• Nanokapsulalar
  • Mikrosferalar
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet162/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   517
    Kimyoviy usulda suv/moy fazalarini chegarasida polimerizatsiya, polikondensatsiya reaksiyalari asosida mikrokapsula olinadi. Mikrokapsula olish usuli tanlanishi-maqsadga, texnologik jarayonini oborish imkoniyatiga, dori moddalar xususiyatiga va polimer xossalariga bog‘liqdir.

    Mikrokapsulalar korxonalarda tayyorlanib ularni olish fizik-kimyoviy, fizikaviy usullarga bo‘linadi. Bu usullar dorivor modda bilan bir-biridan ajratib turishga asoslangan bo‘lib, qobiq kimyoviy reaksiyalar yordamida polimerlash yoki mexanik ravishda qoplash hisobiga hosil qilinadi.



    Nanokapsulalar mikrokapsulalarni bir ko‘rinishi bo‘lib, hozirda xorijiy mamlakat farmatsiyasida qo‘llanila boshlandi. Ular qattiq dori turi bo‘lib, yadro qismi dorivor modda va qobiq qismi monomolekulalar polimeridan tashkil topgan. Ularni katta-kichikligi nanometr o‘lchovida o‘lchanganligi tufayli ayrimlari in’eksiya qilishda ishlatiladi.

    Mikrosferalar ham shu dori turlari guruhidan bo‘lib, ularni tuzilishi, dori moddalarni aniq dozasini ajratib chiqilishi, terapevtik konsentratsiyasi bir me’yorda ushlanib turishi, ya’ni dinamikasini "Olicard-40" retard kapsulasida ko‘rish mumkin.

    Olikard-40 retard, o‘zida izosorbit-5 mononitrat dorivor moddasini saqlaydi va uzoq davomli yurak ishemiya terapiyasida qo‘llaniladigan mikrosferalardan iborat bo‘lgan kapsula. Preparatning 1 kapsulasi qabul qilinganda, 25 soat davomida qonda ta’sir etuvchi moddaning konsentratsiyasi ta’minlanadi.



    Shu bilan birga, xech qanday tolerantlik hodisalari kuzatilmaydi va preparat yuqori biologik so‘rilish darajasiga ega. Olikard-40 retard mikrosferalarni tuzilishi 13 rasmda keltirilgan.



    Download 6,71 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.