Poroshoklar ( ichish uchun)
Ichish uchun mo‘ljallangan poroshoklar retsepturaning taxminan - 40% tashkil etadi. Ularning texnologiyasining o‘ziga xosligi quyidagilardan iborat:
- aseptik sharoitda tayyorlanishi;
-dori moddalar kichik dozalarda bo‘lishi;
-to‘diruvchilar qo‘shilishi ( asosan saxaroza va glyukoza);
Tayyorlangan poroshoklarni qadoqlash uchun mumlangan kog‘oz ishlatiladi. Poroshoklar bir yoki ko‘pkomponentli ( asosan ikki) bo‘lishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar retsepturasida ko‘pincha quyidagi aralashmalar uchraydi:
1.Eufillin 0,003
Saxaroza 0,2
2.Dimedrol 0,005
Saxaroza 0,2
Tarkibida dibazol, fenobarbital, vitaminlar saqlovchi poroshoklar ham keng qo‘llaniladi.
In’eksion eritmalar.In’eksion eritmalar ham yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun qo‘llaniladi, lekin ularni o‘tkir zaruriyat bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
|