Talabaning mustaqil ishi (TMI).
Toshkent farmatsevtika institutining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va nazorat” to’g’risidagi Nizom O’zbekiston Respublikasi OO’MTVning 2005 yil 21 fevral 34 –buyrug’i bilan tasdiqlangan Namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan.
Talabaning mustaqil ishi o’quv rejasida muayyan fanni zlashtirish uchun belgilangan o’quv ishlarini ajralmas qismi hisoblanadi, kafedrada u uslubiy va axborot resurslari jihatidan ta'minlanadi. Talabalarning mustaqil ishi reyting tizimi talabalari asosida nazorat qilinadi.
Talabaning xaftalik mustaqil ishining umumiy xajmi 72 soatni tashkil qiladi.
O’quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. (Ilova 1)
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning mavzular xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
– darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
– tarqatma materiallar bo’yicha ma'ruzalar qismini o’zlashtirish;
– avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
– maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
– yangi texnologiyalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish;
talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan boqliq boshlagan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish:
– faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish masofaviy ta'lim.
TMI ning o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal ball 5.
O’zlashtirish, %
|
Ballar
|
Baho
|
86-100
|
5
|
“5” a'lo
|
71-85
|
4
|
“4” yaxshi
|
56-70
|
3
|
“3”qoniqarli
|
55 dan kam
|
3 dan kam
|
“2” qoniqarsiz
|
Oraliq nazorat.
OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi yoki qismi bo’yicha mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng, talabaning nazariy bilimlari bahqolanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish qobiliyati aniqlanadi.
OB ikki marta kalendar rejaga asosan o’tkaziladi. OBga o’quv mashg’ulotlaridan qarzi bo’lmagan talabalar qo’yiladi.
OB da talabaning o’zlashtirishi quyidagicha baholanadi. Maksimal 20 ball.
O’zlashtirish, %
|
Ballar
|
Baho
|
86-100
|
17-20
|
“5” a'lo
|
71-85
|
14 – 17
|
“4” yaxshi
|
56-70
|
11– 14
|
“3”qoniqarli
|
56 dan kam
|
11 dan kam
|
“2” qoniqarsiz
|
OB kafedra majlisi qarori bilan yozma ish, test shaklida o’tkazilishi mumkin. OB bo’yicha belgilangan maksimal reyting balining 11 dan kam ball to’plagan talaba YaBga qo’yilmaydi.
Yakuniy nazorat.
YaB da talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaB fan bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tugaganidan so’ng o’tkaziladi.
JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to'plagan talabaga YaB ga ishtirok etishga uquq beriladi.
YaB o’tkazish shakli – test, yozma ish shaklida, Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.
JB, OB va YaB turlarida fanni o’zlashtira olmagan (56 dan kam ball to’plagan) yoki uzrli sabablar bilan nazorat turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga qyidagi tartibda qayta nazoratdan o’tishga ruxsat beriladi:
qoldirilgan amaliy mashqulot kelgusi darsga qadar guruh o’qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3 ta mashg’ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi;
OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va bali koeffitsientsiz qayd etiladi;
semestr yakunida fan bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan talabaning o’zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.
akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o’zlashtirish uchun – 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida o’zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyruqi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga o’quv yili yakunlari bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir).
10. ASOSIY DARSLIKLAR VA O‘QUVQ’LLANMALAR RO’YXATI
Asosiy
-
Philip O.Anderson, Susan M.McGuinness, Philip E.Bourne. Pharmasy Informatics. USA 2010.
-
Stephen Goundrey-Smith. Information Technology in Pharmacy An Integrated Approach. USA 2012.
-
Beth Melton. Mark Dodge. Echo Swinford. Andrew Couch. Microsoft office Professional 2013step by step. USA 2013.
-
Edward H. James J. Biomedical Informatics. Fourth edition. Springer-Verlag London 2014. Н.В. Mакарова. Информатика. Toшкент 2005й.
-
M.M.Aripov, J.U.Muxammadiеv. «Informatika, informatsion tеxnologiyalar»,Toshkеnt. 2005y.
-
Ф.М.Зокирова «Информатика и информационные технологии»Тошкент-2007 y.
