A) Spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan shamchalar. Tarkibida atropin sulfat, efedrin gidroxlorid, papaverin gidroxlorid, kellin, teofillin saqlovchi shamchalar: - "Rektoseptal", "Kelledrin", "Kobedoz", "Kinetozin" shamchalari;
B) Pirozolon, barbituratlar, kofein, salitsilatlarni saqlovchi shamchalar: "Gibalgin", "Donozon", "Meliobol", "Neopirin" shamchalari.
Shamcha dori turida dori moddaning terapevtik ta’siri albatta olingan asosga bog‘lik bo‘ladi. Asoslar ikkita guruhga bo‘linadi: gidrofob va gidrofil. Texnologik va biofarmatsevtik tomondan, hamda bolaning organizmini o‘ziga hosligini hisobga olgan holda, bolalar amaliyotida shamchalarda faqat suvda erimaydigan asoslarni qo‘llash tavsiya etiladi, chunki suvda eriydigan asoslar bolalar to‘g‘ri ichakning nozik shillik pardalariga mos kelmadi (suvsiz-lantirish xossaga ega). Shuning uchun hozirgi paytda bolalarga mo‘ljallangan shamchalar uchun kakao moyi, vitepsol, o‘simlik moyining gidrogenizatlari va parafin bilan aralashgan asos, lanol, GXM - 5T asoslari tavsiya etiladi. Hozirgi paytda sil kasalligini davolashda ishlatiladigan solyutizon, ftivazid, izoniazid preparatlarining shamchalari ishlab chiqilgan, maksad – moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirib, biologik faolligini oshirish. Solyutizon 0,05 g shamchalari gidrogenizatsiyalangan yog‘lar (60 %), kakao moyi (30%) va parafin (10%)dan iborat bo‘lgan asos yordamida tayyorlangan. Ftivazid shamchalariga - lanol, izoniazid shamchalariga esa kakao moyi asoslari qo‘llanilgan.
Bolalar amaliyotida steroid gormonlarni va vitamin preparatlarini shamcha dori shaklida berish dolzarb. Masalan, V avitaminozlarni davolashda fosfotiamin (tiaminning fosfor efiri) tabletka o‘rniga shamcha sifatida berish tavsiya etiladi (vitepsol asosida). V12 va V6 vitaminlarni ham sham-cha dori turida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi.
Shamchalar faqat umumiy ta’sir ko‘rsatmasdan, mahalliy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Ular suvda erimaydigan asos (kakao moyi) va uglerod dioksidini ajratib chiqaradigan aralashmadan ( natriy gidrokarbonat va askorbin yoki limon kislotasi) tashkil topgan bo‘ladi.
Masalan: FERROLAKS shamchalari
Tarkib:
Natriy gidrokarbonat 0,05
Temir laktat 0,08
Askorbin kislotasi 0,01
Kakao moyi 2,0
|