|
Pediatriya amaliyotida qo‘llaniladigan yumshoq dori turlari ta’rifi, texnologiyaining o‘ziga xosligi
|
bet | 154/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafePediatriya amaliyotida qo‘llaniladigan yumshoq dori turlari ta’rifi, texnologiyaining o‘ziga xosligi.
Yumshoq dori turlaridan bolalar amaliyotida rektal dorilar (shamchalar, kapsulalar, rektiolalar, klizmalar) va surtmalar, kremlar, linimentlar ishlatiladi. Ular 10% atrofida retsepturada uchraydi.
Rektal dori turlari. Xozirgi paytda bolalarga mo‘ljallangan dorilarning umumiy hajmida rektal dorilarning miqdori o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmokda. Agar 1990 yilda shamchalarga 3,4% (chet elda 17%) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, xozirgi vaqtda esa bu ko‘rsatkich 50% dan oshdi. Bu, bolalar amaliyotida, rektal dorilarni o‘ziga xos ijobiy taraflariga bog‘lik:
- dorilarning ayrim qo‘lansa hidi va yoqimsiz mazasi bilinmaydi;
- dorilar tanaga tezrok so‘riladi, natijada tez ta’sir ko‘rsatadi;
- og‘rik muammosi echiladi;
- allergik reaksiyalar kamayadi;
- oshqozon ichak shilliq pardalariga preparatlarning yallig‘lovchi ta’siri bulmaydi, hamda dori moddalar fermentlarning salbiy ta’siridan xalos bo‘ladi. SHu sababli analgetiklar, isitma tushiruvchi, spazmolitik, steroid gormonlar, allergiyaga qarshi dori preparatlardan suppozitoriya dori shaklini tayoyyorlash istiqboli izlanishlar deb hisoblanadi. Ayniksa bronxial va boshka nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda rektal dori turlarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Suppozitoriylar, shamchalar — xona haroratida qattiq, tana haroratida erib ketadigan, tanadagi har xil tabiiy yoki biror kasallik natijasida hosil bo’lgan bo’shliqlarga qo’yiladigan, dozalarga bo’lingan yumshoq dori shakli; silindr shaklidagi yoki bir tomoni uchli kilib ishlangan konussimon dori shakli; to‘јri ichakga kiritib ko‘yib davolashga mo‘ljallangan
Bolalar uchun mo‘ljallangan shamchalar nomenklaturasi. Hozirgi paytda maxsus bolalarga mo‘ljallangan shamchalar taklif qilinib, farmatsevtika sanoatida ishlab chiqilmokda:
- spazmolitik ta’sirga ega bo‘lgan shamchalar (atropin sulfat, efedrin gidroxlorid, papaverin gidroxlorid, kellin bilan);
- teofillin saklovchi shamchalar ("Rektoseptal", "Kelledrin", "Kobedoz", "Kinetozin");
- pirozolon, barbituratlar, kofein, salitsilatlarni saklovchi shamchalar ("Gibalgin", "Donozon", "Meliobol", "Neopirin").
Shamcha dori turida beriladigan dorilarni terapevtik ta’siri albatta olingan asosga bog‘lik bo‘ladi. Asoslar ikkita guruhga bo‘linadi: gidrofob va gidrofil. Texnologik va biofarmatsevtik tomondan hamda bolaning orga-nizmini o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, bolalar amaliyotida ishla-tiladigan shamchalarda faqat suvda erimaydigan asoslar qo‘llash tavsiya etiladi, chunki suvda eriydigan asoslar bolalar to‘g‘ri ichak nozik shillik pardalariga mos kelmadi (suvsizlantirish xossaga ega). Shuning uchun hozirgi paytda bolalarga mo‘ljallangan shamchalar uchun kakao moyi, vitepsol, kakao moyining gidrogenizatlari va parafin bilan aralashgan asos, lanol, GXM - 5T asoslari tavsiya etiladi. Masalan, hozirgi paytda tuberkulez kasalligini davolashda ishlatiladigan solyutizon, ftivazid, izoniazid preparatlarining shamchalari ishlab chiqilgan, maksad – moddalarning salbiy ta’sirini kamaytirib, biologik faolligini oshirish. Solyutizon 0,05 g shamchalari gidrogenizatsiyalangan yog‘lar (60%), kakao moyi (30%) va parafin (10%)dan iborat bo‘lgan asos yordamida tayyorlangan. Ftivazid shamchalarini - lanol, izoniazid shamchalarini - kakao moyi asoslarida tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
Bolalar amaliyotida steroid gormonlarni va vitamin preparatlarini shamcha dori shaklida berish dolzarb. Masalan, V avitaminozlarni davolashda fosfotiamin (tiaminning fosfor efiri) tabletka o‘rniga shamcha sifatida berish tavsiya etiladi (vitepsol asosida). V12 va V6 vitaminlarni ham shamcha dori turida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‘rsatildi. Undan tashqari, shamchalar faqat umumiy ta’sir ko‘rsatmasdan, mahalliy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Ular suvda erimaydigan asos (kakao moyi) va uglerod dioksidini ajratib chiqaradigan aralashmadan (natriy gidrokarbonat va kislota (askorbin yoki limon) tashkil topgan bo‘ladi.
Masalan: FERROLAKS shamchalari
Tarkib:
Natriy gidrokarbonat 0,05
Temir laktat 0,08
Askorbin kislotasi 0,01
Kakao moyi 2,0
KALSILAKS shamchalari
Tarkib:
Natriy gidrokarbonat 0, 20
Kalsiy laktat 0,10
Askorbin kislotasi 0,05
Kakao moyi 2,0
Bu shamchalar quyish usuli bilan tayyorlanadi. Ta’siri 10-15 daqiqadan so‘ng namoyon bo‘ladi.
|
| |