-
М.Aripov, B.Begatov va boshqalar”Axborot texnologiyalari” Toshkent-2009
-
М.М. Арипов, Ж.Ў.Мухаммадиев “информатика, информацион технологиялар” Тошкент-2004 й.
Qo`shimcha adabiyotlar
-
Sattorov А. Ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi. T.:Fan va texnologiya, 2006. 302-bet.
-
Нишонбоев Т.Н. Windows, Word ва Интернет тизимларида ишлаш. «Академия», Ташкент, 2002. 110-bet.
-
Hoshimov O.O., Tulyaganov M.M. Kompyuter va raqamli texnologiyalar Toshkent yangi asr avlodi-2009. 103-bet.
-
Karimov A. Microsoft Access bilan dastlabki tanishuv.TDYI-2005. 79-bet.
-
Закиров Ф. Информатика и информационные технологии Т.: Алокачи, 2007. 175-bet.
-
Samigova N., Sunatova D., Abduraxmonov B., Temirova B. Mathcad tizimida matematik masalalarni yechich.
-
S.S Qosimov “Axborot texnologiyalari” Toshkent-2006 y.
-
M.Aripov va boshkalar. «Informatika va xisoblash tеxnikasi asoslari»,oliy uquv yurtlari uchun, TTDU, 2002 y.
-
T.S.Safarov, Sh.U.O`roqov, R.R.Baxromov “Informatika va axborot tеxnologiyalari.” Toshkent-2006 y.
-
Информатика. Ахборот технологиялари (ўқув қўлланма) 1-қисм Тошкент-2002й.
II. «INFORMATIKA» fani bo`yicha 2016-2017 o`quv yili uchun mo`ljallangan
SILLABUSI
Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Toshkent farmatsevtika instituti
|
Oybek ko`chasi, 45
|
Kafedra:
|
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari
|
Sanoat farmatsiyasi fakulteti tarkibida
|
Ta’lim sohasi va yo`nalishi:
|
5510500 – Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
5111039 – Kasb ta’limi (Farmatsiya)
5510600 – Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
5320500 – Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha)
|
Bakalavriat bosqichining farmatsiya, kasb ta’limi, sanoat farmatsiyasi, metrologiya, biotexnologiya yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan
|
Fanni (kursni) olib boradigan o`qituvchilar to`g`risida ma’lumot:
|
k.f.n. katta o’qituvchi XURRAMOVA Ra’no Ibragimovna
k atta o’qituvchi SAMIGOVA Nodira Xabibullaevna
o’qituvchi
BAYDULLAYEV Abduraxmon Serikovich
o’qituvchilar
QODIROVA Gulchexra Aliaskarovna
|
e-mail:
|
rano.huramova@mail.ru
samigova1972@mail.ru
baidullaev_a@mail.ru
gulchekhra_71@mail.ru
|
Dars mashg`ulotlarini o`tkazishning vaqti va joyi:
|
O`quv bo`limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida kafedrada institut AT markasida
|
Kursning boshlanishi va davom etish muddati:
|
Bakalavriat ta’lim yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq
1 kurs I/II semestr
|
Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:
|
Haftaning payshanba va juma kunlari 15.15 dan 17.00 gacha
|
Fanga ajratilgan o`quv soatlarining o`quv turlari bo`yicha taqsimoti
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
74(62)
|
Ma’ruza:
|
36
|
Ama-liyot
|
4
|
Laborato-riya
|
68
|
|
|
Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizitlari):
|
Oliy matematika, fizika, kimyo fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi.
|
III. FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari”ga oid qaror va “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunda, belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo’llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda institutda faoliyat yuritayotgan “Informatika” fani o’qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:
-
talabalarning mustaqil bilim olish, o’rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o’rni va ahamiyatini oshirish;
-
mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o’tkazish;
-
talabalarning faolligini oshirish, o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan metod va shakllarni qo’llash;
-
ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
Yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan ko’rinib turibdiki, institute talabalarini mustaqil bilim olishiga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O’quv jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikasiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish ta’lim samaradorligigi ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Shunday ekan, “Informatika” fanini o’qitish samaradorligini oshirish o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o’qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularni o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda “Informatika” fanini o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o’rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
Rebus, krossvordlar ham o’yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “So’zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash” ma’nosini anglatadi. Bu - biror so’z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir.
