Pudralarning umumiy texnologiyasi
Poroshok va kompakt holidagi dekorativ mahsulotlar (pudralar, quruq rumyanalar, tenlar) sifati DST (GOST) 28768-90 va sanitariya qoidalari (SanPiN) talabiga javob berishi kerak.
Krem va suyuq holda ishlab chiqariladigan pudralardan tashqari barcha pudralarning texnologik jarayoni bir xil:
Sochiluvchan pudralarni olish texnologik jarayoni
1-jarayon: pudra tarkibiga kiruvchi komponentlarni alohida-alohida tegirmonda maydalash.
2-jarayon: maydalangan tarkibiy komponentlarni aralashtirish.
3-jarayon: elash – bunda aralashma 1 sm2 da 3600 teshigi bor bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi (zarrachalar kattaligi 3-20 mkm bo‘ladi).
yoki
1-jarayon: komponentlarni aralashtirish.
2-jarayon: aralashmani tegirmonda maydalash.
3-jarayon: elash.
Kompakt pudralarni olish texnologik jarayoni
1-jarayon: komponentlarni maydalash.
2-jarayon: elash.
3-jarayon: komponentlarni aralashtirish.
4-jarayon: aralashmani presslash.
Masalan, “Novaya zarya” parfyumer fabrikasida sochiluvchan ”ekstra” navli pudrani vibromaydalagichdan o‘tkazib olish quyidagi jarayonlardan iborat (1-rasm):
1. Transportlash
2. Tortish (komponentlarni)
3. Elash
4. Aralashtirish
5. Maydalash
6. Qadoqlash uchun transportlash
7. Qadoqlash
8. Jihozlash
1-rasm. Sochiluvchan pudrani vibromaydalagichdan o‘tkazib olish texnologik jarayon tasviri.
Sochiluvchan pudra olish texnologik jarayon tasviri: (1) tarozga o‘rnatilgan yig‘gichga tarkib bo‘yicha pudra komponentlari tortiladi; (2) aerozol-uzatgich (trasportyor) yordamida tayyor aralashma (3) qabul xampaga yuboriladi, so‘ng (4) shlyuzli yopgich (zatvor) va (5) material-uzatgich orqali (6) siklonga o‘tkaziladi va maydalab-arlashtiriladi. So‘ng (7) shlyuzli yopg‘ich orqali massa (8) vibroelakka va (9) rotorli aralashtirgichga o‘tadi, massa elanadi va aralashtiriladi. Pudra (12) klassifikator yordamida (10) vibroelakdan o‘tazilib 6-12 mkmli zarrachalar qabul qiluvchi (13) siklonga yuboriladi. Pudra hosil qilgan chang (11) ventilyator yordamida so‘rib olinadi. Massa (13) siklondan (10) vibroelakka o‘tkaziladi va xampa orqali (15) qadoqlovchi avtomatga yuboriladi.
Kompakt va sochiluvchan pudralarni olish texnologik jarayoni (Fransiya texnologiyasi bo‘yicha): asosiy moddalar tarkibi va dozalar sochiluvchan va kompakt pudralarda bir xil bo‘ladi, faqat moddalarni o‘lchami – kompakt pudralarda yirik bo‘ladi. SHuningdek, kompakt pudra olishda tarkibga yana bog‘lovchi vosita sifatida dekstrin, patoka, kraxmal shilimshig‘i va yog‘li qo‘shimcha (lanolin, gidrirlangan spirtlar, spermatset, asalari mumi, pentol va mag‘iz moyi) qo‘shildi. Pudra komponentlari tashiladigan bochkalarda (14) tortiladi. Retseptda keltiriladigan miqdorda bo‘yoq va kaolin aralashtiriladi (11), aralashma bochkada (12) saqlanadi. Kerak bo‘lganida tayyor bo‘yoq bochkadan (12) uzatgich bilan (16) xampaga (17) uzatiladi. Xushbo‘ylashtiruvchi modda dozator yordamida (18) o‘lchanadi, u shnekli aralashtirgichda (19) joylangan bo‘ladi. (2-rasm).
2-rasm. Kompakt pudrani olish texnologik jarayon tasviri.
Xom ashyo omborxonadan pnevmouzatgich yordamida 5 ta xampaga o‘tkaziladi. Torozdan (13 va 15) va xampadan (1-5) komponentlar avtomatik tarozlarga (7, 8, 9,10) tushadi va tortiladi. So‘ng shnekli aralashtirgich (19)ga o‘tkazilib, aralashmaga bo‘yoq va xushbo‘y hid berdigan moddalar qo‘shiladi. Pudra aralashmasi shnek (20) bilan buratga uzatiladi (21), elanganidan so‘ng yirik zarrachalar tashuvchi bochkaga yuboriladi (22). Bu erdan boshlab pudra olish texnologiyasi turlicha bo‘lishi mumkin:
a) O‘ta mayda fraksiyali pudra aralashmasi sochiluvchan pudra olishga jo‘natiladi.
b) Yirik fraksiyalar presslanadi.
Buning uchun pudra massasiga bog‘lovchi moddalar spiral shakldagi transportyor bilan (23) bochkadan (22) markazdan qochuvchi aralashtirgichga (24) uzatiladi. Ushbu aralashtirgich ikki devorli bo‘lib (rubashka) unga sovitish uchun sovuq suv yuboriladi. Aralashtirgichga Na-KMS geli (1-2%) va presslashni osonlashtiruvchi moddalar qo‘shiladi. Aralashma yaxshilab qorishtiriladi va yana maydalanadi.
Maydalangan massa shlyuzli yopg‘ich (25) va qabul qiluvchi (31) moslama yordamida saralaydigan moslamaga kelib tushadi. Bunda pudrani birlamchi massasi 3 qismga bo‘linadi:
I – 20-30 mkm dan katta;
II – 3-20 mkm;
III – 2 mkm dan kichik.
I – 20-30 mkm dan katta bo‘lgan zarrachalar shlyuz-yopg‘ich (28) orqali va spiral-transportyor yordamida (27) yana qo‘shimcha maydalanadi (24).
II – 3-20 mkm (mo‘‘tadil o‘lchamga ega) zarrachalar bunkerdan (29) spiral shnek yordamida (32) boshqa bunkerga o‘tkaziladi va presslash uchun kompaktlovchi mashinaga o‘tkaziladi (34). Kompaktlash - maxsus metall kosachalarga oziqlantiruvchi moslama yordamida keltiriladi. Presslash uchun tanlangan 3-20 mkmli zarrachalar o‘lchami yuz terini yaxshi qoplaydilar va teri teshiklarini berkitmay, ter ajralishi va nafas olishiga xalaqit bermaydilar. Ichiga pudra presslangan metall kosacha qo‘l konveyrga (35) uzatiladi va pudrenitsalarga joylashtiriladi. CHang ko‘paymasligi uchun butun ishlab chiqarish xonasi ventilyator (30) bilan jihozlanadi va u ishlab turadi (5.3-rasm).
III – 2 mkm dan kichik zarrachalar filtr yordamida ushlanib, bolalar sepmasi, talk va turli sochiluvchan upalar tayyorlashga jo‘natiladi.
|