Qattiq dispers sistemalarni olish usullari
Hozirda QDS larni tayyorlash uchun quyidagi usullar taklif etilgan:
-qotishma hosil qilish usuli;
-eritish usuli;
-ikkala usulning har xil kombinatsiyalari
1. Qotishma hosil qilish usuli bilan QDS-ni olish:
Buning uchun dori moddalar va polimer aralashmasi suv hammomida erib ketguncha qizdiriladi va shu eritilgan aralashma yupqa qavat qilib sovutilgan yuzaga qo‘yiladi. Bunda polimerda tarqalgan /eritilgan/ dorivor moddalar molekulalari matritsani, qotish natijasida, tarqaladi, ya’ni tayyorlangan dori moddalarni qattiq matritsadagi eritmasi hosil bo‘ladi.
Qotgan massa maydalab, elab, jihozlanadi. Matritsa sifatida PEG, suksin kislota, mannitol, sorbitol, mochevina qo‘llaniladi. Usulning kamchilik tomoni eritish jarayonida yuqori harorat natijasida moddalar parchalanish mumkin.
|