Rebus – keng tarqalgan va eng mashxur o’yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so’zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo’llanilgan.
Eng birinchi rebuslar to’plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan.
Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterdagi shifrlashdir. Quyida rebus qoidalariga to’xtalamiz:
-
Rasmning chap yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
-
Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
-
So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan chiziladi;
-
So’zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 – xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p” esa xarbir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi;
-
Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali yangi hosil qilish mumkin;
-
Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’qiladi.
“Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin:
Ushbu vazifalar talabalar aqliy faolligini o’stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy qiziqish uyg’otadi. O’yin davomida talabalar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar, o’z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar.
Ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini talabalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli talabalar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga talabalar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina bilimdon talabalarnigina emas, balki past o’zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv fanlaridan past o’zlashtiruvchi talabalar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq talabalarga aylanadilar.
Krossvord – ingliz tilidagi “cross-word” so’zidan olingan bo’lib, “so’zlar kesishishi” degan ma’noni bildiradi. Krossvordlar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.
Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namunalar keltiriladi.
-
Oxiri “R” bilan tugaydigan “Informatika” faniga doir so’zlarni toping, krossvordni to’ldiring va har bir tushunchaga ta’rif bering. Ushbu krossvordda dasturlash tillariga oid so’zlar lotin alifbosida yoziladi. Krossvordda or, var, unar, binar, skaner, monitor, strimmer, prosessor kabi so’zlar ishtirok etishi mumkin.
-
Krosvordlar odatda trapesiya, to’g’rito’rtburchak shakllarda beriladi. Quyida biz talabalarning qiziqishini orttirish maqsadida uning shaklini o’zgartirib gul tasviriga joylashtirdik.
-
Qattiq disk (vinchester).
-
Axborotlarni ko’rish qurilmasi (monitor).
-
Rasmlar va matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun hizmat qiladigan qurilma (skaner).
-
Magnit lentada arxiv ma’lumotlarni saqlash uchun hizmat qiladigan qurilma (strimmer).
-
Arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajarib, butun sistemaning ishini nazorat qiluvchi qurilma (prosessor).
Ta’lim jarayonida o’yinlardan foydalanish talabalarni xursand qilish maqsadida foydalanilmasligi zarur. U albatta didaktik bo’lishi, ya’ni darsda hal qilinadigan aniq o’quv tarbiyaviy vazifalarga bo’ysunishi kerak. Shuning uchun ham, o’yin avvaldan rejalashtiriladi, uning dars tuzilmasidan o’rni yaxshilab o’ylab chiqiladi, uni o’tkazish shakli belgilab olinadi va shu asosda o’yinlar tayyorlanadi. O’yinli texnologiyalar o’qitishning boshqa shakllari va metodlari kabi yuqori samara beradi. Talabaga har qanday fan, hususan, informatika fanining zamonaviy rivojlanish darajasidagi bilimlarni berish o’yinning asosiy maqsad bo’lishi kerak.
«Charxpalak» texnologiyasi
Texnologiyaning xarakteristikasi. Ushbu texnologiya talabalarni o‘tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha talabalarnining egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi: mashg‘ulotda talabalarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda o‘tilgan mavzularni talabalar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oralik va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam (yoki flomaster)lar.
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa guruh talabalari soniga, agar kichik guruhlarda o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
• talabalarni (sharoitga qarab) guruhlarga ajratish;
• talabamashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan talablar va qoidalar bilan tanishtirish;
• tarqatma materiallarni guruh a’zolariga tarqatish.
