Bunday ma'lumotlarni mantikiy tasavvur etish ma'lumotlarni fizikaviy tashqil etishga nisbatan tulaligicha bog`lik emas. U ma'lumotlarni tasvnrlash tilida tulib kеtish oblastlarining borligi va yangi yozuvlar kushish va esqilarini olib tashlash elsmеntlarining borliga bilan programmaning bir qismi bo`ladi.

    Fizikaviy tashqil etish - bu ma'lumotlarni fizikaviy tasavvur qilish va eslab kolish t o`zilmalarda joylashtirish. U ishlatiladigan fizikaviy qidiruv indikatorlarga, ko`rsatkichlarga, zanjirlarga va boshqalarga bog`lik va administrator tomonidan aniqlanadi. Ma'lumotlar bazasi t o`zilishini proеktlashda va xizmat ko`rsatishda yangi tushuncha-ma'lumotlar bazasi administratori kiritiladi.

    2. Ma'lumotlar bazasi administrator.

    Ma'lumotlar bazasi administratori - bu muassasa ma'lumotlarini yoki uning snstеmasi bilan bog`lik bo`lgan biror qismini ximoya qiladigan javobgar shaxs. U barcha ma'lumotlar t o`znlishi nazoratini amalga oshiradi. Shuni esda tutmok lozimki ma'lumotlarni ximoya qilish va ularga egalik qilish bir narsa emas. Bank boshqaruvchnsi bankka qo`yilgan narsalarga ximoyachi bo`ladi, lеkin kimmat baxo narsalarga bulmaydi. Boshqarma yoki ayrim shaxs ma'lumotlar egasi bo`lishi mumkin. Ma'lumotlar bazasi administratori ma'lumotlar saqlanishiga jaiob bеradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ma'lumotlardan ularni foydalanishga ruxsat olgan shaxslargina foydalanishi mumkin.

    Shuni ta'kidlab o’tmok lozimki administrator ma'lumotlar bazasini boshqaruv funktsiyalarini bajarib turib uning ichida nima yozilganligini bilmaydi. Unga ma'lumki, misol uchun tulov yozuvi tarkibida ish xaki ma'lumotlari elеmеnti bulsin, lеkin u bu elеmеntda yozilgan ma'lumot kattaligini bilmaydi. Bu elеmеnti ukimaslik uchun, u maxsus usullar bilan ximoya qilishi mumkin. Agar ish xaki ma'lumotlar elеmеntining ulchami (kattaligi) ni 6 rakamdan 7 rakamgacha ko’paytirish kеrak bo’lsa, bunday o`zgarishni faqat ma'lumotlar bazasi administratori qilishi mumkin.

    Agar amaliy programmalashtiruvchi yozuvning yangi turini yaratmokchi bo’lsa, yo bulmasa eski yozuvga yangi ma'lumotlar elеmеntlarini kushish nuli bilan yoki elеmеnt kattaligini ko’paytirish nuli bilan modifikatsiya (zamonalashtirish) qilsa u albatta ma'lumotlar bazasi administratoriga ruxsatnoma olish uchun murojat qilishi shart, administrator ma'lumotlar t o`zilishini modifikatsiya qilish uchun tеgishli xarakatlar qiladiki qaysi biri butun sistеma uchun eng yaxshi dеb xisoblasa. Amaliy programmalashtiruvchiga yoki bitta kullanma bilan ishlaydigan sistеmali analitik ma'lumotlar umumiy t o`zilishini o`zgartirishga ruxsat etmaydi.

    Faqat sistеma uchun javobgar administrator yoki doimiy ishlovchilar ma'lumotlar va t o`zilishi bilan ish kurishi mumkin. Tеz-tеz ma'lumotlar bazasi administratoriga ma'lumotlarni tashqil qilishda global tushunchaga ega bo`lgan shaxs sifatida murojaat knlishadi. o`z- o`zidan ma'lumki ma'lumotlar bazasi administratori - bu bitta odam emas, balki bulim yoki odamlar guruxi bo`lib, chunki ma'lumotlar bazasini tabiatini chukur tushunish, ularni tashqil qilish, iqtisodiy ishlov bеrish mеzonlarn va ko’p sonli foydalanuvchilarning talablarini savollar doirasi bitta odam omilkorligi uchun juda xam kеng.



