• Gomeopatiya dori vositalar texnologiyasi”
  • Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlar




    Download 6,71 Mb.
    bet27/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   517
    Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlar

    Gomeopatiya farmakopeyasining muallifi doktor Vilmar SHvabe. 1950 yilda qo‘llanma nemischadan tarjima qilingan

    Gomeopatiya qo‘llanmasi quyidagi 3 qismlardan iborat:

    - Kirish;

    -Umumiy;

    - Maxsus

    Gomeopatiya farmakopeyasining kirish qismida ushbu qo‘llanma ko‘pgina davlatlarda tan olinganligi, gomeopatiya dorilarini tayyorlanishini o‘ziga xosligi va aynan shu qo‘llanmaga qaysi dorivor vositalar kiritilganligi haqida umumiy holatlar o‘z aksini topgan.

    Umumiy qismiesa A va B bo‘limlardan iborat.

    A- bo‘limi “ Gomeopatik farmatsiya”;

    B – bo‘limi “ Gomeopatiya dori vositalar texnologiyasi”.

    Gomeopatiya farmakopeyasi” bo‘limida gomeopatik dorilarni manbalari, ularni tayyorlashdagi dastlabki vositalar ta’rifi, gomeopatik dorilarini berish, saqlash qoidalari keltirilgan.

    Gomeopatiya dori vositalar texnologiyasi” bo‘limida o‘simlik xom ashyo va jonivorlardan, mineral moddalar va kimyoviy birikmalardan gomeopatik vositalar texnologiyasi, dori moddalarni suyultirish tartibi, hamda gomeopatik dori turlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan yordamchi moddalar va asbob-uskunalar tavsifi keltirilgan.

    I- O‘simlik va jonivorlardan dorilarni tayyorlash qismida:

    1,2,3-bandlarda yangi yig‘ib olingan o‘simliklardan essensiyalar tayyorlash qoidalari keltirilgan;

    4-bandda quritilgan o‘simlik, yangi jonsizlantirilgan hayvon to‘qimalari va hasharotlardan gomeopatik tinktura tayyorlash texnologiyasi keltirilgan.

    II- Mineral moddalar va kimyoviy birikmalardan dorilarni tayyorlash qismida:

    5-bandda- suvli eritmalar;

    6-bandda- suvli-spirtli eritmalar;

    7-bandda- quruq moddalardan trituratsiyalar tayyorlash qoidalari keltirilgan.

    III- Turli suyuqliklardan trituratsiyalar tayyorlash qismida:

    8-bandda - suvli yoki spirtli eritmalardan trituratsiyalar;

    9-bandda essensiya va tinkturalardan trituratsiyalar tayyorlash qoidalari keltirilgan.

    Bu bo‘limda o‘nlik va yuzlik shkalalar tushunchasi, dorilarni gomeo-patiyada suyultirish tartibi, turli dorilarni suyultirib eritma va trituratsiyalar olinish qoidalari, gomeopatik granulalar, gomeopatik tablet-kalar, sirtga qo‘llaniladigan spirtlar, gomeopatik surtma, moylar, opodel-doklar, shamchalar texnologiyasiga oid ma’lumotlar ham keltirilganan.

    Ushbu qism yakunida gomeopatik dorilar tayyorlashda ishlatiladigan asbob va uskunalar, yordamchi moddalar va tayyorlangan dorilarning sifatini baholash usullari keltirilgan. Asbob-uskunalar sifatida: press, matolar-zig‘ir o‘simligidan tayyorlangan salfetka, haltachalar-har bir o‘simlik uchun alohida bo‘lishi shart; chinni hovonchalar, elak, jodi, go‘sht qiymalagich, tabletka mashinasi; qo‘shimcha moddalar: spirt, glitserin, sut qandi, vazelin, lanolin, o‘simlik moyi ishlatiladi.




    Download 6,71 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gomeopatiyaga oid qo‘llanmalar, me’yoriy hujjatlar

    Download 6,71 Mb.