Ma’ruzaning qisqacha matni:
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning va katta odamlarning farmakoterapiyasi ancha farqlanadi. Bu farq yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmi anatomik, fiziologik, biokimeviy reaksiyalar kechishi tomonidan o‘ziga xosligiga bog‘liq va bu yoshdagi bolalarga dorilarni tayyorlash alohida e’tiborni talab etadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining deyarli barcha tizimlari etarli rivojlanmaganligi uchun dori moddalarga bo‘lgan reaksiyalar ayrim xolatlarda keskin o‘zgarish mumkin(kutilmagan darajada). Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmning anatomik va fiziologik tomondan o‘ziga xos taraflari dorilar farmakokinetikasiga (so‘rilish, metabolizm, tarqalish va eliminatsiya jarayonlariga) sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining o‘ziga xos asosiy tarafi mikroorganizmlarga sezgirligi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolaning immun sistemasi to‘lik rivojlanmaganligi uchun, ularga beriladigan dorilar mikrobiologik tarafdan toza emasligi katta havf to‘g‘dirishi mumkin(infeksiya, pirogen reaksiya va sh.o‘). Undan tashqari, dori tarkibidagi mikroblar ta’sir etuvchi moddaning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish, zaharli moddalarni paydo bo‘lishiga sababchi omil hisoblanadi.
1. Ferment, gormonal sistemalari etarli rivojlanmaganligi uchun, dorilarni so‘rilish, biotranformatsiya va eliminatsiya jarayonlari o‘zgacha bo‘lishi mumkin;
2. Gematoensefalik to‘sik to‘la rivojlanmaganligi uchun dorilarga qo‘shiladigan konservantlar, stabilizatorlar miyaga salbiy ta’siri ko‘rsatish mumkin;
3. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning teri tuzilishi o‘ziga hos bo‘lib, (nozik va yupqa), yuqori rezorbtiv xususiyatga ega. Shuning uchun sirtga ishlatiladigan dorilarda) ayniksa sepma, surtma va h.q. mikrobiologik tarafdan tozaligiga yuqori talab qo‘yiladi va "B" guruhidagi moddalarni ishlatish ehtiyotlik bilan olib borilishi lozim;
4. Tananing gidratatsiya darajasi nisbatan yuqori. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarda tanadagi suv miqdori 75% tashkil etadi. Bu qo‘rsatkich katta odamlarda 58% atrofida bo‘ladi. Undan tashkari,hujayraaro suyuqlikni almashinuvi sutkada 50% tashkil etadi (14%kattalarda). Ko‘rsatib o‘tilgan farqlar suvda eruvchan moddalarni tarqalishiga va ularni tez hujayraaro suyuqlikga o‘tish va undan chiqib ketishini belgilaydi;
5. Jigarning qon zardobidan dori moddalarni ajratib olish (shimish) darajasi nisbatan past. Undan tashqari, dori moddalar jigar hujayralarida qisqa vaqt ushlanadi. Yuqoridagi dorilar metabolizm jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatish mumkin;
6. Dori moddalarni tanadan buyrak orqali chiqib ketish tezligi sust ( 50% gacha buyrakning moddalarni chiqarish qobiliyati pastroq) bo‘lganligi sababli, kumulyasiya hodisalarini namoyon bo‘lishi, hamda toksik va terapevtik dozalarning orasida farq kamaishiga asos bo‘lishi mumkin;
7. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qon zardobidagi oqsillar bilan dori moddalarni bog‘lanish darajasi etarli emasligi, preparatlarni qonda yuqori konsentratsiyasini uzoq vaqt davomida bo‘lishiga olib keladi;
8. Oshqozonning pH muhiti o‘zgacha. Yangi tug‘ilgan bolada, hayotining birinchi oylarida, bu ko‘rsatkichi - 5,8 atrofida bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmining o‘ziga xos taraflari, ularga yaratiladigan dorilar yuqori talablarga javob berishini taqozo etadi.
