|
Pudralarning tasnifi va asosiy vazifalari
|
bet | 208/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafePudralarning tasnifi va asosiy vazifalari
Tarkibi bo‘yicha pudralarning tasnifi
o‘simlik asosli;
mineral asosli;
aralash asosli.
Bugungi kunda pudralar ko‘p komponentli aralashmalar bo‘lib, agregat holiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadilar:
sochiluvchan pudralar.
kompakt pudralar.
krem pudralar.
Krem-pudralar o‘z navbatida quyidagicha tasniflanadilar:
suyuq krem-pudralar;
aerozol krem-pudralar;
kompakt krem-pudralar.
Ishlatish maqsadiga qarab pudralarni quydagilarga tasniflash mumkin:
Pardozlash uchun mo‘ljallangan pudralar.
Gigienik pudralar (sepmalar).
Pudralarni asosiy vazifasi kuyidagilardan iborat:
a) dekorativ (xushro‘ylantiradi);
terini, ayniqsa burunni yaltirashini yo‘qotadi;
terini rangini tuzatadi;
teri nuqsonlarini niqoblaydi va tekislaydi;
b) gigienik
teri ishlab chiqqan ter va yog‘ni yutadi;
teri haroratini pasaytiradi (sovitadi);
terini atrof muhit ta’siridan himoyalaydi (masalan, sochiluvchan pudralar terini quyosh nuridan 1,5-2 soatgacha himoyalashi mumkin, krem-pudralar – 2-3 soatgacha);
terini qichishini to‘xtatadi.
Sochiluvchan pudralar – terini mayin va tekislashga mo‘ljallangan bo‘lib, makiyajni nihoyasiga etkazish bosqichida “so‘ngi chiziq” maqsadida ishlatiladi. CHunki sochiluvchan pudralar teriga aniq, bir tekisda va yupqa qatlam hosil qilib surtiladi va grunt sifatida ishlatiladigan material bilan (tonal asos, himoyalovchi krem, krem-pudra) yaxshi bog‘lanib makiyajga nihoyaga etgan ko‘rinish beradi. Sochiluvchan pudralar teriga puxovka yoki yuz uchun mo‘ljallangan ellik mo‘y qalam yordamida surtiladi.
Kompakt pudralar – sochiluvchan pudrani har xil yog‘lar bilan presslangan turi bo‘lib, tarkibidagi yog‘lar pudrani qurib qolishdan saqlaydi. Kompakt pudralar sumkada olib yurish va ora-chora makiyajni “tuzatib” turish uchun qulay. Biroq kompakt pudraning zarrachalari yirikligi sababli butun yuzga qalin qatlam qilib surtish mumin emas. Bunday makiyaj sifatli chiqmaydi va “soxta go‘zallik” ta’surotini qoldiradi. Kompakt pudralar faqat kichik maydonga surtishga mo‘ljallangan bo‘lib, butun yuzga surtilganida bosqichma-bosqich harakat qilish zarur va natijada ko‘rinish yaxlitligiga putur etadi. Demak, kompakt pudralar kun davomida yuzni tekislash, makiyajni tuzatish uchun ishlatiladi. U sponj yordmida surtiladi, agar surtish oldidan sponj namlansa, krem-pudraga o‘xshab surtiladi.
Suyuq pudralar (osilma-losonlar) – bu oddiy pudralarni suvli-glitserinli eritmasi bo‘lib, tarkibiga oz miqdorda spirt ham qo‘shiladi. SHuningdek suyuq pudra tarkibiga yog‘simon komponentlar – spermatset, stearin, parfyumer moyi, glitserin monostearat va h.q. qo‘shiladi. Suyuq pudralar asosan ertalab yuzdagi yog‘li yaltiroq qatlamni ketkazish uchun surtiladi. Suyuq pudralar surtilganidan so‘ng teriga kunduzgi himoyalovchi krem surtiladi.
Antiseptik pudralar – tarkibida ko‘p miqdorda antiseptik moddalar saqlashi tufayli yallig‘langan, shamollagan teriga surtish tavsiya etiladi. Ular teridagi ortiqcha yog‘ni yaxshi absorbsiyalaydi.
Terrakota pudralar – bu pudra tarkibiga maydalangan shifobaxsh tuproq qo‘shiladi, u pudraga jigarrang tus berib, uni tabiiy rangga yaqinlashtiradi. Bu pudra yuz konturiga surtiladi yoki ten va rumyana o‘rniga ishlatilishi mumkin. Biroq quyosh nuri tegmagan oq terida u tabiiy bo‘lib ko‘rinmaydi.
YAltiroq pudralar – bu pudralar tarkibiga oltin yoki kumush zarrachalar qo‘shiladi, ular kechqurun sun’iy nurlarda, ayniqsa sham nurlarida chiroyli yaltiraydi va tovlanadi. Kunduz kunlari quyosh nurida bunday pudralardan foydalanish to‘g‘ri emas (ahmoqona ko‘rinadi). YAltiroq pudralar applikator-mo‘y qalami yordamida surtiladi.
YAshil pudralar – sochiluvchan kukun yoki kompakt pudra holida ishlab chiqariladi. YAshil pudralar asosan yuz terisida qizil dog‘, tuguncha yoki husunbuzarlarni niqoblash uchun ishlatiladi. CHunki yashil rang qizil rangni tashqi ko‘rinishdan “o‘chirish” - kamaytirish xossasiga ega. Bu pudra juda kam miqdorda surtiladi (yashil rang ko‘rinmasligi uchun), ustidan krem pudra yoki sochiluvchan pudra surtilishi kerak.
Pudralarning asosiy ta’sir etish mexanizmi:
teridan suyuqlikni tortib olishi sababli, terini bug‘lanishi va sovishiga sabab bo‘ladi, terini dezinfeksiyalaydi;
gigroskopik va maydadispersligi sababli teridagi suyuqlikni shimib olib, terini quritadi.
|
| |