• guruh a’zolari tomonidan yakka holda mustaqil ravishda tarqatma materiallardagi vazifalar bajariladi;
• har bir guruh a’zosi o‘zi ishlagan tarqatma materialining o‘ng burchagiga guruh raqamini yozadi, chap burchagiga esa o‘zining biron bir belgisini chizib qo‘yadi;
• vazifa bajarilgan tarqatma materiallar boshqa guruhlarga «charxpalak aylanmasi» yo‘nalishida almashtiriladi;
• yangi guruh a’zolari tomonidan berilgan materiallar o‘rganiladi, unga o‘z o‘zgartirishlarini kiritiladi;
• jamoalar tomonidan o‘rganilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan materiallar yana yuqorida eslatilgan yo‘nalish bo‘yicha guruhlararo almashtiriladi (ushbu jarayon guruhlar soniga qarab davom ettiriladi);
• materiallarni oxirgi almashishdan so‘ng har bir guruh va har bir guruh a’zosi o‘zlari ilk bor to‘ldirgan materiallarini (guruh raqami va o‘zlari qo‘ygan belgilari asosida) tanlab oladilar;
• har bir guruh a’zosining o‘zlari belgilagan javoblariga boshqa guruh a’zolarining tuzatishlarini taqqoslaydilar va tahlil qiladilar;
• o‘qituvchining tarqatma materialda berilgan vazifalarni o‘qishi va jamoa bilan birgalikda to‘g‘ri javoblarni belgilaydi;
• har bir talaba to‘g‘ri javob bilan belgilangan farqlarini aniqlaydilar, kerakli ballni to‘playdilar va o‘z-o‘z baholaydilar.
Izoh: tarqatma materialda talabalar belgilagan to‘g‘ri javoblar bilan o‘qituvchi hamkorligida aniqlangan to‘g‘ri javoblarning 0,55 foizdan yuqori bo‘lsa, talaba ushbu o‘quv materialini o‘zlashtirgan, undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmaganligini bildiradi. Masalan, vazifalar soni 30 ta bo‘lib, belgilangan javoblarning 17-20 tasi to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa, talaba ushbu vazifani bajargan va o‘quv materialni o‘zlashtira olgan, agar undan kam bo‘lsa o‘zlashtira olmagan hisoblanadi. Shu bilan birga, javoblarning 21-24 tasi to‘g‘ri belgilangan bo‘lsa talabaning materiallarni o‘zlashtirgan darajasi «yaxshi» bahoda, 25-30 tasi to‘g‘ri bo‘lsa «a’lo» bahoga o‘zlashtirgan deb hisoblanadi.
• talabalar o‘z baholari yoki ballarini belgilab olishgach o‘qituvchi vazifa bajarilgan qog‘ozlarni yig‘ib oladi va baho (ballar)ni jurnaliga ko‘chirib qo‘yadi.
«Charxpalak» texnologiyasidan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazish talabalarga quyidagicha vazifa berish mumkin. Vazifa uchun bo‘lgan tarqatma materialni ilovada keltiramiz.
Vazifa. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi haqidagi ma’lumotlarni ilovada keltirilgan jadvalga kiriting.
Ilova (misol tariqasida)
№
|
Qurilma
nomlari
|
Asosiy qurilmalari
|
Tashqi
qurilmalari
|
Kompyuter xotirasi
|
Multimedia qurilmalari
|
1
|
Flesh xotira
|
|
|
|
|
2
|
Webkamera
|
|
|
|
|
3
|
Tizim bloki
|
|
|
|
|
4
|
Lazerli (kompakt) disk
|
|
|
|
|
5
|
Printer
|
|
|
|
|
6
|
Tezkor xotira
|
|
|
|
|
7
|
Raqamli foto- va viseokameralar
|
|
|
|
|
8
|
Monitor
|
|
|
|
|
9
|
Qattiq disklar
|
|
|
|
|
10
|
Modem
|
|
|
|
|
11
|
Doimiy xotira
|
|
|
|
|
12
|
Mikrofon
|
|
|
|
|
13
|
Klaviatura
|
|
|
|
|
14
|
Proektor
|
|
|
|
|
15
|
Sichqoncha
|
|
|
|
|
16
|
Kolonkalar va nushniklar
|
|
|
|
|
17
|
Video xotira
|
|
|
|
|
18
|
Skaner
|
|
|
|
|
19
|
DVD disklar
|
|
|
|
|
20
|
Strimmer
|
|
|
|
|
21
|
Kesh xotira
|
|
|
|
|
22
|
Egiluvchan disklar
|
|
|
|
|
Baholash mezoni:
0-12 – to‘g‘ri javob «qoniqarsiz» 16-17 – to‘g‘ri javob «yaxshi»
13-15 – to‘g‘ri javob «qoniqarli» 19-22 – to‘g‘ri javob «a’lo»
IV. NAZARIY MATERIALLAR
4.1. “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINING RIVOJLANISHI ASOSIY BOSQICHLARI. ZAMONAVIY INFORMATIKA TUSHUNCHASI VA MOHIYATI. UNI VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI, ASOSIY BOSQICHLARI.
