Tashqi ko‘rinishi va rangini aniqlash. Namuna 0,5 g miqdorda olinadi va shisha buyum oynasiga bir tekis qilib surtiladi, ustiga boshqa buyum oyna qo‘yib surtilgan massa tekislanadi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi va rangi aniqlanadi.
Mahsulotning hidi organoleptik baholanadi.
Sochiluvchan zichligi. Sochiluvchan mahsulotning sochiluvchan zichligini aniqlash uchun aniqlash uchun olingan namuna oldindan tortilgan va hajmi aniqlangan №4 tiglga 10 sm balandlikda joylashgan elakdan o‘tkaziladi (elakning teshik diametri har bir mahsulot turi va navi uchun texnika shartlarida alohida kedtiriladi). Tigl to‘lganidan so‘ng mahsulotning ortiqcha qismi pichoq yoki chizg‘ich yordamida tekis qilib olib tashlanadi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Mahsulotning sochiluvchan zichligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
Bu erda: X – mahsulotning sochiluvchan zichligi, g/ml;
a – mahsulot namunasi solingan tigl massasi, g.
b – bo‘sh tiglning massasi, g;
v – tigl hajmi, ml.
Masalan, pudraning sochiluvchan zichligini aniqlash uchun mahsulot tortmasi 1 sm2 da 3600 ta teshigi bor elakdan o‘tkaziladi va yuqorida keltirilgan usulda aniqlanadi.
|