|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 160/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
MAVZU: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dorilar texnologiyasi
Mavzuni ahamiyati: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmi tuzilishining o‘ziga hos tomonlari, ularga ichish va surtish uchun beriladigan dori vositalarga qo‘yiladigan talablar, sifatini baholash, jihozlovchi materiallarni tanlash prinsiplari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dori preparatlarni saqlash sharoiti va muddati. O‘zbekiston Respublikasida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dori turlarini yaratishdagi muammolarni hal etish masalalari.
Bolalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy yumshoq dori turlari texnologiyasi, sifatini baholash, yordamchi moddalarni tanlash asosiy prinsiplarini o‘rganish.
Vaziyatli masalalar:
“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mo‘ljallangan dori vositalari” iboraga klasterlar tuzing.
1. Talabaga yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari texnologiyasining o‘ziga xos tomonlarini gapirib bering deb savol berilganida, u “Texnologiyasida farqi yo‘q” deb javob berdi. Javob to‘g‘rimi?.
2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari nomenklaturasini keltiring va ishlatilishini asoslab bering.
Javob varianti.
Bolalar uchun mo‘ljallangan dori turlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlarni o‘rganish natijasida, keng tarqalgan bu og‘iz oraqali qabul qilinadigan preparatlar ekanligi aniqlandi. Og‘iz orqali qabul qilinadigan suvli eritmalarni qo‘llash eng keng tarqalgan usul bo‘lib, so‘rilishi, bola organizmida tez va bir hil tarqalishi hamda og‘riq chaqirmasdan qo‘llash kabi biofarmatsevtik omillar bilan izohlanadi.
Suvli eritmalarda glyukoza, askorbin kislotasi, glyutamin kislotasi, kalsiy glyukonat, kalsiy laktat, kofein-benzoat natriy, magniy sulfat, novokain, dimedrol, fenobarbital va boshqalar keng qo‘llaniladi. Bolalarga emulsiya va suspenziyalar aksariyat hollarda ichish uchun beriladi, ushbu dori turlari dori vositalarning ta’mi va hidini yaxshi to‘g‘rilaydi va ayrim dori moddalarning qitiqlovchi hossasini kamaytiradi.
Qattiq dori turlari ichida eng ko‘p qo‘llanilib kelinayotgan dori turi – bu to‘ldiruvchi sifatida qand yoki glyukoza bilan tayyorlangan ikki komponentli poroshoklar, bularga misol qilib kichik dozada beriladigan vitaminlar, fenobarbital, dimedrol, eufillin, dibazol va boshqa dori moddalarni keltirish mumkin. Bundan tashqari qattiq dori turlari mikrobli kontaminatsiyaga turg‘un bo‘ladi.
Dozalarga ajratilmagan poroshoklardan bolalar amaliyotida keng qo‘llaniladigan sepmalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunda sepma bola terisini jarohatlamasligi va teri orqali yuqori darajada so‘rilishini hisobga olish kerk. Masalana, kseroform sepmasi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan dorixona sharoitida tayyorlanadigan barcha dori turlari, qo‘llanilishidan qa’tiy nazar, aseptik sharoitida tayyorlanishi va sterillangan bo‘lishi shart.
Taklif etilgan vaziyatli masalalar «Bumerang» ilg‘or pedagogik texnologiya usulida muhokama etilishi kerak.
|
| |