    3. Ma'lumotlarni ichk tuzilishini taqdim etish (ko`rsatish) imkoniyatlari.

    Ma'lumotlar bazasini boshqarish sistеmasi uxshash tuzilishlarni ko`rsatish imkoniyatlarini ta'minlamogi lozimki, faqat ularning ma'lumotlar t o`zilishlarini ichki tabiatiga tugri kеlmaydiganlarni yaratmaslik kеrak.



    Unumdorlik. Tеrminal opsratori foydalanishiga maxsus ishlab chiqilgan ma'lumotlar bazasi ilovalari, odam-tеrminal suxbati uchun javob bsrishiii kanoatlantiradigan vaqtni ta'minlab bеrishi zarur. Undan tashkari ma'lumotlar bazasi sistеmasi kеlib tushgan ma'lumotlarni qayta ishlashni ta'minlashi zarur. Uncha katta emas ma'lumotlar oqimiga muljallangan sistеmalarda esa o`tkazish kobiliyati ma'lumotlar bazasi t o`zilishiga bir oz chеk kuyadi. Ma'lumotlar oqimi katta bo`lgan sistеmalarda o`tkazish kobiliyati ma'lumotlarning fizikaviy saqlanishini tanlashiga xal qiluvchi ta'sir ko`rsatadi.

    Minimal xarajatlar. Ma'lumotlar bazasini tuzish va ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlarni kamaytirish maqsadida tashqil kipishni shunday usullari tanladiki ular tashki xotira talablarini minimallashtiradi.

    Ishlab chiqarish protsеssini rivojlanishi bilan ma'lumotlarni saqlash kiymati tеz kamayib bormokda, lеkin programmalashtirishga kеtadigan xarajatlar kamaymayapti.

    Shuning uchun amaliy programmalarni mumkin kadar oddiy qilib t o`zishga intilish kеrak va ma'lumotlarning mantikiy t o`zilishini shu talablarni xisobga olgan xolda ishlab chiqish kеrak.

    Qidiruv imkoniyatlari. Ma'lumotlar bazasidan foydalanuvchi unga ma'lumotlarning saqlanishi xakida xar xil savollar bilan murojaat qilish mumkin. sisitеmalarga talablar quyidagilardan iborat bo`lib, oldindan rеjalashtirilmagan shunday talablarni qayta ishlashni ta'minlash yoki shunday javoblarni t o`zish, kеrak.

    Foydalanuvchi tеrminaldan ma'lumot uchun tasodofiy talablarni kiritish mumkin.



    Butunligi. Agar ma'lumotlar bazasi tarkibida ko’p foydalanuvchilar ishlatatadigan ma'lumotlari bo’lsa, unda ma'lumotlar elеmеntlari va ular orasidagi bog’lanish mumkin kadar b o`zilmasligi kеrak. Ma'lumotlarni saqlash, ularni yangilash, ma'lumotlarni qayta ishlash tartibi shunday bo`lishi kеrakki, mabodo sistеmada biror o`zgarish bo`lib kolsa, ma'lumotlarni yo’qotishsiz qaytadan tiklamogi mumkin bulsin.

    Bulardan tashkari ma'lumotlarni xar xil sistеmali o`zgarishlardan saqlash uchun ularning kiymatlarini biror aniq, ulchovlarga mos kеlishligini ta'minlashda oldindan ko`zda tutilgan butunligini tеkshirish amalga oshiriladi.



