Rasm 1.Rektiola- rektal pipetka
Rektiolalar ichki qismiga suyuq yoki quyuk dorivor moddalarni joy-lashtirish mumkin va ular bir marta ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat saqlanishi, shamchalarga ko‘ra tezrok ta’sir ko‘rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi aniq bo‘lishi, ishlatilishi qulayligi.
Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har hil surgi dorilar kiritilish mumkin. Rektal dorilardan tashqari bolalar amaliyotidasurtmalar keng qo‘llaniladi. Bolalarga surtmani yaratishda ularning teri tuzilishi va fiziologiyasini o‘ziga xosligi hisobga olinadi. Ularga taklif qilinayotgan surtmalarni tayyorlashda asosga katta ahamiyat beriladi. Masalan, vazelin va lanolin tarkibli asos uncha to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun bolalarga mo‘ljallangan surtmalarda ko‘pincha emulsion va gidrofil asoslarni ishla-tish tavsiya etiladi.
Emulsion asoslar. Bu asoslar moyning suvdagi yoki suvning moydagi emulsiyalarini hosil qiladi. Ular teridan suv bilan oson yuvilib, o‘zida erigan moddalarni tez ajratish xususiyatiga ega, surtmalar tayyorlanganda kam yog‘ sarflanadi.Emulsion asoslardan tayyorlangan surtmalardan dori moddasini tez so‘rilishi, ularning tarkibidagi emulgator (SFM) hisobiga ta’minlanadi. Emulgatorlar sifatida lanolin, emulgator T-2, emulgator N-1, tvin-80, spenlar, setil spirti keng qo‘llaniladi. Masalan, asos komponentlari sifa-tida PEG -300 va 4000, setil spirti, monooleat, tvin-80 va suv qo‘llanilishi mumkin. Bunday asoslar yumshoq konsistensiyaga ega bo‘ladi va bolaning nozik terisiga engil surtiladi. Misol, bolalargamo‘ljallangan antigistamin preparatlarni saqlovchi surtmalaruchun gidrofil asosni (PEG, propilen-glikol, sorbitaning monopalmitati (spen-40) va suvdan iborat bulgan asos ) ishlatish tavsiya etiladi. Undan tashqari, bolani terisini nozikligini hisobga olgan holda, surt-malar tarkibiga terini gaz - havo almashishiga to‘sik bo‘ladigan, terini quritadigan xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni kiritilishi cheklangan bo‘lishi lozim.
|