• Mikrokapsulalarni oddiy koatservatsiya usulida olish sxemasi
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet161/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   517
    Fizik-kimeviy usullar ikkita bir-birida erimaydigan yoki aralashmaydigan fazalar bilan ajralib turadi.

    Koatservatsiya, ya’ni hamma tomchilarning yig‘indisi bir joyda bo‘lishiga aytiladi. SHu holat orqali mikrokapsulaning barpo etishi fizik-kimeviy usulga kiradi.

    Oddiy va murakkab koatservatsiya holati uchraydi.

    Oddiy koatservatsiya usulini ko‘rib chiqamiz. Mikrokapsulaga aylantiruvchi dori moddani /yog‘, vitaminlarning yog‘li eritmalari, gormonlar va boshqa/ jelatin eritmasida 50 0S haroratida emulgirlanadi. Moyni suvdagi emulsiyasi hosil bo‘ladi./2-5 mkm kattalikda/ keyin qobiq hosil qiluvchi eritmaga aralashtirib turgan holda 20% suvli natriy sulfat solinadi va uning suvini tortib olish xususiyatiga ko‘ra jelatin koatservatsiyaga uchraydi.

    Geterogen suyuq sistema xosil bo‘ladi. /b/u ikki fazadan iborat. Xarorat pasaygan sari koatservat: jelatinning mikrotomchilari yog‘li dori moddaning atrofiga marjon kabi yig‘iladi. /v/ keyin ular qo‘shilib ketib, yupqa qobiq singari qoplab oladi. Oldin jelatin qobig‘i suyuq bo‘ladi, lekin sovutiladi va mikrokapsula qotib tayer bo‘ladi. /g/ Na2SO4 sovuq eritmasiga /18-20 0S/ solinadi. Filtrlanadi va mikrokapsulalar yuviladi. Natriy sulfatdan tamoman yuvilgandan so‘ng, mikrokapsula qobig‘i 78-80% suv saqlashi mumkin va shuning uchun ularni quritish lozim /issiq quritgich, adsorbentlar yordamida, spirt orqali yoki havoda/.

    Oddiy koatservatsiya usulida mikrokapsulalarni olish jarayoni 12- rasmda keltirilgan.




    Rasm 1. Mikrokapsulalarni oddiy koatservatsiya usulida olish sxemasi

    a- polimer eritmadagi ( 2) dorivor moddaning ( 1) dispersiyasi; b- koatservatsiya- eritmada, polimerning yuqori va past konsentratsiyali fazalarini hosil bo‘lishi; v - moy tomchilari yuzasidagi koatservatning mikrotomchilarini yig‘ilishi ( “ marjon”); g – koatservat mikrotomchilarini birlashishi va mikrokapsulalarni hosil bo‘lishi


    Murakkab koatservatsiya usulida ikki polimerning salbiy va ijobiy zaryadlari o‘zaro qo‘shiladi va rNi o‘zgartiradi. Ular 1,II va III komponentli bo‘lishi mumkin. 1-komponentligida ikkala polimer ham bir guruhli birikmadan bo‘lib /salbiy va ijobiy zaryadlari teng miqdorda/ zarrachalar amfoter/ uchraydi va salbiy amfionlar ijobiy amfionlarga intiladi. II-komponentli koatservatlarda ikkala polimer har xil birikmalar va qarama-qarshi makrokation va makroanionlari bor. Ularning o‘zaro ta’siri natijasida koatservatlar hosil bo‘ladi. III- komponentli koatservatlarda amfionlar /makrokation, makroanion/ va tuzli eritmalarning mikroionlari /kation va anion/ ishtirok etadi.

    Misol tariqasida II komponentli jelatin va gummiarabik koatservati mikrokapsula dori moddalar bilan murakkab koatservatsiya usulini keltiramiz. 10% jelatin eritmasi /rN 8,0/ va 11% gummiarabik eritmasi olinadi. 11% gummiarabik eritmasida yog‘li dori moddalar emulgirlanadi. Aralashgich yordamida 50 0 haroratda ikki suyuqlik aralashtiriladi va rNi 6,5 gacha sirka kislota eritmasi solinadi. SHunda ikkala polimerning zaryadlari qarama-qarshiga aylanadi. Suv va sirka kislotasi qo‘shilib rNi 4,5 gacha pasayadi. SHundan keyin jelatin makrokation gummiarabik makroanioniga ta’sir etib, koatservat tomchilari yog‘li dori moddani o‘rab qobiq hosil qiladi.

    37% formaldegid eritmasi bilan suv tortib olinadi. Qotib qobiq hosil bo‘lgach, 10 0Sgacha harorat pasaytiriladi va rN 9,0 gacha ko‘tariladi. SHunda qobiq mustahkam bo‘ladi. Mikrokapsula quritilib, elanadi.


    Download 6,71 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.