Ma’ruzaning qisqacha matni:
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlardagi asosiy ijtimoiy- tibbiy muammolardan biri- qariyalar sonini o‘sishidir. SHundan kelib chiqqan holda qariyalarning farmakoterapiyasiga tegishli savollar katta ahamiyatga ega va dolzarb hisoblanadi. "Geriatriya" - bu tibbiyotning bir sohasi bo‘lib, odam organizmini qarish mexanizmlarini va qariyalarda kasalliklarni rivojlanishi, davolash va profilaktikasi kabi masalalarni o‘rganish uning asosiy vazifalarini tashkil etadi.
Geriatrik yoshi o‘rtacha hisobda 60 yoshdan boshlanadi va quyidagi davrlarga, o‘z navbatida, bo‘linadi:
-keksalik davri-60-74 yosh
-qariyalik davri 75-90 yosh
-uzoqyashovchilar 90 yosh dan keyin.
Maxsus geriatrik dorilarni yaratish zarurligi chambarchas, organizmni qarish oqibatida, tanada muhim o‘ziga xos biokimyoviy, fiziologik, anatomik va psixosomatik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan bog‘liq (tizim, a’zo, to‘qi-malarda).
Ulardan asosiylari:
1. O‘rtacha 20% gacha hayotiy muhim bo‘lgan tana a’zolarining vazni (jigar, yurak) kamayadi. Lekin bunga qaramasdan yog‘larning miqdori o‘rtacha 10-20% ko‘payadi. Shu o‘zgarishlar dorilarning oddiy dozalarda berilganida qondagi belgilangan miqdoridan yuqori bo‘lgan konsentratsiyasini hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin, oqibatda dorilarning salbiy ta’siri oshadi;
2. Tanada tarqalgan suv miqdori o‘rtacha 10-15% kamayadi, ayniqsa 75 yoshdan keyin esa bu son 18-20% gacha teng bo‘ladi. Undan tashqari, hujayralarining tarkibidagi suv miqdori ancha kamayadi. Shu o‘zgarishlar dori moddaning organizmda to‘la tarshqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, ayniksa suvda eruvchan preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarishi mumkin;
3. Oshqozon-ichak shiralarining ishlab chiqarilishi susayadi. Ayniqsa, oshqozondagi kislota muhiti o‘zgaradi, bu esa dorilarning erish tezligiga (tabletkalarda, kapsulalarda) ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rtacha 30% ga so‘rilish tezligi va 58% so‘rilish jarayonining samaradorligi pasayadi. Ayniqsa, salitsilatlarning, barbituratlarning, antibiotiklarni, sulfa-nilamidlarning so‘rilishi susayadi va oqibatda dorilarning ta’sir ko‘rsatish vaqti cho‘ziladi hamda mahalliy salbiy ta’siri oshadi;
4. Dorilarning metabolizmida qatnashadigan ferment sistemalarining faoliyati ancha susayadi, ayniqsa jigarda dorilarni enzimatik parchalanish reaksiyalar tezligi sekinlashadi. Bu esa iste’mol qilingan dorilarning va ularning parchalangan mahsulotlarini (metabolitlarini) organizmda to‘planishiga olib kelishi mumkin. Natijada dorilarning salbiy ta’sirlarini kuchayishi kuzatiladi;
5. Qariyalar yoshida buyrak faoliyati o‘zgaradi. Bu esa dorilarni orga-nizmda kumulyasiyasiga sabab bo‘ladi;
6. Qon zardobidagi albumin fraksiyasining tarkibi o‘zgaradi va oqibatda dori moddalarni oqsillar bilan bog‘lanish darajasi pasayadi va dorilarni tanada transportlash jarayoni o‘zgaradi. Buning natijasida terapevtik dozalarda qabul kilingan preparatlarning qonda uzoq vaqt davomida yuqori konsentratsiyasi bo‘lishiga sabab bo‘ladi;
7. Shu bilan birgalikda qariyalarning vegetativ asab sistemasining fao-liyati susayadi, oqibatda ko‘p hollarda moslanish ( adaptatsiya) jarayonlari o‘zgaradi;
8. Qariyalarda asosiy hayotiy muhim vitaminlar, mikroelementlarning etish-movchiligi kuzatiladi ( so‘rilish jarayonlari o‘zgarishi oqibatida).
Yuqorida keltirilgan qariyalarning organizmining fiziologik, anatomik o‘zgarishlari dorilarni ta’sirini boshqacha kechishiga, ya’ni farmako-kinetikasini o‘zgarishiga, salbiy reaksiyalar darajasini keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Masalan, agar o‘rta yoshdagi odamlarda dorilarning salbiy ta’siri, o‘rtacha hisobda 10,2% tashkil etsa, 75-80 yoshdagi kasallarda bu son 20,3% ga etishi mumkin. 90 yoshdan so‘ng bu ko‘rsatkich 24% gacha etishi aniqlangan. Ayrim paytlarda dorilarning paradoksal (ya’ni teskari kutilmagan ta’siri bo‘lishi mumkin).
Demak, maxsus geriatrik dorilar yaratilishi dolzarb muammo va geriatrik yoshidagi bemorlar farmakoterapiyasiga aloxida e’tibor berilishi va dorilarning so‘rilish jarayonini o‘zgarishini hisobga olish lozim /ayniqsa peroral usul bilan iste’mol qilingan dorilar uchun.
