• Rezorsinning chinligini aniqlash.
  • Benzoy kislotasining chinligini aniqlash




    Download 6,71 Mb.
    bet220/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Benzoy kislotasining chinligini aniqlash. a) xinozolni aniqlashdan keyin qolgan filtratdan 1,5 ml olib, ustiga 10 ml 0,1 M natriy gidroksid va 10 ml tozalangan suv qo‘shiladi va 15 daqiqadan so‘ng eritma filtrlanadi. Eritmaga 2-3 tomchi temir xlorid (III) eritmasi qo‘shilganida hosil bo‘lgan sarig‘ish qo‘ng‘ir rangli cho‘kma benzoy kislotasi borligini isbotlaydi.
    b) 2,0 g kremga 10 ml tozalangan suv va 2 g parafin qo‘shib qaynatiladi, so‘ng cho‘kma sovitiladi va hosil bo‘lgan parafinli bo‘lakcha ajratib tashlanadi. Suvli eritma 0,5-1 ml hajmi qolgunicha bug‘latib, konsentrlanadi va filtrlanadi. Filtratga 1 ml konsentrlangan nisbiy og‘irligi 1,84 ga teng bo‘lgan sulfat kislotasi qo‘shiladi. Eritma benzoy kislotasini saqlaganda sariq rangga o‘tadi.
    Rezorsinning chinligini aniqlash. Rezorsinni aniqlash uchun kosmetik vositaning quruq qoldig‘i suvda eritiladi, bunda eritma neytral muhitga ega bo‘lishi loztim. Eritmaga temir xlorid (III) qo‘shilganida to‘q binafsha rang hosil bo‘lishi kerak.
    Rezorsinning erish harorati 111-1120 S. Rezorsin ammiakli kumush eritmasi bilayn birga qaynatilganida qaytaruvchi vazifasini bajaradi hamda ftal kislotasi bilan qo‘shib qizdirilganida fluoressein bo‘yog‘i hosil bo‘ladi. Xlorli suv rezorsin eritmalarini oldin binafsha, keyin sariq va ohirida qizil rang, bromli suv va ammiak eritmasi esa yashil rang hosil qiladi. Rezonsinga kaliy gidroksid qo‘shib qizdirilganidan keyin eritmaga bir nechta tomchi xloroform qo‘shilsa, eritma qizil rangga o‘tadi. Rezorsin miqdoriga ikki marta ko‘p vino kislotasi va bir nechta tomchi konsentrlangan sulfat kislotasi qo‘shilsa, eritma to‘q-qizil rangga o‘tadi.
    Rezorsinni salitsilat kislotasidan ajratish uchun quruq qoldiqning bir qismini ishqori eritmasida eritish, karbonat angidridi bilan to‘yintirish va efir bilan chayqatish lozim. Ushbu sharoitda rezorsin efir qatlamiga o‘tadi, natriy salitsilat esa suvli qatlamda qoladi, suvli qatlamni ajratib olib, unga xlorid kislotasi qo‘shilsa, salitsilat kislotasi cho‘kmaga tushadi.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Benzoy kislotasining chinligini aniqlash

    Download 6,71 Mb.