• Asosiy matn Bolalar uchun mo’ljallangan qattiq dori turlarini ta’rifi Poroshoklar.
  • Quruq suspeniyalar
  • Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi




    Download 6,71 Mb.
    bet152/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: VR-1; VR-5; VR-20; VR-100 qo’l torozi va toshlar (DTST 7328-61); VKT-1000 torozi (DTST 7328-61); turli kattalikdagi hovonchalar dastasi bilan; tozalangan suv uchun byurеtka; pipеtkalar, shisha voronka; o’lchov silindirlari; diamеtri 10-15 sm li chinni kosacha; paxta; doka; filtr qog’ozi; pеrgamеnt qog’ozi; mumlangan qog’oz kapsulalari; qo’ng’ir rangli (OS, OS-1 navli) va rangsiz (MTO navli) hajmi 50 va 100 ml li shisha idishlar, ular uchun polietilеn probkalar va burama plastmassa qopqoqlar; ”Ichish uchun”, „Sirtki”, „Kukun dori” dеgan asosiy va „Bolalar uchun”, „Salqin joyda saqlansin”, „Yorug’lik tushmaydigan joyda saqlansin”, „Qollashdan oldin chayqatilsin” kabi qo’shimcha yorliqlar va kraxmal shilimshig’i.


    Asosiy matn
    Bolalar uchun mo’ljallangan qattiq dori turlarini ta’rifi
    Poroshoklar. Bolalar amaliyotida bir martalik doza saqlovchi sashe-paketchalarga jihozlangan poroshoklarni qo’llanishi istiqbolli hisoblanadi. Bularga misol sifatida parasetamol, vitamin (askorbin kislotasi) va aramatizator saqlovchi; tarkibida parasetamol, kofein, natriy gidrokarbonat va limon kislotasini saqlovch, 5 g dan qadoqlangan vishillovchi porosokni; magniy sulfat, natriy gidrokarbonat, limon kislotasi va saxarozadan tashkil topgan Endryus mualliflik poroshogi kabi tarkiblarni keltirish mumkin.
    Quruq suspeniyalar flakonlarda ishlab chiqariladi va ishlatishdan oldin yoriqnomaga asosan suv bilan suyultiriladi. Bularga misol sifatida antibiotik saqlovchi va zambrug’larga qarshi preparatlar:
    - grizeofulvin suspeniyasi (korrigentlar: qand, shokolad, yalpiz moyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi;
    - fuzidin kislotasi, sefaleksin, ampitsillin, eritromitsin suspenziyalari (korrigentlar: qand, shokolad, yalpiz moyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi. Bunda bola organizmining bir qator xususiyatlarni inobatga olish kerak: o’ziga hos texnologiya, biosamaradorligi, oshqozon-ichak shilliq qavatini dori vositaning qitiqlovchi ta’siridan himoyalash, turli yoshdagi guruhlar uchun dozalash, qabul qilishning qulayligi.
    Sefaleksin suspenziyasi to’ldiruvch sifatida qand, sirt faol va quyuqlashtiruvchi moddalar qo’shilgan granula xolida ishlab chiqariladi va yuqori biosamaradorlikni namoyon etadi.
    Ampitsillin suspenziyasi tarkibida glukoza va sirt faol moddalarni saqlashi sababli namlanishi yaxshlanganligi kuzatiladi.
    Fenoksimetilpenitsillin suspenziyasi tarkibida quyidagi korrigentlar qo’shiladi: limon kislotasi, malina essensiyasi, qand.
    Farmatsevtika sanoatida yana quyidagi suspenziyalar ishlab chiqariladi: baktrim, lеvorin, tioridazin, pirantеl, salazopiridazin va b.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi

    Download 6,71 Mb.