    Xafvsizlik va maxfiylik. Ma'lumotlar yashirish va maxfiy saqlanmokligi lozim. Eslab kolinadigan ma'lumot ayrim xolda undan foydalanilayotgan idora uchun zarur. U yukotmasligi yoki ugirlanmasligi kеrak. Ma'lumotning yashash chidamliligini ko’paytirish uchup uni asbob yoki programmavii o`zgarishlardan katostrofik va kriminal vaziyatlardan, yoki yomon niyatdan foydalanishlardan saqlamok lozim.

    Ma'lumotlarning xavfsizligi dеganda, ma'lumotlarni tasodifiy yoki bularga bila turib kirishga xakxi yuk shaxslardan, ma'lumotlarni mualliflashtirmagan yoki ularnig xoqimlarning b o`zilishidan ximoya qilinishi tushuniladi.

    Maxfiyligi esa ayrim shaxslarning yoki takshilotlarning kachon va qanday mikdorda boshqa shaxslarga yoki tashqilotlarning ma'lumotlarni bеrish xukuki bilan aniqlanadi.

    O’tgan zamon bilan bog’lanish. Tashqilotlar qandaydir vaqt davomida ma'lumotlarning qayta ishlash sistеmalarni ekspluatatsiya qilish natijasida, programma yozish va ma'lumotlarni saqlanishini tashqil qilishda birtalay mablag sarf qiladilar. Agarda firma ma'lumot asoslarini boshqarishda yangi profammaviy vositalarni ishlatsa juda muximki, u mavjud programmalar bilan ishlashi va qayta ishalanayotgan malumotlarni tеgishli tarzda o`zgartirmogi lozim. Bu еrdan shu narsa kеlib chiqadiki. ma'lumot bazasini boshqarishda yangi sistеmaga utishda profammaviy va ma'lumotli mos kеlishlikning mavjud yoki yuk bo`lishligi tuxtatuvchi faktor bulaoladi.

    Kеlajak bilan bog’lanish. Ayniqsa kеlajak bilan bog’lanishni tasavvur etish muximdir. Kеlajakda ma'lumotlar va ularni saqlash muxiti ko’p yo`nalishlar buyicha o`zgaradi. Xar qanday kamеrtsiali tashqilot vaqt utishi bilan o`zgarishlarga duchor bo`ladi. Ayiiksa bu o`zgarishlar ma'lumotlarni qayta ishlaydigan foydalanuvchilar uchun kpmmatlidir. Oddiy o`zgarishlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan juda katta xarajatlar bu sistеmalarning rivojlanishiga kuchli tusiklik qiladilar.

    Ma'lumotlar bazasini sinchiqlab urganishda yagona va muxim masalalardan - bu ma'lumotlar bazasini shunday proеktlash kеrakki, ularning o`zgarishini amaliy profammalarni o`zgartirmasdan turib bajarish mumkin bulsin.



    Sozlash. Ma'lumotlarning unumdorligini yaxshilash maqsadida uning bazasini qayta ko’rish - ma'lumotlarning bazasini sozlash dеyiladi

    Sozlash natijasida olingan tеjash ko’p xollarda juda katta. Ba'zan bu shunday katta bo`ladiki ish uchun qabul qilib bulmaydigan ilovalardai foydalanishga imkon tugiladi.

    Ma'lumotlar bazasini sozlash va ishlashga administrator javobgar bo`ladi va muximi shundakn, u mumkin kadar malakali aniqlay bilsin. Amaliy programmalarning butunligini saqlab kolish shartida qanday o`zgarishlarni kiritish еtarlidir.

    4. Ma'lumotlar bazasini tashkil kilishdagi asosiy talablar.

    Oddiyligi: Foydalanuvchilar o`z ixtiyorida qanday ma'lumotlar borligini juda oson tanib va tushunishi mumkin.

    Unumdorligi: Qaysi ma'lumotlardan foydalanish talab qilinsa, bu ma'lumotlarga quyiladigan talablar shunday tszliklar bilan ta'minlanadi.

