Rasm 2. Olikard-40 retard mikrosferalarni tuzilishi




Download 6,71 Mb.
bet163/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   517
Rasm 2. Olikard-40 retard mikrosferalarni tuzilishi

1- qand donachasi; 2- Izosorbid mononitrat saqlovchi qatlam; 3-dozalovchi membrana

Mikrokapsulalash jarayonining asosiy shartlari:

1. Mikrokapsulalar olish usulini tanlash asosan dori moddaning fizik-kimyoviy xossasiga /suyuq, qattiq/ va qobiq hosil qiluvchi moddaning /jelatin, MS, AFS/ polyar va nopolyar erituvchilarda erishi, tayyor mahsulotning avvaldan mo‘ljallangan xossaga ega bo‘lishini ta’minlashiga/ issiqlik, kimyoviy reagentlarga turg‘un, oshqozon muhitiga chidamli va ta’siri uzaytirilgan/ bog‘liq bo‘ladi.

2. Mikrokapsulalar qobig‘i eruvchan, erimaydigan va yarim o‘tkazuvchan xossasiga ega bo‘lishi mumkin. Ta’sir etuvchi moddaning ajralib chiqishi qobiq turiga va qalinligiga bog‘liq. Dori modda mikrokapsuladan eriydigan qobiq biosuyuqlikda eriganidan so‘ng, erimaydigan qobiqda esa diffuziya yo‘li bilan ajralib chiqadi. Yarim o‘tkazuvchan qobiqda kichik molekulali substrat /erituvchi modda/ mikrokapsulalar ichiga o‘tib, dori moddaning ajralishini ta’minlaydi.

3. Mikrokapsulalar o‘lchami ularning fizik-mexanik xossalaridan granulometrik tarkibi, sochiluvchanligi, zichligi, sochiluvchan zichligi va boshqalarni belgilaydi.

4. Suvda yaxshi eriydigan dori moddadan mikrokapsula olish jarayonining asosiy sharti- bu suvli muhitini ishlatmasdan, dispersion muhit sifatida vazelin moyi, polimer eritmasi organik erituvchida /atseton/eritiladi. YOg‘larda /moylarda/eriydigan moddalardan mikrokapsulalar tayyorlash jarayonida dispersion muhit kapsulaga olinayotgan moddani eritmasligi va polimer bilan qo‘shilib ketmasligi kerak, erituvchi modda dispersion muhitga qaraganda yaxshi uchuvchan bo‘lishi kerak.

5. Uchuvchan erituvchini bug‘latish usuli bilan olinadigan mikrokapsulalar o‘lchami dispersion muhitning qovushqoqligiga, polimer eritmasining konsentratsiyasiga, haroratiga, polimer eritmasining hajmi, dispersion muhit hajmiga, mutanosibligiga va aylanish tezligiga bog‘liq.



Download 6,71 Mb.
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm 2. Olikard-40 retard mikrosferalarni tuzilishi

Download 6,71 Mb.