Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet145/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   517
Ma’ruzaning qisqacha matni:

Qattiq dispers sistemalar /QDS/ bu qattiq matritsa-asosda dorivor moddalarni dispergirlash yo‘li bilan olingan sistemalar.

Qattiq dispers sistemalarni yaratish maqsadlari:


  • dori moddalarning eruvchanligini oshirish;

  • dori moddalarning ta’sirini uzaytirish;

  • dori moddalarni turg‘unligini oshirish va salbiy ta’sirini kamaytirish.

Dorivor moddalarni immobillash usullaridan biri-bu QDS hosil qilish. QDS yaratish bu keng qo‘llaniladigan texnologik usul va uning asosiy maqsadi dorivor moddalarning mu’tadil so‘rilish tezligini ta’minlash.

Qator samarador dori moddalarni eruvchanligi qam yoki ular umuman erimaydi. Lekin dori moddaning dori turidan so‘rilish jarayoni ko‘p tomonlama moddaning eruvchanligiga bog‘liq. Shuning uchun, yomon eruvchan yoki erimaydigan dori moddalarning eruvchanligini oshirish masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu masalani echish yo‘llaridan biri bu QDS larni olish. QDS olish bu texnologik usul bo‘lib, uni asosiy mohiyati dori moddaning erish tezligini oshirish.

Dori moddalar QDSlarga qotishma hosil qilish yo‘li bilan yoki eritish usuli bilan kiritiladi. QDSlarda dori moddalar molekulyar dispers holatda matritsada tarqalgan bo‘ladi. Bu esa erimaydigan yoki yomon eruvchan moddalarni erish tezligini oshiradi. Oqibatda dori moddalarning absorbsiyasi va shunga bog‘liq bo‘lgan terapevtik samaradorligi ham oshadi.

QDS ni yaratishilishiga 1961 yilda Sekugushi va Obi ilmiy tadqiqotlari asos bo‘ladi. Ular birinchi bo‘lib dorivor moddalarni qattiq dispersiyalarga kiritilishini taklif etdilar. Yomon eruvchan sulfatiazolning QDS-sini hosil qilish uchun ular matritsa sifatida yaxshi eruvchan inert modda- mochevinani qo‘llashgan. QDS-ni hosil qilish uchun sulfatiazol va mochevinani suv hammomida qizdirish jarayonida evtektik aralashma olingan. Hosil bo‘lgan suyuq evtektik aralashma sovutilgan yuzaga quyilib tezda sovutish yo‘li bilan qotirilgan. SHunda sulfatiazolning disperslik darajasi molekulyar holatda bo‘lgan, ya’ni mochevinali matritsa asosida sulfatiazolning molekulalari, matritsani qotish natijasida, bir tekisda tarqalgan.

Demak QDSlar tabiati bo‘yicha bu dori moddalarning matritsa asosidagi qattiq eritmasidir. Nima uchun aynan QDS ni dori moddalarni eruvchanligini oshirish uchun qo‘llash maqsadga muvofiq deb topildi va qanday o‘ziga xos afzallik tomonlari bor, bu usulning, masalan oddiy maydalash usuliga nisbatan?

Buni quyidagicha izohlash mumkin. Ma’lumki, dorivor moddalarni so‘rilish tezligi, ularning zarrachalarning katta-kichikligiga bog‘liq va qanchalik maydalansa, shunchalik ularning so‘rilishi oshadi. Buni esa moddalarni oddiy maydalash usullarni ishlatish bilan ko‘p vaqtlarda ta’minlab bo‘lmaydi, chunki maydalash jarayonida hosil bo‘ladigan mikronizatsiyalangan modda zarrachalarining, keskin yuza energiyasi oshadi.

Natijada hosil bo‘lgan molekulalararo Vandervals kuchlari, zarrachalarni bir-biriga yopishib, agregatsiya hodisalariga olib keladi. Oqibatda maydalangan moddaning zarrachalarini yiriklashib ketish natijasida, dorivor moddalarni disperslik darajasi kamayadi. Bu esa ularning, keyinchalik, so‘rilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

QDS ni hosil qilish qisman shu muammoni echishga qaratilgan. Chunki QDSlarda polimer-matritsada disperslangan(tarqalgan) dori moddalarning molekulalari, matritsani qotish natijasida, unda mustahkamlanadi va bir-birlari bilan birikish imkoniyati bo‘lmaydi. Demak, molekulalar holatigacha polimer matritsada eritilgan dorivor moddalarning, agregatsiyasi (yiriklashish) kuzatilmaydi.

