Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet26/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   517
Hajmiy suyultirish.

1) Davlat Farmakopeyasi Xl nashrining spirtlarni suyultirish, 4,5 jadvallari bo‘yicha olib boriladi.

2) Formula yordamida suyultirish

X =V x V / A ,

bu erda:

V - kerakli eritma hajmi

V - kerakli spirt konsentratsiyasi

A - berilgan spirt konsentratsiyasi

Masalan: 95% spirtdan 50 ml 70% li spirt tayyorlash kerak. U holda tenglama yordamida kerakli spirt hajmini topamiz:

X=V x V / A = 50 x 70 / 95 = 36,8 ml 90% li spirt

Demak bu masalani echish uchun 36,8 ml 90% li spirt olib, unga 50 ml gacha suv qo‘shiladi. Demak masalani echish uchun 36,8 ml 95% li spirt olib unga 50ml gacha suv qo‘shiladi.

Gomeopatiyada biologik jihatdan odam konstitutsiyasi ishlatilgan. Odam konstitutsiyasi nimadan iborat. U ijtimoiy va tabiiy sharoitda har xil ta’sir ko‘rsatgich omillar ostida paydo bo‘lgan odamdagi shaxsiy fiziologik va anatomik xususiyatlar kompleksidir. Demak gomeopatik davolash usulida odamning konstitutsiyasi, ya’ni uni morfologik, fiziologik va psixika tomonlari o‘rganilib hisobga olinishi shart.

Gomeopatiya jihatdan morfologiya nimani ko‘rsatadi.Tirik organiz-mlarning tuzilishini va shaklini o‘rganadi. Fiziologiya – organizmning funksiyalarini o‘rganishi yoki odamning xulq atvorini, tabiatini ko‘rsatadi.Psixologiya- ruxiy holatini ko‘rsatadi. SHu tufayli kasal qabul qilinganda uni ob’ektiv va sub’ektiv (xolissalo mustaqil ravishda kasalning yaqinla-rini va kasalning shaxsiy o‘zi aytgan ma’lumotlari katta ahamiyatga ega). Shunday qilib kasal ustida olgan ma’lumotlarni “Materiya medika”da kel-tirilgan dorilar patogenezi bilan solishtirgan holda kasalga gomeopatik dori tanlash mumkin. SHu bilan bir qatorda kasalning miazmasi ham hisobga olinishi kerak, ya’ni bu yunon so‘zi bo‘lib mhia-pashsha degani.

Mhia-pashsha tuxumlari chaqiradigan kasalliklar miazma-tashqi muhitdan odam organizmiga tushgan yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardir (marazlar). Demak, gomeopatik davolash usulini qo‘llashda odam konstitutsiyasini hisobga olgan holda kasallarni qaysi dorilar patogeneziga to‘g‘ri kelishiga qarab turib,ularni uch toifaga bo‘lish mumkin: kalkarea fosforika, kalkarea karbonika, kalkarea flyuorika. Shu uchta guruhlarga mansub odamlar o‘ziga xos yuqorida aytganimizdek morfologik va psixologik tomondan xususiyatlarga ega va farq qiladi, ya’ni kasalni toifasiga qarab birinchi konstitutsional dorisi belgilanadi.

Ma’lumki, kasallangan bo‘lim sog‘lom qismlarga nisbatan har bir narsaga juda sezgirdir, ayniqsa, dorilarga nisbatan. Xuddi shunday kasal ko‘z yorug‘-likka, kasallangan quloq-kattik tovushga, yara-chaqa esa ustiga tegadigan narsa-larga va shunga o‘xshashlar. Gomeopatiyada shaxsiy sezgirlikka juda katta ahamiyat beriladi. Har bir odamda nimagadir, qandaydir bir narsaga nisbatan shaxsiy sezgirlik mav-juddir. Buni "idiosinkraziya" deb ataladi. SHularni va gomeopatiyaning "o‘x-shashlik" qonunini hisobga olganda o‘z-o‘zidan yoki kasalga buyuriladigan dori-ning qandaydir bir qismigina davolashga taaluqli va etarlidir.

Gomeopatiya bo‘yicha davolashda o‘ziga xos xususiyatlardan biri buyu-riladigan dorilar dozasidir. Bu dozalar allopatiya dozalaridan ancha-muncha, balki tubdan farq qiladi. Biz ilgari eslatib o‘tganimizdek, ma’lum bir kasal uchun tanlangan dorining eng shifobaxsh miqdori aniqlanib olinishi shart, bu miqdor optimal ta’sir etuvchi doza (me’yor) deb ataladi. Optimal doza, ilmiy asos va klinik kuzatishlar yordamida aniqlanishi kerak. Ma’lumki gomeopatiyada kichik, o‘rta va yuqori suyultirishlar o‘z o‘rnini topgan. Ko‘rsatilgan suyultirishda qaysi dorini qanchadan berishlik juda katta mahorat talab qiladi.

Gomeopat shifokorlar ko‘pincha 1, 3, 6, 12, 18, 24, 30, 100, 200, 1000 hatto 50000 suyultirish darajalardan (shkala) foydalanishadi.Fransiyalik gomeopat shifokor J. Sharretning yozishicha 1dan 6 gacha bo‘lgan suyultirishlar kichik, 6-12 gacha o‘rtacha, 18 dan 100gacha yuqori va 100 dan ortiqlari juda yuqori suyultirishlarga kiradi. Uning fikriga ko‘ra kasal-likning zo‘rikkan chog‘ida dorining birlamchi yoki kichik suyultirishdagisini, surunkali holatida-o‘rtacha yoki juda yuqori suyultirishdagisini berish yaxshi natija beradi. Asab kasalligida yuqori yoki juda yuqori suyultirishlari natijali deb topilgan. Dorilarni iste’mol qilish muxlati va vaqti ham turlichadir.

Misol: bemorning kasalini zo‘riqqan davrida dori tez-tez (har soatda), surunkali kasalda bir kunda 1-2 marta beriladi. Gomeopatik davolash usulida dorini to‘g‘ri ravishda tanlash, uni dozasini,qanchadan va necha marotaba qabul qilinishini topish eng muhim muammo bo‘lib kelmoqda. Ko‘p tajribalar natijasida yangi R. Fol usuli, Z. Gabovich diagnostikasi va boshqalari amaliy ravishda qo‘llanilyapti. Tibbiyot markazi "S Velen" qoshidagi Rossiya-AQSH korxonasida ishlab chiqarilgan, "PELAD" nomli elektropunktura diagnostik pribori bor. Har bir dorivor o‘simliklardan olingan gomeopat vositalarning spektral-to‘lqinli xususiyatlari mikro-kompyuter xotirasiga kiritilib, shu kunda 2047 preparat to‘g‘risida ma’lumot bor.


Download 6,71 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.