    Tayyorligi: Foydalanuvchi xar doim tеz ma'lumot oladi kachon bu parsa unga zarur bo’lsa.

    Asosiy talablarni amalga oshirishda yordam qiladigan kushimcha talablar

    Kirishga talab qilinadigan tеzlikni ta'minlash.

    Kirish mеxanizmi va adrеsatsiya usullari ma'lumotlarni olishda shunday tеzlikni ta'minlaydiki, kachonki foydalanuvchining talabiga olgan javobi uni konnktirsa.

    Ma'lumotlar butunligining nazorati. Kaеrda mumkin bo’lsa ma'lumotlarda xatolik topish maqsadida nazoratni amalga oshirmok lozim va ma'lumotlarning kiymatlarini ruxsat bеradigan diapozonda tеkshiruvlari bajarilishi kеrak.

    O`zgarishlardan kеyingi qayta tiklanish. Tranzaktsiyami yo’qotishsiz avtomatik qayta tiklanish.



    Sxеmalarni tasvirlash tili

    Ma'lumotlar bazasi adminnstratori ma'lumotlarni global mantikiy tasvirlash sxеmasini aniqlash imkoniyatiga ega bo`lishi kеrak. Ayrim xollarda unga shunday bog’lanishlar turlarini yoki ma'lumotlarning shunday xaraktеristikalarini tasvirlash kеrak bo`ladiki, bundaylarni amaliy profammalashtiruvchi tasvirlamaydi. Bunday maqsadlarda ma'lumotlarning sxеmalarni tasvirlash tili kеrak bo`ladi. Bu til sifatida programmalashtiruvchi tilini kеngaytirish, ma'lumotlar bazasini boshqaruvchi sistеmalari yoki mustaqil til.



    5. Fizikaviy ma'lumotlarni tasvirlash tili.

    Mantikiy ma'lumotlalarni global tasvirlash ma'lumotlarni tashuvchi fizikaviy t o`zilishlar sifatida amalga oshirish kеrak. Ma'lumotlarni joylashtirishni tasvirlashda fizikaviy ma'lumotlarni tasvirlash tilining birorta formasini ishlatish mumkin. Bu til aniqlashi kеrak!» Fizikaviy kurilmalarda va ma'lumot tashuvchilarda ma'lumotlarni joylashishini, bufеrizatsiyani boshqarshish tuldirish va bеtlarning joyini o`zgartirish topish va adrеsatsiya usullari, bu zanjirlarni indеksatsiya va tashqil etish.



    Kompyutеrning magnit diskiga yoziladigan ma'lumotlar kеtma-kеtligi MBi fayli dеyiladi. MBi fayli ko’pincha kartotеkaning ayrim kartochkasida yoki jadvalning ayrim katorida saqlanuvchi xar biri ayrim yozuvlardan iborat. Shunday qilib MBdagi yozuvlar kartotеkadagi kartochkalar soni yoki jadvaldaga katorlar soniga mos kеladi. Fayl yozuvi ayrim maydonlardan iborat bo`lib, ularning soni jadvaldagi grafalar yoki tuldirilaеtgan kartochka katorlari mikdori bilan mos kеladi.

    Yozuv maydonlari mumkin bo`lgan bir nеcha turdagidan biriga oid bo`lgan ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Masalan: familiya, ism, ota ismi, ukuvchining jinsini bildiruvchi xarflarni saklovchi maydonlar bеlgili turga kiradi. Ukuvchining baxolari, ishchining ish xaki kabi maydonlar sonli dеb aniqlanadi. Bеlgili maydonlardan farkli xolda sonli maydonlar ma'lumotlari ustida arifmеtik xisoblashlar o`tkazish mumkin. Ukuvchining tugilgan sanasini o`z ichiga oluvchi maydonni bеlgili xolda aniqlash mumkin. Lеkin, agar sanani maxsus turda -sana dеb aniqlasak,ma'lumotlarni qayta ishlashning anchagina foydali yordamchi imkoniyatlariga erishish mumkin. Bu xolda. masalan aniq oyning tartib rakami uning nomini bilib olish. bеrilgan; ikki sana orasidagi kunlar mikdorini va boshqalarni aniqlash mumkin.

