Sirtga ishlatiladigan suyuq dorilar
Sirtga ishlatiladigan suyuq dorilar asosan eritmalar, yog‘lar, ko‘z tomchilardan tashkil topgan. Sirtga qo‘llaniladigan eritmalardan kaliy permanganat, furatsilin, vodorod peroksidi, brilliant ko‘ki, etakridin laktat, kollargol eritmalari keng ishlatiladi. Bu eritmalarni texnologiyasini tanlashda dori moddalarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning yuqori haroratga chidamligi hisobga olinadi.
Kaliy permanganat eritmalari aseptik sharoitda,oldindan sterillangan suvda tayyorlanadi va eritilgandan so‘ng sterillanmaydi (termolabil bo‘lganligi uchun). Bu eritmani tayyorlashda kaliy permanganatni eruvchanligi hisobga olinadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar terisiga yog‘lar (shaftoli, kungaboqar, vazelin) surtiladi. Ular, qo‘llanilishdan oldin, 30 g dan NS navli shisha idishlarga qadoqlanadi, IR - 21 navli rezina tiqinlar va alyumin qopqoqlar bilan berkitilgan holda, 180 0S - 30 daqiqa davomida havo sterilizatorlarida, sterillanadi.
Ko‘z tomchilari
Har bir tug‘ilgan chaqaloqga, blennoreya kasalligini oldini olish maqsadida, 30% li sulfatsil natriy ko‘z tomchilari tomiziladi. Ularning tarkibi va texnologiyasi 195 buyrug‘ining ilovasida ( 4 – jadval) keltirilgan. Ko‘z tomchilar quyidagi tarkib bo‘yicha tayyorlanadi:
Sulfatsil natriy 3,0
1M xloridvodorod kislotasi 0,035 ml
Natriy tiosulfat 0,015
Tozalangan suv 10ml gacha
Ko‘z tomchilar aseptik sharoitda tayyorlanadi va 1200C 8 daqiqa davomida sterillanadi
|