Qariyalarda so‘rilish jarayonining darajasi va tezligi nisbatan susayganligi uchun dorilarning oshqozon-ichak shilliq pardalariga mahalliy salbiy ta’siri /yallig‘lanishlar, yaralar/ nisbatan yuqori bo‘ladi. Ikkinchidan, dori moddalar uzoq vaqt oshqozon-ichak yo‘llarida ushlanib qolganligi sababli ularning gidrolitik parchalanishi darajasi ham nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu esa farmakoterapevtik ta’sirini kamayishiga olib keladi.
Undan tashqari kerak bo‘lgan har-xil biofaol moddalar etarli darajada organizmga so‘rilmaydi va geriatrik yoshdagi kasallarda ko‘pincha shu moddalarning etishmovchiligi kuzatiladi.
Shularni hisobga olgan holda, geriatrik dorilarni yaratishda albatta shu muammolarga e’tibor berilishi lozim va geriatriya yoshidagi bemorlarga mo‘ljallangan dorilar tarkibida albatta so‘rilish jarayonini tezlashti-ruvchi yordamchi moddalar /tenzidlar/ qo‘shish tavsiya etiladi.
Tenzidlar sifatida har-xil SFM ishlatiladi: tvinlar, letsitin, emulgator T-2, natriy lauril sulfat, dimeksid va h.q. Undan tashqari, geriatrik dorilarni yaratishda alohida e’tibor yordamchi moddalarni tanlashga beriladi. Qo‘shiladigan yordamchi moddalarning vazi-fasi dori turining texnologik xususiyatini ta’minlash bilan birga, ta’sir etuvchi moddalarni qarigan organizmga salbiy ta’siri kamaytirishga yoki bu ta’sirni oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Misol sifatida geriatriya amaliyotida qo‘llashga taklif etilgan, va makro va mikroelementlar saqlaydigan tabletkalarni keltirish mumkin. Bu tabletkalar tarkibida yordamchi moddalar sifatida quruq kazein va dekstran kiritilgan. Tanlangan yordamchi moddalarning vazifasi oshqozon shilliq pardalariga makro va mikroelemantlarni yallig‘lantiruvchi ta’sirini kamay-tirish va so‘rilish jarayonini tezlashtirish. Dekstran, YuMB bo‘lib, qovushqoq eritma hosil qiladi va oshqozon shilliq pardalarini metallarning mahalliy yallig‘lantiruvchi ta’siridan asraydi. Kazein esa metallar bilan kazei-nat-lar hosil qilib, ularni so‘rilishini tezlashtiradi. Natijada dorining umumiy salbiy ta’siri bo‘lmaydi va terapevtik ta’siri oshadi.
Geriatrik kasallarga mo‘ljallangan Seduksen preparatining in’eksion eritmasi tarkibiga Poloksamer 188 nomli yordamchi modda qo‘shiladi. Uning vazifasi preparatning eritmalarda kristallizatsiya jarayonini oldini olib, trombozlarni sodir bo‘lishini bartaraf etish.
Undan tashqari, qariyalar organizmida vitamin, aminokislotalar va bosh-qa biofaol moddalarning etishmovchiligi kuzatilganligi uchun, geriatriya dorilarini shu moddalar bilan boyitish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
Bu moddalar organizmni qarish jarayonini sekinlashtiradi va ular gero-protektorlar deb ataladi. Ular ko‘pincha yordamchi terapiya preparatlari sifatida qo‘llaniladi. Shuni hisobga olgan holda geriatriya amaliyotida dorilarni uchta guruhga bo‘lish tavsiya etiladi: .
I - guruh A-geroprotektorlar (geriatrik preparatlar);
II- guruh B-asosiy kasalni davolash uchun beriladigan dorilar;
III guruh V-bu guruhga geriatriyada ishlatilishi cheklangan preparatlar va geriatriya yoshdagi kasallarga ko‘pincha salbiy ta’siri yuqori darajada bo‘lgan preparatlar jamlanadi.
I- guruh A- geroprotektorlar. Ular turli xil biologik faol moddalardan tashkil topgan bo‘lib, organizmining himoya kuchlarini oshiradi, modda almashinuvini yaxshilaydi. Geroprotektorlar antioksidant, antigipoksik ta’-sirga ega bo‘lib, to‘qimalarni qayta tiklanish, oziqlanish faolligini oshiradi va umuman olganda organizmga tetiklashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Geroprotektorlarga vitamin preparatlari (kvadevit, undevit, tokoferol atsetat, vitamin A, dekamevit), aminokislotalar (metionin) va boshqa biofaol moddalar (jenshen nastoykasi, eleuterokokk ekstrakti, askorbin kislotasi, retinol, retabolil) kiradi.
II- Guruh B- shifokor ko‘rsatmasiga binoan kasalni davolash uchun kerak bo‘lgan dorilar.
III Guruh V- bu guruhga geriatriya amaliyotida ishlatilishi cheklangan yoki umuman ishlatib bo‘lmaydigan dorilar kiritilgan. Ular qariyalar orga-nizmiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini hisobga olib, ularni ayrim yoshdan so‘ng berish tavsiya etilmaydi.
Masalan, 50 yoshdan so‘ng ammifurin, margimush preparatlarini; 60 yoshdan keyin- psoberan, teturam; 75 yoshdan so‘ng- apomorfin, kortikosteroidlar, kofein, morfin, kuprenil berish tavsiya etilmaydi.
|