• LABORATORIYA ISHI
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet197/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    O‘QUV MASALALARI
    1. Oling: Kamfora surtmasidan 10,0 g
    B.B.Oyoq uchun surtma.
    IX-DF, 721 maqola bo‘yicha tarkibi:
    Tarkib: Kamfora 10,0 g
    Vazelin 60,0 g
    Suvsiz lanolin 30,0 g
    Umumiy massa 100,0 g

    2. Oling: Kamfora 0,2 g


    Mentol 0,1 g
    Suvsiz lanolin 5,0 g
    Vazelin 5,0 g
    Surtma xosil bo‘lgunicha aralashtiring.
    B.B.Tana terisi uchun surtma.

    3. Oling: Fenol 0,5 g


    CHo‘chqa yog‘i
    Vazelin 5,0 g dan
    Surtma hosil bo‘lgunicha aralashtiring
    B.B. Qo‘l uchun surtma.
    4. Oling: SHaftoli moyi 3,0 g
    Parafin
    Vazelin 5,0 g dan
    Surtma hosil bo‘lgunicha aralashtiring
    B.B. Qo‘l uchun surtma.

    5. Oling: Kamfora 2,0 g


    Qatron 10,0 g
    Sariq asalari mumi 15,0 g
    Kungaboqar moyi 5,0 g
    Surtma hosil bo‘lgunicha aralashtiring
    B.B. Oyoq uchun surtma.

    6. Oling: Parafin 7,0 g


    Spermatset 3,0 g
    Kakao moyi 10,0 g
    SHaftoli moyi 10,0 g
    Aralashtiring.Bering.Belgilang
    Parafin-moyli parda-niqob.
    Eritilib yuzga 15-20 daqiqaga surtiladi.

    7. Oling: Follikulin 3,0 g


    Lanolin 15,0 g
    SHaftoli moyi 15,0 g
    Aralashtiring.Bering.Belgilang
    Oziqlantiruvchi niqob.
    Tozalangan yuz terisiga 15-20 daqiqaga surtiladi.


    LABORATORIYA ISHI
    1. Eritma turdagi gomogen surtmalarni tayyorlang va sifatini baholang:
    a) Oling: Mentol 0,1 g
    Suvsiz lanolin 5,0 g
    Vazelin 10,0 g
    Surtma hosil bqlgunicha aralshtiring.
    Bering. Belgilang. Teri uchun kosmetik surtma.
    Pasport: Mentol 0,1 g
    Suvsiz lanolin 5,0 g
    Vazelin 10,0 g
    Umumiy massa 15,1 g


    Texnologiyasi: Tarkibda o‘zaro eriydigan moddalar keltirilgan. CHinni kosachaga 10,0 g vazelin (erish xarorati 37-500S) va 5,0 g suvsiz lanolin (erish xarorati 36-420S) solib, suv hammomida eritiladi. Erigan aralashma suv hammomidan olinib, bir oz sovitiladi va 0,1 g mentol (erish xarorati 45-500S, uchuvchan modda!) solib, erib ketgunicha aralashtiriladi. Surtmani sifati baholanadi va qo‘ng‘ir rangli og‘zi keng burama plastmassa qopqoqli idishga solinadi. “Sirtki”, “Salqin va qorong‘i joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.
    b) Oling: Kamfora 0,3 g
    Sariq asalari mumi 2,0 g
    Vazelin 10,0 g
    Surtma hosil bo‘lgunicha aralshtiring.
    Bering. Belgilang. Oyoq uchun surtma.
    Pasport: Kamfora 0,3 g
    Sariq asalari mumi 2,0 g
    Vazelin 10,0 g
    Umumiy massa 12,3 g


