Geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlariga qo‘yilgan talablar, ularni texnologiyasining o‘ziga xosligi
Geriatriya dori turlari. Geriatriya amaliyotida har hil dori turlari ishlatiladi: peroral ( tabletka, draje, kapsula, suyuq dori turlari), rektal, in’eksion, aerozol, transdermal. Keng qo‘llaniladiganlari asosan qattiq dori turlari: tabletka, kapsula, draje. Suyuq dorilardan suvli ajratmalar, tomchilar keng ishlatiladi.
Lekin so‘rilish samaradorligi pasayishi hisobga olgan holda ayrim paytlarda peroral beriladigan dorilarning terapevtik ta’siri kerakli darajada bo‘lmasligi mumkin. Undan tashqari oshqozon shilliq pardalariga dori moddaning mahalliy salbiy ta’siri namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, qariyalarning farmakoterapiyasini mo‘‘tadilligini ta’minlash maq-sadida hozirgi paytda dorilarni rektal usul bilan berish qulay deb hisoblanadi.
Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dorilarni (shamchalarni ham shu jumladan) tarkibiga so‘rilish jarayonini tezlatuvchi moddalar (tenzidlar) kiritish tavsiya etiladi.
Misol, geriatriyada qo‘llaniladigan insulin shamchalarining tarkibiga 5% PAV-polioksil 30-oleat, fenobarbital, benzilpenitsillin shamchalariga esa 5% natriy laurilsulfat qo‘shiladi- maqsad moddalarni so‘rilish jarayonini tezlashtirish.
Tenzidlar sifatida shamchalarda yana T-2,letsitin, tvin-80 qo‘shish tavsiya etiladi. Geriatriya amaliyotida dorilarni ingalyasion yo‘li bilan kiritish maqsadga muvofikdir. Buning uchun aerozollar keng qo‘llaniladi, ayniqsa o‘pkaning o‘tkir va surunkali kasalliklarida antibiotiklar va boshqa antibakterial preparatlarni, yurak kasalliklarida yurak glikozidlarni ingalyasion yo‘li bilan kiritish tavsiya etiladi.
Geriatriya amaliyotida ishlatiladigan dori turlarining qariyotgan orga-nizmga faol moddani yumshoq ta’sir ko‘rsatishiga va terapiyaning havfsizligini ta’minlanishiga alohida e’tibor beriladi. Shuni hisobga olgan holda, geriatriya amaliyotida har xil ta’siri uzaytirilgan dori turlarini sublingval va transdermal yo‘llari bilan kiritish maqsadga muvofiq.
Dorilarni sublingval (til ostiga) yo‘li bilan yuborish ancha ijobiy taraflariga ega:
1. dori moddaga fermentlarning ta’siri bo‘lmaydi;
2. ichak-oshqozon yo‘llaring yallig‘lanishi kuzatilmaydi;
3. dorilar nisbatan tez ta’sir ko‘rsatadi;
Misol sifatida metiltestosteron sublingval tabletkalarini keltirish mumkin. Geriatriya yoshida stenokardiyani davolash va profilaktikasi uchun nitroglitserin preparatlarini saqlovchi sublingval polimer pardalar (trinitrolong, izosorbilong) yaratilgan. Ular 6-7 soat mobaynida ta’sir ko‘rsatadi. Polimer pardalarning katta kichikligi 4 x 9 x 0,15 mm va ular sintetik YuMB eritmalaridan (MS, PVP, PAA, PVS) tayyorlanadi.
Geriatriya amaliyotida ex tempore retseptlardan (60 yoshdan oshgan bemorlarga uchun) 50% tomchilar tashkil etadi. Ulardan 90% ko‘z tomchilariga tegishli. Ko‘z tomchilarni takomillashtirilgan va qari odamlarga qulay shakllarini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Masalan, ta’siri uzaytirilgan qo‘z tomchilari ( pilokarpin gidroxloridning metilsellyuloza bilan ko‘z tomchilari), ko‘z polimer pardalari ( apilak, atropin, pilokarpin gidroxlorid, kanamitsin, neomitsin, dikain), ko‘z terapevtik sistemalar.
Oxirgi yillarda dorilarni teri orqali ( transderal yo‘li bilan) kiri-tish maqsadga muvofiq. Teri orqali so‘rilishini ta’minlash uchun umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi surtmalar va hozirda rivoj topgan transdermal terapevtik sistemalar (TTS) lar mo‘ljallangan. Surtmalarda ham, asosning tabiatiga ko‘ra, dorilarning umumiy ta’siri ta’minlanadi. Masalan, nitroglitserin 2% surtmasi yurak atrofidagi teri yuzasiga surtilib, nitroglitserinning qonga so‘rilishini ta’minlaydi.
Teri orqali, molekulyar og‘irligi 300-800 gacha bo‘lgan moddalarni kiri-tishning afzallik tomonlari sublingval usuli o‘xshash bo‘ladi. Hozirda transdermal yo‘li bilan ta’sir etuvchi moddani organizmga kiritish uchun zamonaviy dori turlari- TTS larni geriatriya amaliyotida ishlatish maqsadga muvofiq. TTS geriatriyada qo‘llanilishi quyidagi afzallik tomonlarga ega:
a) dori moddalarni ta’siri uzaytirilganligi ta’minlanadi;
b) dori modda tanadan tashqarida joylashgan bo‘ladi;
v) dori moddalar bir tekis (bir me’yorda) tanaga so‘riladi;
g) dori moddalarga ichak-oshqozon sistemasi fermentlarning ta’siri
bo‘lmaydi
Oxirgi yillarda Nitroderm, Minitran, Nitrodur, Deponit, nitroglitserin saqlovchi TTS lar keng qo‘llaniladi. TTS larning batafsil ta’rifi VIII- bobda keltirilgan.
Respublikamizda ham geriatriya masalalariga e’tibor berilmoqda. 2001 y yanvar oyida “Ibn Sino” nomli Gerontologik markaz tashkil etildi. 2002 y noyabr oyida Toshkentda “Gerontologiya va geriatriyaning dolzarb muammolari” mavzudagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tqazildi.
|