Surtmalar 2-5 kunga mo‘ljallangan bo‘ladi, shuning uchun 30.0-100.0g yoziladi, ko‘z surtmalari 5,0-10,0 g va qo‘tirga qarshi surtma 500,0g, oxirgi vaqtda rektal surtmalari uchraydi.
Rektal dori turlari keng qo‘llanilmaydi, lekin klizma, shamchalar ancha ishlatishda qulaylik tug‘diradi.
Xab dorilar. Otlarga 2,0-6,0 g, itlarga 0,1- 0,5g, shuningdek 0,1-0,2 g og‘irlikda tayyorlanadi. YOrdamchi modda sifatida un keng ishlatiladi.
Bolyuslar-dumaloq yoki tuxumsimon shaklga ega bo‘lgan dori turi, og‘irligi 0,5gdan 50,0 g gacha bo‘lishi mumkin.
Bolyuslar dorivor modda va shakl beruvchi yordamchi moddalardan iborat, shakl beruvchi moddalar sifatida javdar un, oq gil, shinni, ko‘k sovun, asal, gulxayri ildiz kukuni, sharbat va boshqalar ishlatiladi.
Umumiy tayyorlash texnologiyasi. Bolyuslar tayyorlashda xab dorilar (pilyulalar) tayyorlashdagi umumiy qoida va talablarga rioya qilish zarur.
Dorivor moddalarni aralashtirib turib, yordamchi moddalar qo‘shiladi. Bolyuslar tayyorlanadigan massa bir oz yumaloqroq bo‘lishi kerak. Odatda bu dori turi uzoqroq saqlanganda tez qotishi sababli, faqat kerak vaqtda 1-2 kun muddat bilan tayyorlanadi. Ular shisha bankalarda beriladi.
Bolyuslarga misol tariqasida quyidagi retseptni keltiramiz:
Rp: Pulveris folii Digitalis 4,0
Natrii chloridi 4,0
Natrii nitrici 6,0
Fructis Juniperi pulveratis 10,0
Farinae Secalinae
Pulveris Glycyrrhizae ana 12,0
Ut fiant boli N 4
D.S.Otga
Tayyorlanishi: retseptda yozilgan dorivor moddani X DF ot uchun bir martalik dozalari tekshiriladi. 6-nchi yoki 7-nchi hovonchada quruq dorivor moddalar maydalanadi va bir xil massa osil bo‘lguncha aralashtiriladi. Keyin un va chuchukmiya ildizining kukuni qo‘shiladi va asta oz-ozdan glitserin qo‘shilib yumshoq qorishma hosil bo‘lguncha aralashtiriladi.
Hosil bo‘lgan massa tortiladi, so‘ng teng 4 qismga bo‘linadi. Har bir bo‘lakdan yumaloq bolyuslar tashkil etiladi va oq gil sepib idishga joylashtiriladi.
Granulalar-shakli, tayyorlanishi va ularga bo‘lgan talablarga ko‘ra pilyulalarni eslatadi, og‘irligi odatda, 0,1 g dan bo‘ladi. Shakl beruvchi moddalar sifatida ba’zan sut qandi, sharbatning glitserinli aralashmasi (9:1) ishlatiladi.
Misol:
Rp: Extracti Nucis Vomicae 0.5
Sacchari albi
Sacchari lactis ana 2.0
Farinae triticae q.s.
Ut fiant granulae N100
D.S. Kabutarlar uchun.
Texnologiyasi: oldin dorivor moddalarning kabutar, tovuqlar uchun bir martalik dozalari tekshiriladi. (X DF, 1968, 1042 b). 5-nchi nomerli hovonchada shakar yaxshilab eziladi, oz qismdan boshqa moddalar qo‘shiladi va suv bilan yumshoq massa hosil qilinadi. Massa tortiladi, keyin pilyulalar tayyorlanadigan mashinka yordamida 100 granula tayyorlanadi. Tayyor granulalarga un sepib qo‘yiladi.
|