Ulardan asosiylari:
a) mikrofloradan tozalangan (steril) bo‘lishi, chunki immun tizimi to‘liq rivojlanmagan;
konservantlar va stabilizatorlar saqlamaslik, gematoensefalik to‘sik va ferment-gormonal tizimlarning faoliyati etarli darajada emasligi uchun ;
terini yuqori rezorbtiv xususiyatlarini hisobga olgan holda, teriga surtiladigan, sepiladigan dorilarni ehtiyotlik bilan qo‘llash lozim. Ayniqsa mentol, anestezin, yod saqlovchi preparatlarni va borat kislotasi. Hozirgi klinikadagi ma’lumotlarga ko‘ra, borat kislotasini bolalar amaliyotida qo‘llanilishida toksik reaksiyalar darajasi uning samaradorligidan yuqori bo‘lishi aniqlanganligi uchun, uni ishlatish mumkin emas.
Qator preparatlarni, ayniqsa nafas olish tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi, qo‘llanilishi cheklangan bo‘lishi lozim;
Ferment-gormonal tizimini faolligi etarli darajada bo‘lmaganligi uchun qator preparatlarning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq emas (tetratsiklin, kanamitsin, polimiksin, baktrim, morfin guruhidagi preparatlari, indometatsin, neomitsin, salililatlar va boshq);
Demak, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga dorilar yaratishda yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Bu muammoga 1982 yildan boshlab e’tibor berilmokda va shu masalaga oid maxsus buyruqlar hamda ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda O‘zR SSV 195-buyrug‘ining ilovasi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilarni tayyorlanishiga tegishli maxsus jadvallar keltirilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga dorilarni tayyorlashda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish lozim:
1. Ularga mo‘ljallangan barcha dorilarning retseptlarida “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun” maxsus belgi bo‘lishi va bolaning aniq vazni, yoshi ko‘rsatilishi shart;
2. Kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalarning dozalari tekshirilishi kerak;
3. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallagan hamma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanishi zarur, ya’ni xonalar, asbob-uskunalar, yordamchi moddalar, idishlarga ishlov berilish kerak, hozirgi vaqtda tasdiqlangan sanitariya qoidalariga asosan (SaNPin );
4. Dorixona va davolovchi–profilaktik muassasalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar dorilarini saqlash uchun alohida joylar ( shkaflar) ajratilish lozim va ular har kuni tozalanib turishi kerak;
5. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichishga mo‘ljallangan eritmalar aseptik sharoitda og‘irlik hajm usulida tayyorlanadi;
6. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar tozalangan suvda konservant va stabilizatorlar qo‘shmasdan tayyorlanadi va eritmalar rezinali tiqin va alyumin qopqoqlar bilan berkitilib, 195-buyruqda keltirilgan tartibda sterillanadi;
7. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar flakonlar ochilgandan keyin darhol ishlatilishi lozim va ularni saqlash mumkin emas. Shuning uchun eritmalar 1 marta ichiladigan hajmda tayyorlanishi lozim /10-20 ml dan/;
8. 200 ml gacha bo‘lgan hajmda eritmalarni, ayrim paytda, berish mumkin, agar eritma darhol bir necha bolaga bo‘lib ishlatilsa. Flakonlar shifoxona bo‘limlarida ochiladi va ular steril idishlarga quyiladi. Ochilgan flakonlardagi eritmalar darhol qo‘llanilishi lozim, ularni saqlash mumkin emas;
9. Hamma tayyorlangan dorilar to‘lik tahlil qilinishi shart;
10. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar mo‘ljallangan dorilar kasalxona bo‘limlariga alohida ajratilgan va muntazam yuvilib, hamda dezinfeksiya qilinadigan idishlarda berilishi lozim;
11. Ambulator retseptlar bo‘yicha, ichish uchun eritmalar dorixonada 100 ml gacha bo‘lgan hajmda berilish mumkin va ochilgandan keyin 2 sutkagacha muzlatgichda saqlanish lozim. Shu ma’lumot dorining yorlig‘ida belgilanish kerak.
|