Reja
-
Kompyuter texnikasi bilan ishlashda texnika havfsizligi va gigienasi.
-
Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari.
-
Informatikaning asosiy tushunchalari va o’rganish usullari.
-
Elektron hisoblash mashinalari (EHM), ularning ishlash prinsipi.
-
Ilm-texnika va tibbiyotning rivojlanishida informatikaning ahamiyati.
Tayanch iboralar: informatika, ахborot, axborotni kodlash, axborot texnologiyalari, hisoblash texnikasi, kompyuter, kompyuter qurilmalari.
1. Kompyuter texnikasi bilan ishlashda texnika havfsizligi va gigienasi. Tabiatdagi barcha narsalarda, xususan, inson organizmida ham elektr zaryadlari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro muvozanatda turadi va hayot uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Bundan tashqari , inson tanasi a’zolarining faoliyati o‘ta kuchsiz elektr signallari yordamida amalga oshiriladi va boshqariladi. Lekin inson organizmidan elektr toki oqib o‘ta boshlaganda, bu muvozanat va zaryadlarning joylashish tartibi o‘zgaradi va juda qisqa vaqtda insonning yurak, miya kabi o‘ta muhim a’zolarining tiklab bo‘lmaydigan darajada ishdan chiqishiga, ya’ni inson o‘limiga olib keladi.
Inson hayoti uchun butun tana bo‘ylab, masalan, bir qo‘ldan ikkinchisi tomon yoki qo‘ldan oyoqqa qarab o‘tadigan elektr toki eng xavfli hisoblanadi. Odatda, tok urganda elektr toki inson tanasi orqali erga o‘tib ketadi. SHu sababli informatika xonasini beton polli xonalarga yoki binoning erto‘lalariga joylashtirish qat’iyan ta’qiqlanadi va sinf xonasining poli elektr tokini o‘tkazmaydigan qilib (masalan, taxtadan) yasalishi va barcha kompyuterlarning korpuslari erga ulanishi (yoki elektr ta’minotining evroandozalarga moslab ulanishi) talab qilinadi.
Yuqori kuchlanish (220 Volt) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan uzaytirgichlar, kompyuter va boshqa elektr qurilmalari elektr ta’minotiga ulanish simlarining ikki marta izolyasiya qilinganligi talab etiladi. Kompyuter xonasida faqat ovoz kuchaytirish qurilmalari, skanerlar kabi elektr quvvatini kam iste’mol qiluvchi qurilmalar bitta izolyasiyali simlar bilan elektr tarmog‘iga ulanadi. SHu sababli ular boshqa elektr qurilmalaridan alohida turishlari va ularning oldiga talabalar kela olmasligi lozim.
Inson tanasidan oqib o‘tadigan tok miqdori inson tanasining elektr tokiga qarshiligiga ham bog‘liq. Foydalanuvchilarning shamollab qolishi, isitmasining chiqishi, terlab turib kompyuterda ishlashi, barmoqlarining shilinishi yoki yaralanishi va hatto qo‘lni yuvib, yaxshi artmaslik ham inson tanasi qarshiligini 2-50 marta kamaytirib, tok urish xavfini shuncha marta oshirib yuborishi mumkin. SHu sababli informatika fanidan darslarni jismoniy tarbiya va mehnat ta’limi kabi fanlardan keyin dars jadvaliga qo‘yish mumkin emas. O‘quvchilarni informatika xonasiga kiritishda ularni birma -bir ko‘zdan kechirib chiqish, sog‘lig‘i yomon va barmoqlarida muammolar bo‘lgan talabalarga alohida e’tibor qaratish kerak.
Kompyuterning va unga ulanadigan barcha qurilmalarning korpuslari tok o‘tkazmaydigan materiallardan yasaladi va metall ishlatilganda ham, ular tok o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar bilan qoplanadi. Bundan faqat kompyuterning orqa tomonidagi murvatlar va turli simlar ulanadigan uyalar istisnodir.
