|
Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni jihozlash masalalari
|
bet | 157/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeBolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni jihozlash masalalari. Dori vositalarining yoqimli rangi va shirin ta’mi ko‘pincha bolalarni zaharlanishiga sababchi bo‘lmoqda, ayniqsa 2-3 yoshdagi go‘daklarni. Shu sababli bolalar ocholmaydigan idishlarni yaratish muammosi mavjud. Bugungi kunda turli firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari maxsus katta bosim bilan qiyin ochiladigan qopqoqli “PET” idishlarga, maxsus penallarga qadoqlanadi. Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini yaratishda muhim vazifalardan biri – bu bir martalik jihozlarni yaratishdir. Ushbu jihozlar polimer materiallardan tayyorlanadi va dori preparatni maksimal ravishda barqarorligini ta’minlaydi va yordamchi moddalar miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
TOPSHIRIQLAR
1. Rp: Dimedroli 0,02
Ephedrini hydrochloridi 0,01
Sacchari 0,3
M.f.pulv.
D.t.d. N 10
S: Bir poroshokdan kuniga 3 mahal (8 yoshli bolaga).
2. Rp: Sulfadimezini 3,0
Sacchari 20,0
M.f. granulae
D.S. Ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan va sovutilgan suv bilan bеlgisigacha еtkazib (100 ml), eritilsin va bir choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin (4 yoshli bolaga).
3. Rp: Norsulfasoli 2,0
Bentoniti 30,0
Sirupi simplicis q.s.
M.f. granulae
D.S. Ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan va sovutilgan suv bilan bеlgisigacha еtkazib (100 ml), eritilsin va bir choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin (2 yoshli bolaga).
Quyida keltirilgan retseptlarni “Loyiha” usulida muhokama eting va bajaring.
1. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (BJSST) tomonidan tavsiya etilgan poroshok:
Rp: Natrii chloridi 1,75
Kalii chloridi 0,75
Natrii hydrocarbonatis 2,25
Glucosi 10,0 seu 20,0
M.f.pulv. Da in charta cerata
S: Ishlatishdan oldin 500 ml yangi qaynatilgan va sovutilgan suvda eritilsin va bir choy qoshiqdan ichilsin.
BJSST tomonidan tasiya etilgan poroshokni tayyorlash uchun dori modda faqat quritilgan va «kimyoviy toza» yoki «tahlil uchun toza» navlari ishlatilishi lozim.
Tanin surtmasidan 20,0 tayorlang.
Kseroform surtmasidan 30,0 tayorlang.
Bolalar uchun sepmadan 50,0 tayorlang.
Levomitsetin shamchalaridan 10 dona tayorlang.
|
| |