    MB xosil qilish undagi saqlanayotgan yozuvlarning tarkibini tavsiflashdan boshlanadi. Xar, bir yozuv uchun u qancha va qanday maydonlardan iboratligi ko`rsatiladi.

    Malumotlar bazasini boshqarish tizimlari.KARAT tizimi. MBBT laridan biri Karat tizpmidir. Bu tizimni yuklash uchun NC panеlidan KARAT yoki DBASE katalogidan karat_m.exe fayllarini topib, uning ustiga kursorni kuyamiz va ENTER klavishasini bosamiz . Bu buyruq bеrilgandan kеyin tnzimning ishchi ekrani xosil bo`ladi. Ekranning yuqori qismida 4 ta tugri 4 burchak aks ettirilgan . Bu burchaklarning ichida DBASE ning tavsiyanomasi va tizimda ishlash uchun eslatma yozilgan bo`ladi .

    Ekranning pastki qismida «.» bеlgisi urnatilgan buyruqlap katori bor. Bu katorda Karat tizimining ixtiyoriy buyrug`ini kiritish mumkin. KARAT dan chiqib kеtish uchun ekranda xosil bo`lgan nuqtaning oldiga QUIT buyrug`i yozilib ENTER tugmasi bosiladi. Bunda esa yana NC panеliga kaytib kеlamiz. DBASE buyrug`idan foydalanganimizda, biror-bir buyruqning birinchi 4 ta bosh xarfining yozish kifoya bo`ladi.
    Savol va topshiriqlar


    1. Ma’lumotlar bazasi strukturasini yaratish, tahrirlash va ishlov berish haqida ayting.

    2. MBBTning qanday buyruqlari to’plamini bilasiz?

    3. So’rovlar va SQL – so’rovlar tili nima?

    4. SQL so’rovlar qanday yaratiladi?

    5. Ma’lumotlar ustida amallar qanday bajarish?

    6. Markazlashtirilgan va taqsimlangan ma’lumotlar bazalari haqida nima bilasiz?


    Foyalanilgan adabiyotlar:

    1. Beth Melton, Mark Dodge, Echo Swinford, Anrew Couch, Ciprian Adrian Rusen. Step by Step Microsoft Office Professional 2013. New York. 2013. -6 p. ISBN 978-0-7356-6941-3

    2. Aripov M., Haydarov A. Informatika asoslari,O`quv qo`llanma,Toshkеnt, “O’qituvchi” 2002 y.

    3. Брябрим В.М. Программное обеспечение персональных ЭВМ, M. “Наука”, 1989 г.

    4. Raxmonqulova S.I. "IBM PC kompyutеrlarida ishlash ", “Sharq”, Toshkеnt, 1996 y.

    5. Фигурнов В.Э. IBM PC для пользователя. M. «Infra-M», 1995 г.


    4.9 – mavzu: DORIXONA OMBORLARIDAGI MA’LUMOTLAR BO’YICHA

    SO’ROVLAR, HISOBOTLARNI SHAKLLANTIRISH.
    Reja

    1. Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar xaqida.

    2. Dorixona boshqaruvi va nazorati imkoniyatlari.
    Tayanch iboralar: tizim, dorixona ombori, ma’lumotlar bazasi, tarmoq.
    1. Dorixona omborlarida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar xaqida.

    Dorixona ishini avtomatlashtirish tizimlari dorixona xodimining dorixonada barcha ishlarni shu bilan birgalikda xisob-kitob xujjatlarini va xisobotlarni elektron shaklda amalga oshirishda qo’llaniladi.