Kompyuterning korpusida yuqori kuchlanishli elektr toki bo‘lmasa-da, ular erga ulanmagan yoki yaxshi ulanmagan va uzoq vaqt, masalan, kun bo‘yi ishlayotgan bo‘lsa, korpusda hayot uchun xavfli miqdordagi elektr zaryadlari yig‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin. SHu sababli sinfda kompyuterlarni devor bo‘ylab yoki xonaning o‘rtasiga ikki qator qilib joylashtirilishi kerak. Ayniqsa, sinfga qarab , devor yonida o‘tiradigan o‘qituvchining kompyuterini o‘rnatishga jiddiy e’tibor berib, uning orqa tomoniga talabalarning o‘ta olmasliklari ta’minlanishi kerak.
Zamonaviy kompyuter texnikasida sistema blokining old tomonidagi tugma kompyuterni elektr tarmog‘idan butunlay uzmaydi. Buning uchun kompyuter korpusining orqa tomonidagi tugmadan foydalanish kerak. Agar kompyuter korpusida bunday tugma bo‘lmasa , kompyuterni elektr tarmog‘iga ana shunday tugmasi bor maxsus uzaytirgichlar orqali ulash lozim. Bundan tashqari, sinfdagi barcha kompyuterlarni elektr tarmog‘idan uzuvchi yagona uzgich ham bo‘lishi kerak
Sanitariya-gigiena talablari. Informatika darsida talabalar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa darslardan farqli o‘laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo‘ladi va kompyuterda uzoq muddat ishlash to‘liq shakllanib ulgurmagan talabalarning badanlari zo‘riqishiga va noto‘g‘ri shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
-
Kompyuter monitori o‘tirgan talabalarning ko‘zlari darajasidagi balandlikda bo‘lib, talabalar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo‘lgan masofada o‘tirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
-
Kompyuterning klaviaturasi o‘tirgan talabalarning bukilgan tirsaklari darajasida bo‘lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan etarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo‘lishlari kerak.
-
Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko‘rinishidagi mebellarga joylash taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo‘lsa, ular talabalarning o‘tirgan holda oyoqlarini oxirigacha uzatishlariga xalaqit bermasligi kerak.
-
Kompyuterda muttasil ishlash vaqti talabalar uchun 30 minutdan oshmasligi lozim.
-
Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar sonidan kamida 6 marta ko‘p bo‘lishi kerak.
-
Kompyuter xonalari etarli quvvatga ega ventilyasiya tizimiga ega bo‘lishi lozim.
-
Kompyuter klaviaturasida iflos qo‘llar va o‘stirilgan tirnoqlar bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.
-
Yuqumli kasalliklar xuruji paytida talabalar kompyuterda ishlashdan oldin va keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishlari kerak.
-
Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda chang yig‘ilib qolishining oldini olish lozim.
2. Informatika va axborot texnologiyalari fani tarixi va rivojlanish bosqichlari.
Informatika – bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo`lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tatbiq muhiti bilan o`zaro bog`liq bo`lgan jarayonlarning aloqadorligini o`z ichiga oladi.
«Informatika» so`zi dastlab, XIX asrning 60 – yillarida Frantsiyada vujudga keldi. U informatsiya (information) va avtomatika (automatique) so`zlarini birlashtirishidan hosil bo`lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter fani (Computer science) deb ataladi. Mustaqil fan sifatida informatika XX asrning 40 – yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy printsiplari haqidagi fan – kibernetika fani bazasida vujudga keldi.
Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo`llashdan iboratdir. Informatika quyidagi masalalarni yechadi:
ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;
axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish;
jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yechishni yaratish hamda ularni tatbiq etish.
Shartli ravishda informatikani uchta o`zaro bog`liq qismga bo`lish mumkin:
Apparatli texnika vositasi.
Dastur muhiti.
Algoritmlar muhiti.
Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog`liq bo`lgan yagona sohadir.
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnologiyasi bazasidan ixtiyoriy ob’ektlarni boshqarish jarayonlarning axborot ta’minoti metodologiyalarini, tatbiqiy predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot tizimlarini yaratish bilan shug`ullanadi.
Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri bu axborot dir.
Axborot so`zi lotincha «information» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi.
