|
Simob amidoxloridi chinligini aniqlash
|
bet | 221/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeSimob amidoxloridi chinligini aniqlash. 5,0 g atrofidagi 0,01 g aniqlikda tortilgan mahsulot namunasi 20-25 ml xloroform va oltingugurt efirining teng miqdordagi aralashmasi bilan qattiq chayqatiladi. Aralashma filtrlanadi, filtr ustidagi cho‘kma xloroform va oltingugurt efirining aralashmasi bilan yaxshilab yuviladi so‘ng sulfat kislotsi saqlanvdigan eksikatorda doimiy massagacha quritiladi. Quritilgan cho‘kma 10% nitrat kislotasining eritmasida eritiladi va ustiga 10% kaliy yodid eritmasi qo‘shiladi.
Ortiqcha reaktiv qo‘shilganida erib ketadigan, to‘q qizil cho‘kma hosil bo‘lishi, shuningdek eritmaga ko‘mush nitrat ko‘shilganida oq cho‘kma hosil bo‘lishi, mahsulot tarkibida simob amitdoxlorid borligini ko‘rsatadi.
Suyuk kosmetik vositalarni fizik-kimyoviy hossalarini baholash
Loson va toniklar - bu suvli yoki suv-spirtli eritmalar bo‘lib, ularning tarkibida glitserin, bakteritsid moddalar, o‘simlik ekstraktlari, vitaminlar va boshqa moddalar bor. Losonlar terni tozalaydi, namalydi va tarangligini oshiradi. Loson i toniklarning muhit tabiati neytral yoki nordon, ko‘pincha ularning rN ko‘rsatkichi terining rN ga yaqin bo‘ladi. Tarkibida spirt saqlashi bo‘yicha losonlar quyidagilarga tasniflanadi:
spirtli losonlar, tarkibida 15-25% (40% gacha) etil spirti bo‘ladi, ular yog‘li teri uchun ishlatiladi;
spirtsiz losonlar (izopropil spirti asosida) quruq teri uchun mo‘ljallangan;
fitolos’onlar – tarkibida foydali biofaol moddalarni (nastoyka va ekstraktlarni) ko‘p miqdorda saqlovchi losonlar;
loson-toniklar – bu kombinirlangan kosmetik vositalar bo‘lib, ular bir vaqtda terini tozalaydilar va tonusini ko‘taradilar (teri teshigini kengaytiradilar);
emulsion losonlar — suyuq emulsion kremlar (sutlar);
ikki fazali loson/toniklar.
Losonlar sifatini baholash. Losonlarga qator talablar qo‘yiladi va ular tegishli MH larda belgilanadi (GOST larda).Ulardan asosiylari:
- qattiq dispers fazaning yuqori dispersligi, uni dispersion muhitida bir tekis tarqalganligi; rN ni me’yorida bo‘lishi; turg‘unligi (fizik-kimeviy, mikrobiologik). Bu talablarga erishish farmatsevtik texnologiya usullarini (solvatlash, peptizatsiyalash, solyubillash, emulgirlash, dispergirlash, ekstraksiyalash) qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
Losonlarni sifati tegishli GOSTlarda keltirilgan usullar yordamida baholanadi. Bunda asosan kuyidagi ko‘rsatkichlarga e’tiborberiladi:
|
| |