Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalar
Shu guruhdagi dorilardan eng qo‘llaniladigani bo‘lib, 195- buyruqning 2-ilovasining 2-jadvalida shu eritmalarni nomenklaturasi va texnologiyasining o‘ziga xosligi keltirilgan.
Ichish uchun mo‘ljallangan eritmalarni tayyorlashda yuqorida keltirilgan qoidalarga rioya qilish lozim: (aseptik sharoitda tayyorlanishi, hajmi 10-20 ml dan oshmasligi, stabilizatorlar va konservantlar qo‘shilmasligi, sterillanishi).
Glyukozaning 5; 10; 25 % - ichish uchun mo‘ljallangan eritmalarning texnologiyasi
Rp.: Solutionis Glucosi 5% - 20 ml
D.S. Yangi tug‘ilgan chaqaloqga ichish uchun.
Bu eritma aseptik sharoitda tozalangan suvda tayyorlanadi. Glyukozaning kerakli miqdori tozalangan suvda eritiladi va filtrlanadi. So‘ng shisha idishga 20 ml quyiladi, rezinali tiqin va alyumin qopqoqlar bilan berkitilib, 1200 S - 8 daqiqa sterillanadi.
Askorbin kislotasining 1 % li eritmalari
Rp.: Solutionis Acidi ascorbinici 5% - 20 ml
D.S. Yangi tug‘ilgan chaqaloqga ichish uchun
Askorbin kislotasi tozalangan, yangi qaynatilgan suvda eritiladi, filtrlanadi, flakonlarga to‘ldirib quyiladi, idishlar berkitilib 1000S - 30 daqiqa davomida sterillanadi. Saqlash muddati 5 kun.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda yana dibazol 0,01%, dimedrol 0,02%, kaliy iodid 0,5%, glyutamin kislotasi 1%, nikotin kislotasi 0,05%, natriy bromid 1% eritmalari keng qo‘llaniladi.
Miksturalar texnologiyasi.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan retsepurasida quyidagi tarkibli mikstura qo‘llaniladi:
Rp: Sol. Natrii benzoatis 2 % - 300 ml.
Natrii hydrocarbonatis 6,0
Sirupi sacchari 30 ml
M.D.S.choy koshikdan 3 mahal 1 yillik bolaga.
Bu dorini aseptik sharoitda tayyorlash kerak. Natriy gidrokarbonat ch.d.a yoki x.ch. navli, qand sharbati - yangi tayyorlangan bo‘lishi lozim. Alohida ikkita eritma tayyorlanish lozim (qand sharbatini sarg‘ayishini oldini olish uchun):
1. Rp: Natrii benzoatis
Natrii hydrocarbonatis aa 6,0
Aquae purificatae ad - 180 ml
M.D.S.
2.Sirupi sacchari 30 ml
Aquae purificatae - 120 ml
Eritmalar 1200 S- 8 daqiqa alohida sterillanadi va ishlatishdan oldin bir-biriga quyiladi.
|