Axborot – bu odamlar orasidagi, odamlar bilan EHMlar orasidagi, jonli va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo`lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir.
Insonning butun faoliyati u yoki bu holda axborotni olish va undan foydalanish bilan bog`langan. Kitob o`qiganda, rasmni qarab chiqayotganda biz axborotni eslab qolamiz va yig`amiz. Xat yozamizmi, telefonda gaplashamizmi – biz axborotni uning egasiga yoki suhbatdoshimizga uzatamiz, undan qabul qilamiz. Har qanday masalani yechayotganda biz axborotni ishlaymiz: masala shartida keltirilgan axborotni o`rganib, uni yechamiz.
Axborotni ma’lum maqsadda ishlash jarayonlari hayot kabi juda qadimdan mavjuddir. Hech qanday tirik mavjudot o`zining genetic kodini saqlamasdan, tashqaridan axborot olmasdan va uni ishlamasdan mavjud bo`laolmaydi va rivojlana olmaydi. Axborotni ifodalash va saqlash zarurati nutq, yozuv va tasviriy san’atning paydo bo`lishiga olib keldi. Axborotni uzatish va tarqatish zarurati kitob bosish, tovushlarni yozish, videotasvirga olish va h.k. texnik qurilmalarning paydo bo`lishiga olib keldi.
Axborot bu – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir.
Axborot asosan 3 xossadan iorat bo`lishi kerak: chin, to`liq va ma’lum ma’noda qimmatli.
O`z navbatida, xabar – axborotni tasvirlash shakli bo`lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k. ko`rinishlarda ifodalanadi.
Ko`p hollarda axborot o`rnida berilganlar degan ancha farq qiluvchi jumla ishlatiladi. Berilganlar xabarlar, kuzatishlar natijalarini o`z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo`yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to`g`risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Axborotning amalda qo`llanilishining zarur sharti uning o`z vaqtidaliligi va adekvatliligidir. Adekvatlik – bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob’ektga qanchalik mosligini beradi va u uchta formada ifodalanadi:
Sintatik adekvatlilik – bu axborotni uzatish tezligi, aniqliligi, kodlashtirish tizimi, tashqi ta’sirlarning mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.
Semantik adekvatlilik – uzatiladigan axborotning ma’naviy tarkibi, ob’ekt obraziga va real ko`rinishiga mos kelishliligi hisobga olinadi.
Prigmatik adekvatlilik – olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kelishini belgilaydi.
Bularni yanada yaxshiroq tasavvur etish uchun hayotiy bir misol olamiz. Faraz qilaylik, siz biror ko`rgazmaga taklifnoma oldingiz. Bu taklifnomada ko`rgazma bo`ladigan vaqt, joyi, ishtirokchilar tarkibi to`g`risidagi ma’lumotlar bo`lishi mumkin. Agar ko`rgazma yopilgandan so`ng bu taklifnomani olganingizda u sizga kerak bo`lmay qolardi. O`z vaqtida emasligi sababli undan foydalanib bo`lmaydi.
Sintaktik adekvatliligi talablarini bajarish uchun taklifnoma varaqasi butun bo`lishi, qattiq qog`ozdan tayyorlanganligi, shriftlarning oson o`qiladiganligi va shu kabilar. Ya’ni, bu yerda biz faqat axborotni uzatish jarayoni to`g`risida bosh qotiramiz va unda nima yozilganligi bizni qiziqtirmaydi.
Semantik adekvatliligi bizdan taklifnomadagi xabarning haqiqatga mos kelishini talab qiladi. Ko`rgazma manzili, ishtirokchilar nomlari, tadbirning bo`lish vaqti kabilar mos kelishi tekshiriladi.
Pragmatik adekvatliligi taklifnomadagi ma’lumotlarning foydaliligi bilan aniqlanadi. Ya’ni, taklifnomadan foydalanib, kerakli ko`rgazma zalini tez va vaqtida topa olsangiz – o`z vaqtingizni tejagan va asablaringizni asragan bo`lasiz.
Informatika model – algoritm – dasturga asoslangan uchlikka tayanadi.
