|
Gomogen surtmalar qanday tayyorlanadi?
|
bet | 199/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe7. Gomogen surtmalar qanday tayyorlanadi?
A) dori modda oz miqdordagi suvda eritilib, so‘ng asosga qo‘shiladi;
V) dori modda asosda eritiladi;
S) dori modda asos tabiatiga yaqin yordamchi suyuqlik (vazelin moyi, glitserin yoki tozalangan suv)da eritiladi;
D) dori modda mayda kukun holida asosga o‘shiladi;
E) dori modda spirt yoki glitserinda eritilib, so‘ng asosga qo‘shiladi.
8. Lipofil asoslarga qaysi dori moddalar eritma tipida qo‘shiladi?
A) anestezin, benzoy kislotasi, kamfora, mentol, timol, fenol;
V) anestezin, benzoy kislotasi, dimedrol, kamfora, mentol, timol, fenol;
S) anestezin, benzoy kislotasi, borat kislotasi, kamfora, mentol, timol, fenol;
D) anestezin, benzoy kislotasi, kamfora, mentol, timol, oltin gugurt, fenol;
E) anestezin, benzoy kislotasi, kamfora, mentol, ruh oksidi, timol, fenol.
9. Dorixona sharoitida tayyorlangan kosmetik surtmalarni saqlash muddati:
A) 3 kun;
V) 10 kun;
S) 1 oy;
D) 1 yil;
E) 2 yil.
10. Surtmalarni qadoqlash uchun ishlatiladigan zamonaviy jihozlarni keltiring:
A) og‘zi plastmassa burama qopqoq bilan yopiladigan shisha idish;
V) og‘zi bog‘lanadigan shisha idish;
S) polietilen probkali qo‘ng‘ir rangli shisha idish;
D) alyuminiy tubalar;
E) plastmassa idishlar.
11. Asosda va suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan dori moddalardan tayyorlangan surtmalar qanday ataladi?
A) emulsion surtmalar;
V) gomogen surtmalar;
S) suspenzion surtmalar;
D) ekstraksion surtmalar;
E) aralash tipdagi surtmalar.
12. Suspenzion tipdagi surtmalarni yana qanday atash mumkin?
A) eritma tipdagi surtmalar;
V) emulsion tipdagi surtmalar;
S) trituratsion yoki osilma tipdagi surtmalar;
D) qotishma tipdagi surtmalar;
E) aralash tipdagi surtmalar.
13. Suspenzion tipdagi surtma tarkibida qattiq fazali dori modda 5% dan kam bo’lsa, qanday tayyorlanadi?
A) dori moddaga nisbatan yarim miqdorda asosga yaqin suyuq yordamchi modda qo’shib maydalanadi;
V) dori moddaga nisbatan teng miqdorda asosga yaqin suyuq yordamchi modda qo’shib maydalanadi;
S) dori moddaga nisbatan yarim miqdorda suyultirilgan asosbilan maydalanadi;
D) dori moddaga nisbatan ikki marta ko’p miqdorda asosga yaqin suyuq yordamchi modda qo’shib maydalanadi;
E) dori moddaga nisbatan uch marta ko’p miqdorda asosga yaqin suyuq yordamchi modda qo’shib maydalanadi;
|
| |