|
Asosiy matn
Qattiq кosmetik vositalar texnologiyasi
|
bet | 207/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeAsosiy matn
Qattiq кosmetik vositalar texnologiyasi
Pudralar – rangli, xushbo‘y hidlashtirilgan, yupqa dispers bir xil mineral va organik birikmalar aralashmasidan tashkil topgan aralashma, ular yuz terisi rangini tuzatish, tashqi muhit ta’siridan himoyalash, teridan ajralib chiqadigan moddalarni yutish va teri haroratini pasaytirishga mo‘ljallangan xushro‘ylantiruvchi kosmetik vositalar.
Dekorativ (xushro‘ylantiruvchi) kosmetik vositalar ichida eng kuchli ta’surotlar va iliq xotiralarni uyg‘otuvchi – bu pudralar. Pudralar to‘g‘risida juda ko‘p turli ma’lumotlar mavjud, chunki ushbu kosmetik vosita insoniyatni ibtidoiy ixtirolardan biri bo‘lib, zodagorlik va ayollik ramzi hisoblanadi.
Pudralarni tayyorlanishi va qo‘llanishi tarixiga nazar solsak, ushbu vosita qadimgi Egipet va Messopotamiyada mashhur va hurmatga sazovor bo‘lgan. Arxeologik izlanishlar ajdodlarimiz o‘simlik va mineral xom ashyosidan tayyorlangan pudralarni ishlatganligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, egipetliklar va shumerlar pudra sifatida qizil va sariq oxrani ishlatishgan. Qadimgi yunonlik va Rim go‘zallari terisini xushro‘y qilish maqsadida qo‘rg‘oshin ohakni (PbO) ishlatib, o‘z sog‘liklariga ziyon etkazishgan. Ovidiy (qadimgi Rim fayloso‘fi va tarixchi) ta’kidlashicha, qadimgi rimlik ayollar upa sifatida bug‘doy va dukkakdoshlar uni aralashmasidan ham foydalanganlar. Pudralar sharq mamlakatlarida ham keng qo‘llanilgan. Masalan, qadimda Hitoy va YApon zodagor ayollari el oldiga upa-elik surtmasdan paydo bo‘lishini tasavur qilish qiyin edi. YApon ayollari foydalanadigan upa-eliklar qimmat uzunchoq – sushi tayyorlanadigan guruchdan tayyorlangan. Guruch maydalanganida yumshoq, mayin, silliq yumaloq (sferik) zarrachalar hosil qiladi. Bundan tashqari guruch tarkibida oqsil bor, u esa terini xaddan tashqari qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. YApon ayollari oq rangli pudrani xush ko‘rishadi. Xatto 1917 yilda Rain Bow (kamalak) shiseido rusumidagi rangli pudralar paydo bo‘lganida ham ular bunday yangilikni rad etib, faqat an’anaviy oq pudralarni ishlatishni afzal ko‘rishdi. Evropada ham upa-elik katta e’tiborga sazovor bo‘lgan, ko‘p asrlar mobaynida quyoshda qoraish bu kambag‘allarga xos bo‘lib, ko‘rkamlik hisoblanmagan. Tekis, silliq, sutdek oppoq teri zodagorlik ramzi hisoblangan. Albatta ko‘p hollarda bunga upa-elik yordamida erishilgan. Upa qalin qatlam bilan yuz, badan terisi, soch va pariklarni qoplagan.
Evropadan bu odat Rossiyaga o‘tgan. XYI asr ohiri va XYII asrda sayoxatchi Oleariya ta’kidlashicha “Rus ayollari o‘rta bo‘yli, qaddi-qomati kelishgan, biroq yuziga oq chaplab, so‘ng ustidan qizil (rumyana) surtishadi, qora surma bilan (Sb2S3) qoshini bo‘yashadi”. Buning uchun rus boyvochchalari maxsus pardozlovchilarni – “belilshitsa” yollashgan.
Upa-elikni keng tarqalishi XYIII asrda kuzatilgan. Bu vosita bilan nafaqat ayollar. Balki erkaklar ham foydalanganlar. Pudra saqlash uchun turli maxsus idishlar – pudrenitsalarni chinni, billyur, kumush, oltindan yasashgan va ular haqiqiy san’at asari hisoblangan. Ular ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lib, ichidagi pudralar yangilanib turilgan.
Kleopatra zamonidan bugungi kungacha upa-eliklar katta o‘zgarishga uchragan bo‘lsada: oddiy bug‘doy yoki guruch unidan, to ko‘p komponentli ilmiy asoslangan tarkibga ega bo‘lgan mahsulotga aylangan bo‘lsada, mashhurligini aslo yo‘qotmagan.
|
| |