KALSILAKS shamchalari
Tarkib:
Natriy gidrokarbonat 0, 20
Kalsiy laktat 0,10
Askorbin kislotasi0,05
Kakao moyi 2,0
Bu shamchalar quyish usuli bilan tayyorlanadi. Ta’siri 10-15 daqiqadan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Bolalar shamchalarining o‘ziga xos tomonlari:
1. XI DF ko‘rsatmasi bo‘yicha bolalarga mo‘ljallangan shamchalar og‘irligi 0,5 - 1,5g oralig‘ida bo‘lishi kerak va albatta shifokor tomonidan 1 shamcha - og‘irligi retseptda ko‘rsatilishi lozim;
2. Asosan suvda erimaydigan asoslar qo‘llaniladi;
3. Ta’sir etuvchi moddalarning dozalariga e’tibor berish lozim.
Shamchalarning ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda, hozirda ularning takomillashtirilgan shakllari tavsiya etilmoqda. Ulardan biri bu rektal kapsula va rektiolalar. Rektal kapsulalar jelatin (64-70%) va glitserin (30 - 36 %) aralashmalaridan tayyorlangan va suspenziya, emulsiya, pastasimon yoki suyuqliklarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan mayda idishcha ( giloflardir).
Ularning afzallik tomonlariga, shamchaga nisbatan yordamchi moddaning miqdori kamligi, saqlash sharoitlari uncha cheklanmagan va issiq iqlimga ega bo‘lgan mamlakatlarda ishlatish qulayligi. Rektal kapsulalarning ko‘rinishi noksimon, konussimon, tuxumsimon bo‘lishi mumkin va bolalar amaliyotida ishlatish juda ham qulay.
Pediatriya amaliyotida antibiotiklar, analgetiklar, trankvilizatorlar, tinchlantiruvchi, spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan rektal kapsulalar qo‘llaniladi.
Bolalar amaliyotida rektiolalar keng ishlatilmokda. Bu dori turlari rektal pipetkalari yokimikroklizmalari deb ham yuritiladi. Ular 3-5 ml hajmli, plastmassadan yasalgan elastik idishchalardir ( konteynerlar). Rektiolalar ko‘rinishi 2- rasm keltirilgan.
|