|
Kosmetika vositalarining sifat nazorati
|
bet | 212/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeKosmetika vositalarining sifat nazorati
Kosmetika vositalari ishlatilishi, tashqi ko‘rinishi, konsistensiyasi va strukturasi bo‘yicha turli xil bo‘lib, tayyorlanishi ham o‘ziga xosdir. Kosmetik vositalar tarkibiga odatda 10 xil yoki undan ham ortiq turli moddalar turli maqsadlarda qo‘shiladi. Bunda kosmetik vositalar tarkibiga kiruvchi moddalarning bir biriga mos kelishi, miqdorining to‘g‘ri tanlanishi va tayyor mahsulotning har xil haroratda va uzoq vaqt davomida barqaror bo‘lishi talab qilinadi. Kosmetik vositalar asosiga aksariyat hollarda turli tarkibli yog‘li asoslar, SFM, emulgatorlar, solyubilizatorlar, struktura va parda hosil qiluvchi, to‘ldiruvchi, konservant va boshqa moddalar tashkil etadi. Ko‘p kosmetika vositalarga foydali biofaol moddalar (BFM) va xushbo‘ylashtiruvchi moddalarni qo‘shiladi. Bunda kosmetik vositaning sifatiga qo‘yiladigan asosiy talab – uning bezararligidir. SHuning uchun barcha kosmetik vositalar uchun yaratilgan moddalar toksikologik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kosmetik vositalarni mikrobiologik barqarorligini ta’minlash maqsadida ularning tarkibiga turli konservantlar qo‘shiladi. Har bir kosmetik vosita uchun qo‘shiladigan konservantlarning turi va miqdorini mikrobiologlar belgilaydilar. Kosmetik vositalarni harid qilishda haridorgirligini oshirish va ishlatishda mahsulotni yoqimli bo‘lishini ta’minlash maqsadida mahsulot tarkibiga turli xushbo‘y kompozitsiyalar, tish pastalari va eliksirlari tarkibiga esa ta’m korrigentlari kiritiladi.
Tashqi ko‘rinishi, hidi va bir hilligini aniqlash. Kosmetika vositalarining tashqi ko‘rinishi, hidi va bir hilligi organoleptik usulda tasdiqlangan tarkib bo‘yicha tayyorlangan etalon namunasi bilan solishtirsh yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suyuq mahsulotlarni standartlashtirish uchun korxona va standart namunalari bir hil rangsiz shishadan tayyorlangan standart probirkalarga solinadi va oq fonda probirkadan 20 sm, kuzatuvchining ko‘zidan 30 sm masofada joylashgan 40 vattli elektr lampochka nurlarida ko‘zdan kechiriladi. Probirkadagi mahsulot namunasi etalon namuna solingan plastinkalar bilan solishtirilishi ham mumkin. Hajmi 30 ml gacha bo‘lgan va rangsiz idishlarga jihozlangan eritmalarni standart probirkaga qo‘ymasdan, qadoqlangan idishning o‘zida ko‘zdan kechirish ruhsat etiladi. Bunda standart eritma ham bir hil idishga solinishi kerak.
|
| |