Etil spirtini suyultirish usullari. Gomeopatiyada ko‘pincha 45,60,70,90 va 96% spirtlar ishlatiladi. Har bir dori modda uchun spirtning qanday konsentratsiyasini olish kerakligi maqolada yoki farmakopeyada, NTXlarda ko‘rsatiladi.
Spirt deganda etil spirti tushinilib, u Xl DF si talablariga to‘liq javob berishi kerak. Spirtni suyultirish dorixonalarda olib boriladi. Suyultirish DF jadvallari, GOST, O‘zRSSV ning buyruqlari asosida olib boriladi.
20 0C da spirtni suyultirishda kontraksiya hodisasini hisobga olish zarur. Suyultirish davrida spirt konsentratsiyasi miqdoriy va hajmiy aniqlanishi mumkin.
Aniqlash turli spirtomer, areometr yordamida olib boriladi.
|