    Texnologiyasi: Tarkibda o‘zaro eriydigan moddalar keltirilgan. CHinni kosachaga 2,0 g sariq asalari mumii (erish xarorati 37-500S) va 10,0 g vazelin solinib, suv hammomida eritiladi. Erigan asoslar aralashmasi suv xammomidan olib aralashtiriladi va ozgina sovib qolganida unga 0,3 g kamfora (erish xarorati 45-500S, uchuvchan modda!) solib, erib ketgunicha aralashtiriladi. Surtmani sifati baholanadi va qo‘ng‘ir rangli og‘zi keng burama plastmassa qopqoqli idishga solinadi. “Sirtki”, “Salqin va qorong‘i joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.
    Gellar texnologiyasi
    1. Oling: Aloy ekstrakti 5,0 g
    Jelatina 1,0 g
    Glitserin 10,0 g
    Nipagin 0,025 g
    Nipazol 0,015 g
    Tozalangan suv 40,0 ml
    Surtma hosil bo’lgunicha aralshtiring.
    Bering. Belgilang. Ajin tushgan yuz terisiga surtish uchun niqob (teriga suyultirilgan holda surtiladi).
    Pasport: Aloy ekstrakti 5,0 g
    Jelatina 1,0 g
    Glitserin 10,0 g
    Nipagin 0,025 g
    Nipazol 0,015 g
    Tozalangan suv 40,0 ml
    Umumiy massa 56,0 4 g
    Texnologiyasi. 1,0 g jelatina maydalanadi va chinni kosachaga solinadi va 4-10 marta ko‘p hajmdagi xona haroratidagi tozalangan suvda 30-60 daqiqaga bo‘kish uchun qoldiriladi. So‘ng qolgan suv qo‘shiladi, suv hammomida (40-500S) 10,0 g glitserin qo‘shib, bir hil qorishma hosil bo‘lgunicha aralashtirilib eritiladi. Lozim bo‘lsa marli orqali suzib olinishi mumkin. Eritma sag‘al sovigach aloy ekstrakti qo‘shiladi. Tayyor bo’lgan surtmani sifati baholanadi va burama qopqoqli qo’nђir rangli shishi idishaga qadoqlanadi va “Sirtki”, “Qoroђi va salqin joyda saqlansin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi. Niqob ishlatilishi oldidan issiq suv xammomida eritilishi lozim (370S).
    v) Oling: Ruh oksidi
    Jelatin 5,0 g dan
    Glitserin 20,0 g
    Tozalangan suv 20,0 g
    Bering. Belgilang. Himoyalovchi krem (teriga suyultirilgan
    holda surtiladi).
    Pasport: Ruh oksidi
    Jelatin 5,0 g dan
    Glitserin 20,0 g
    Tozalangan suv 20,0 g
    Umumiy massa 45,0 g
    Texnologiyasi: Maydalangan jelatin tozalangan suvda 30-60 daqiqaga bo’ktirib qo’yiladi, so’ng tarkibda berilgan glitserinning yarmi solinib, suv hammomida aralashtiriladi. Issiq hovonchaga 5,0 g ruh oksidi solinadi va glitserinni qolgan qismi bilan (2,5 g) yaxshilab aralashtiriladi, so’ng oz-ozdan jelatin eritmasi qo’shib boriladi, qo’nђir rangli burama plastmassa qopqoqli shisha idishga qadoqlanadi va tez sovutiladi. Hosil bo’lgan gel tarang, oq rangli. Gelni sifati baholanadi va “Sirtki”, “Salqin va qoronђi joyda saqlansin” “Ishlatishdan oldin isitilsin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.
    g) Oling: Kalendula damlamasi 37,0 ml
    Metilsellyuloza 3,0 g
    Glitserin 10,0 g
    Surtma hosil bo’lgunicha aralshtiring.
    Bering. Belgilang. YOђli teriga surtish uchun niqob.
    Pasport: Kalendula gullari 3,7 g
    Tozalangan suv 37,0 ml
    Metilsellyuloza 3,0 g
    Glitserin 10,0 g
    Umumiy massa 50,0 g
    Texnologiyasi: Kalendula damlamasidan 37,0 ml tayyorlab olinadi: 3,7 g gullarga (kalendula gullarining suv shimish koeffitsienti - 2,0. 3,7X2,07,4; 377,444,4) 40,2 ml xona haroratidagi tozalangan suv solamiz va infundir apparatida 15 daqiqa damlanadi va 45 daqiqa 60-700 S gradusgacha sovutiladi, suzib olinadi, ajratmaning hajmi berilgan miqdorgacha etkaziladi.
    6% kosmetik gelni tayyorlash uchun 3,0 g MS olinadi va ustiga 60-700 S gradusdagi kalendula damlamasining yarmi solinadi va 30-40 daqiqaga bo‘ktirib qo‘yiladigacha So’ng kalendula damlamasining qolgan qismi qo‘shiladi (xona haroratida) va MI-2 mexanik aralashtirgichda 3000 aylan/daq. aralashtiriladi. Oxirida glitserin qo‘shiladi (gel qurib qolmasligi uchun) va yana aralashtiriladi. Kosmetik gelni sifati baholanadi va oђzi keng burama qopqoqli idishaga qadoqlanadi va “Sirtki”, “Qoroђi va salqin joyda saqlansin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.
    MS geli mikroorganizmlar ta’siriga turg‘un. Gel teriga tez shimiladi. Biroq ayrim suvda yaxshi eriydigan dori moddalar (rezorsin, tanin, oxak suvi, ammiak eritmasi, yodni 5 va 10% eritmasi) MS geli bilan mos kelmaydi. Suvda yaxshi erimaydigan moddalar MS geli bilan (asosan 3%) trituratsion surtmalarni hosil qiladi (ruh oksidi, oltingugurt salitsil kislotasi).



    Download 6,71 Mb.
    1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.