• Antibiotiklar.
  • Isitmani pasaytiradigan dori vositalarning qo‘shimcha ta’siri
  • Fantom patologiyasi va dori vositalari




    Download 6,71 Mb.
    bet162/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Fantom patologiyasi va dori vositalari. MDH davlatlarida bolalarda keng tarqalgan hastalik – ichak disbakteriozidan davolanishda ko‘pincha probiotiklar - bifido- va laktobakteriyalar ishlatiladi. Ushbu preparatlar tarkibilda laktoza borligi sababli qo‘shimcha nojo‘ya ta’siri (allergiya, ichak faoliyatini buzilishi va b.) ko‘p uchraydi va bu hol asosoiy kasallik kelib chiqish sababini aniqlashga xalal beradi.
    Antibiotiklar. Aniqlanishicha 90% atrofidagi o‘tkir respirator kasalliklarni (ORZ) virusli infeksiyalar chaqirsada, ushbu kasallikni davolash uchun asoslanmagan holda antibiotiklarni qo‘llash butun dunyoda turlicha, masalan, Kanadada - 14%, Xitoyda - 97% gacha, Fransiya va AQSH da -25% ga teng, Rossiyada - 30% dan 80% gacha. O‘tkir pnevmoniya va boshqa o‘tkir bakterial infeksiyalarda antibiotklar allergik reaksiyani kamdan-kam chaqiradilar. Ko‘p hollarda ushbu allergik reaksiyalar antibiotik noto‘g‘ri berilganida paydo bo‘ladi. Bu hol bakterial infeksiya sAMF va sAMF/sGMF nisbatini keskin ortishiga sabab bo‘lib, allergik reaksiyalarni namoyon bo‘lishiga halaqit beradi.
    Antibiotiklarni uzoq vaqt mobaynida qo‘llanilishi nojo‘ya ta’sirlarni ko‘payishiga sabab bo‘ladi: surunkali o‘pka yalllig‘lanish kasalligida xloramfenikol va aminoglikozidlar bilan davolangan - 13-14%, yarim sintetik penitsillinlar bilan davolangan 7%, sefalosporinlar va makrolidlar bilan davolangan 3-4% bemor bolalarda nojo‘ya qo‘shimcha ta’sirlar kuzatildi.
    Ikkilamchi ta’sirlar – zamburug‘larni rivojlanishi antibiotiklar bilan 1-2 hafta mobaynida davolanishda kuzatilmaydi. Surunkali o‘pka kasalliklarni davolashda qandidozga chalinish 32-54% tashkil etadi, biroq invaziv infeksiyaning rivojlanishi kuzatilmaydi. Shu sababli zamburug‘larga qarshi dori preparatlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va xujayra immuniteti nuqsonli bemor bolalar bunda istisnodir.
    Isitmani pasaytiradigan dori vositalarning qo‘shimcha ta’siri. Isitmani pasaytiradigan dori vositalar dorixonalarda shifokor dorixatisiz sotiladi va ota-onalar bolalarni davolashda keng qo‘llaydilar. Shifokorlar ham ushbu farmakologik guruhga mansub preparatlarni isitmasi 390 C va hatto 370 C gacha ko‘tarilgan barcha bemor bolalarga berishni tavsiya etadilar. Shifokorlarni zamonaviy davolash usullar bilan tanishtirilganidan keyin isitmani pasaytiruvchi dorilarni berish 2,5 martaga qisqardi.
    Isitmani pasaytiruvchi dori vositalar simptomatik terapiyada keng qo‘llanilishi, ular etkazadigan zarar katta bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu sababli pediatriya amaliyotida bir qator isitmani pasaytiruvchi dorilarni berish taqiqlangan: atsetilsalitsil kislotasi bolalarda gripp, o‘tkir resperator virus infeksiyalar (ORVI) va suvchechak kasalliklarda berish mumkin emas, chunki ular Rey sindromini chaqiradi va bunda bolalar o‘limi 30% (5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 50%) ni tashkil etadi.
    Zaharliligi sababli bolalarga beriladigan isitma pasaytiruvchi dori vositalari ro‘yxatidan antipirin va fenatsetin olib tashlangan. Analgin (metamizol) anafilaktik shok, agranulotsitoz chaqirishi sababli ko‘p davlatlarda 60-70 yillardan boshlab qo‘llanilmaydi, biroq MDH davlatlarida hali ishlatilmoqda.
    Bir necha yil oldin MDH davlatlarida turli yoshdagi bolalar uchun isitma pasaytiruvchi vosita sifatida nimesulid (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar guruhiga mansub) preparat ro‘yxatga olingan. Ushbu preparat revmatizm kasalligida ham beriladi, u gepatotoksik xususiyatga egaligi (bemorlarda transaminaza miqdorini oshiradi) MDH davlatlardan tashqarida hech bir davlatda qo‘llanilmaydi.
    Isitma pasaytiruvchi preparatlar guruhida nisbat eng kam zararli deb paratsetamol hisoblanadi. Ibuprofen bolalarga og‘riq bilan birga kechadigan isitma kasalliklarida beriladi. Biroq haligacha ko‘p ota-onalar bemor bolalariga isitmasini pasaytirish uchun aspirin, analgin va nimesulid kabi preparatlarni beradilar, bunda isitma pasaysa bolaning ahvoli yaxshilanadi deb hisoblaydilar. Biroq isitma – bu organizmning himoyalovchi-moslashuvchi reaksiyasi ekanligini va isitma pasaytiruvchi vositalar zarar ko‘rsatishini keng targ‘ibot etish zarur.
    Isitma pasaytiruvchi vositalar bolaning immun tizimini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi - Th-1 immunn javobga taalluqli γ-interferon, TNF-α va boshqa sitokinlarning sintezini to‘xtatishi infeksiya ko‘targan isitmani pasayshiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun isitma pasaytiruvchi dori vositalarni bemor bolaga hayotiy zarur ko‘rsatmaga binoan berish kerak. Isitmani pasaytirish uchun oddiy kompressdan foydalanish mumkin.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fantom patologiyasi va dori vositalari

    Download 6,71 Mb.