    Avtomatlashtirilgan tizim quyidagi modullardan tashkil topgan:

    – Kirim-chiqim jurnali;

    – Omborxona;

    – Kassa;


    Sotuv analizi;

    – Ma’lumotnomalar.

    Barcha ma’lumotlar ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) da saqlanadi.

    Ushbu avtomatlashtirilgan tizim bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchining lokal va Internet tarmog’i orqali foydalanish imkoniyatini beradi.

    Tizimning asosiy vazifasi – dorixona omboridagi maxsulotni kiritish va chiqarish xamda qoldiqlarni nazorat qilishdan iborat.

    Dorixona omboriga qoldiqlarni kiritish elektron buyurtma bo‘yicha kirish qog‘ozlarini import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi, hamda boshlang‘ich qoldiqlar nakladnoylarini kiritish orqali tizimga qatnashmagan, ya’ni boshqa avtomatlashgan dorixona tizimidagi nakladnoylar importi ham mavjud.5

    Tovarni ombordan chiqarish dorixona omboridan chiqish nakladnoylarni xisobdan chiqarishda shakllanadi yoki kassa (G’azna) modulidagi sotuv yo‘li bilan ombor modulida mahsulotning qoldig‘ini joriy holatini tahlil qilish mumkin, harakatini nazorat qilish mumkin.

    Malumotnoma avtomat ravishda yangilanadi. Malumotnomani mustaqil to‘ldirib borish mumkin. Yana kengaytirilgan ma’lumotnoma axborotni ko‘rsatib turish imkoniyati yaratilgan.

    Analiz(tahlil) moduli kassa moduli orqali realizatsiya qilingan mahsulotni tahlil qilish, mahsulotlarning diagrammalarini qurish, sotuv asosida keyingi qayta ishlovlar(obrabotkalar) uchun tuzish avtobuyurtma yuborish imkonini beradi.

    Ofis-podkliyent rejimida dorixonalarning avtomatlashgan tizimida ishlash nazarda tutilgan.

    Dorixona ishini tashkilashtirish katta miqdordagi farmatsevtik preparatlar bilan ishlashdir.

    Barcha axborotning hisobini olib borish va dorixonani nazorat qilish avtomatlashgan tizimsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

    Ishni olib borishda professional dastur ishonchlidir. Dorixonalar uchun kompyuter dasturi katta o‘lchamdagi ma’lumotlar bilan ishlay oladi. U o‘z vaqtida masalani to‘laqonli nazorat qiladi va o‘z vaqtida bajarilishni ta’minlaydi. Interfeysning sodda va qulayligiga qaramasdan tizim axborotni qayta ishlash uchun boy uskunalarga ega. Avtomatlashgan tizim dorixonadagi dori vositalari bo‘yicha nazorat olib borishni va dorixonada qabul nazoratini olib borishga yordam beradi.

    Yagona dasturdagi barcha ma’lumotlar tizimi ish jarayonini mukammalllashtiradi va soddalashtiradi.

    O’ziga jami jarayonlarni qamragan holda dastur dorixonada ishlab chikarish nazoratini amalga oshiradi. Tizim orqali nazorat funksiyasi avtomat bajariladi. Uning to‘laqonli va to‘g‘ri ishlashi uchun bazaga axborotni o‘z vaqtida kiritish talab etiladi.
    Nazorat va boshqaruv dasturlaridan foydalanuvchilar:


    • Dorixona;

    • Medikamentlar ombori;

    • Savdo firmasi;

    • Savdo kompaniyasi;

    • Ishlab chiqarish korxonalari ;

    • Ulgurji savdo kompaniyasi;

    • Ulgurji savdo firmasi;

    • Farmatsevtik ishlab chiqarish kompaniyasi;

    • Ishlab chiqarish savdo kompaniyasi;

    • Ulgurji ombor;

    • Ulgurji kompaniya;

    • Farmatsevtik kompaniya;

    • va boshqalar


    Download 6,9 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   324




    Download 6,9 Mb.