Qattiq dispers sistemalarni tasnifi
QDSlar tabiati (tuzilishi) bo‘yicha quyidagi guruhlarga tasniflanadi:
1. Oddiy evtektik aralashmalar;
2. Qattiq molekulyar eritmalar;
3. Shishasimon eritmalar;
4.Yuqorida keltirilgan sistemalarning har xil kombinatsiyalari
1. Oddiy evtektik turdagi QDSlar 2 ta yoki undan ko‘proq (dori modda va matritsa hosil qiluvchi asos) bir biri bilan aralashib gomogen sistemani hosil qiluvchi komponentlardan iborat.
Bu turdagi QDS, tabiati bo‘yicha, dorivor modda va polimer moddaning evtektik aralashmalari hisoblanadi. Suyuq evtektik aralashmani keskin sovutish natijasida qotishma hosil bo‘ladi va dori moddalarning zarrachalari yoki molekulalari shu qotgan sistemada bir tekisda tarqalgan bo‘ladi.
|