Axborotni kodlash
Bir xil axborotni signallarning turli ketma – ketligi bilan berish mumkin. Masalan, bitta jumlaning o`zini qog`ozga yozish, talaffuz qilish, Morze alifbosi yordamida uzatish mumkin. Axborotni ma’lumot sifatida yozish va mazmunini aynan saqlab qolgan holda axborotni boshqa shaklga o`tkazish kodlash deb ataladi. EHMda axborotni signallarning ketma – ketligi yordamida kodlashning ikki usulidan foydalaniladi: magnitlangan yoki magnitlanmagan, ulangan yoki ulanmagan, yuqori yoki past kuchlanish va hokazo. Bu holatni 0 raqami bilan, ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkili kodlash deyilib, 0 va 1 raqamlari esa bitlar (inglizcha bit – binary digit – ikkili raqam) deb ataladi.
Matnlarni kodlash har bir simvolga, simvolning ikkili kodi deb ataluvchi ma’lum miqdordagi nollar va birlar ketma – ketligi mos keladi.
EHM larda har bir simvolga bayt (inglizcha byte) deb ataluvchi 8 ta nol va birlardan tashkil topgan ketma – ketlik mos keladi. 0 va 1 lardan tuzilgan ma’lumotlar uchun undagi bitlar sonini sanab, sonli o`lchov kiritish, axborot hajmini baholash mumkin.
8 bit 1 baytga tengdir. Ikkili ma’lumotlarda axborot miqdorini o`lchash uchun bit va baytlar bilan bir qatorda ulardan kattaroq birliklar ham qo`llaniladi. Ular quyida keltirilgan
1 Kbit (bir kilobit) = 210 =1024 bit ( 1 ming bit);
1 Mbit (bir megabit) = 210 Kbit =220 =1048576 bit ( 1 mln. bit);
1 Gbit (bir gigabit) = 210Mbit=220Kbit=230 bit ( 1 milliard bit);
1 Kbayt (bir kilobayt) = 210 =1024 bayt ( 1 ming bayt);
1 Mbayt (bir megabayt) = 210 Kbayt =220 =1048576 bayt ( 1 mln. bayt);
1 Gbayt (bir gigabayt) = 210Mbayt=220Kbayt=230 bayt ( 1 milliard bayt);
Bitlar va baytlar xotira “sig`imi” va ikkilik ma’lumotlarni uzatish tezligini o`lchash uchun ham qo`llaniladi. Uzatish tezligi bir sekunda uzatiladigan bitlar miqdori bilan o`lchanadi.
Axborot texnologiyalari
Axborot texnoligiyalarining takomillashishsi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. “Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so`zi lotincha “thexnos” – san’at, hunar, soha va “logos” – fan degan ma’noni bildiradi. Ya’ni texnologiya – biror vazifani bajaraishda uning turli xil usullari ko`rinishini bildiradi.
Axborot texnologiyalari axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo`lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar – bu axborotlarning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Kundalik turmushda turli ko`rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli, rasmli, video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo`lgan axborot qutrilmalari kerak bo`ladi.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o`qitishning avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O`qitishni avtomatlashtirish (axborotlashtirish) yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ta’lim tizimining barcha pog`onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo`g`inligini ta’minlaydi;
barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni layihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish (koordinatsiyalar, metodlar, ilmiy – metodik birlashmalar va h.k)
texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari (fotoapparatdan to mikroskopgacha), ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo`ldoshlari va boshqa aloqa kanallari) tarmoqlari;
ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.k).
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o`zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o`z ichiga oladi:
kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimediya proektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
uskunaviy dasturiy ta’minot;
virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;
axborotlar majmui – ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual muzeylar va h.k.;
texnik ko`nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o`zgartirish va h.k.).
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o`qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Chunki zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O`qitishni avtomatlashtirish yoki axborot texnologiyalaridan foydalanish dasturiga quyidagilarni kiritish mumkin:
ta’lim tizimining barcha pog`onalarida axborotlashtirishning yetakchi bo`g`inligini ta’minlash;
barcha sohalar bo`yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarni yaratish;
texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa qurilmalari, ularga xizmat ko`rsatish uchun kerakli materiallarni yaratish;
telekommunikatsiya tarmoqlari;
ta’minot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui, ma’lumotnomalar va h.z).
|