Polimer matritsa sifatida turli guruhgaga mansub bo‘lgan yordamchi moddalar qo‘llaniladi. Ularni tanlanishi QDS ni qaysi maqsadda yaratilishiga bog‘liq. Agar erish tezligini oshirish maqsad deb olinsa, unda suvda eruvchan matritsalar olinadi: mochevina, polivinilpirrolidon (PVP), polivinil spirti (PVS), polietilenglikol (PEG), sorbit, mannitol, glyukoza, saxaroza, fruktoza, dekstran, metilsellyuloza (MS), suksin kislotasi.

QDS lardagi dori moddani eruvchanligini oshishi ularni polimer bilan suvda eruvchan kompleks birikmalarini hosil bo‘lishiga (vodorod bog‘lari hisobiga) bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari, matritsani hosil qiluvchi yordamchi moddalar QDS ning gidrofil xossalarini ta’minlaydi.

QDS larda dori moddalarning eruvchanligini oshishisha oid qator misollar keltirish mumkin:


  • PVP bilan olingan QDS sidagi nitrofurantoinning eruvchanligini keskin oshishi, yaxshi eruvchan nitrofurantoin-PVP kompleksini hosil bo‘lishi hisobiga kuzatiladi;

  • Nifedipinning QDS lardan ( PEG 1500 asosida) erish tezligi 4,5 marta oshganligi aniqlangan. 45 daqiqa davomida QDS dan 100%, oddiy poroshokdan esa - 22,1% nifedipin ajralib chiqishi kuzatilgan;

  • Metronidazolning QDS laridan (PVP asosida) moddaning erish tezligi 2 marta oshganligi aniqlangan;

  • Antigipertenziv xususiyatga ega bo‘lgan va suvda erimaydigan digid-ropiridinning QDS dagi ( PEG-4000 asosida ) eruvchanligi 8,4 marta oshgan;

  • Fenazepamning QDSlardan (PVP asosida) eruvchanligi esa 5 marta oshgan-ligi kuzatiladi.

QDS ni yana bir yaratish maqsadi- bu dori moddaning ta’sirini uzaytirish. Dori moddalarni erish tezligi tartibga soluvchi omil bu polimer matritsani hosil qiluvchi yordamchi moddalarni fizik-kimyoviy xususiyatlari /molekulyar og‘irligi, eruvchanligi/. Shu ko‘rsatgichlarini o‘zgartirib QDS-ni tarkibiga kiritilgan dori moddalarni ta’sirini uzaytirish, yo‘naltirish ya’ni ta’siri oldindan belgilangan dori turlarini yaratish mumkin.

Masalan, eruvchan matritsalar /PVP, PEG,sorbit va h.k./ QDSdagi dori moddalarni eruvchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi.

Erimaydigan polimerlar /etilenvinilatsetat sopolimeri, polial-kilsianoakrilatlar, ES va boshq./ yordamida ta’siri uzaytirilgan yoki yo‘naltirilgan dori turlarini yaratish mumkin.

Masalan, klofelinning ta’sirini uzaytirish maqsadida undan ES /oshqozonda va suvda erimaydigan matritsani hosil qiluvchi modda/ asosida QDS yaratilgan. Bunda ES va klofelin nisbati 3:1 bo‘lgan. Ta’sir etuvchi moddaning miqdori - 5% ni tashkil etgan. Tekshirish natijalariga ko‘ra klofelinning 7 soatgacha ta’siri uzaytirilganligi aniqlangan.

QDS-ni yana bir qo‘llash maqsadi dorilarni salbiy ta’sirini kamaytirish. Misol sifatida gelmintozlarni davolashda qo‘llanadigan xloksilning QDS-lari keltirish mumkin. Xloksildan QDS yaratish uning biofaolligini oshirib, salbiy reaksiyalarini kamaytirishga imkoniyat berdi. QDS hosil qilish uchun PVP va PEG qo‘llanilgan.


Download 6,71 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.