• Ammoniy tuzlarining chinligini quyuq kremlar tarkibida aniqlash.
  • Ammoniy tuzlarining chinligini suyuq kremlar tarkibida aniqlash.
  • Peroksid vodorodining chinligini aniqlash.
  • Xinozolning chinligini aniqlash.
  • Tarkibida oltingugurt saqlaydigan eruvchan preparatlarning (ixtiol, albixtol, kolloil oltingugurt va b.) chinligini aniqlash




    Download 6,71 Mb.
    bet219/316
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #138330
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   316
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    Tarkibida oltingugurt saqlaydigan eruvchan preparatlarning (ixtiol, albixtol, kolloil oltingugurt va b.) chinligini aniqlash. Mahsulotining namunasidan 5-10 ml olib, tiglda ehtiyotkorlik bilan qizdiriladi. Qoldiq ustiga bir nechta millilitr suyultirilgan xlorid kislotasining eritmasi solinadi. Reaksiya natijasida ajralib chiqqan serovodorod hidi hamda qo‘rg‘oshin atsetat eritmasiga botirib olingan filtr qog‘ozining qoraishi mahsulot tarkibida ixtiol va boshqa tarkibida oltingugurt saqlovchi eruvchan preparatlarni borligini isbotlaydi.
    Ammoniy tuzlarining chinligini quyuq kremlar tarkibida aniqlash. 5,0 g atrofidagi quyuq krem namunasi probirkaga solinib, ustidan muhit ishqoriy bo‘lgunicha 20-30% natriy gidroksid eritmasi qo‘shiladi. Aralashma biroz isitiladi. Mahsulot tarkibidagi ammoniy tuzlarning mavjudligi hosil bo‘lgan ammiakning o‘ziga hos hidi va qizil lakmus qog‘ozining rangi quq rangga o‘tishi bo‘yicha aniqlanadi.
    Ammoniy tuzlarining chinligini suyuq kremlar tarkibida aniqlash. 5,0-10,0 g atrofidagi suyuq krem namunasi probirkaga solinib, ustidan muhit ishqoriy bo‘lgunicha 20-30% natriy gidroksid eritmasi qo‘shiladi. Aralashma qaynagunicha isitiladi. Mahsulot tarkibidagi ammoniy tuzlari tarkibidan ajralib chiqqan ammiak tahsiridan probirka ustida ushlab turilgan qizil lakmus qog‘ozining rangi quq rangga o‘tishi kuzatiladi.
    Peroksid vodorodining chinligini aniqlash. Kosmetika mahsuloti tarkibida peroksid vodorodni aniqlash uchun namunaga suyultirilgan sulfat kislotasi va kaliy dixromat tuzining eritmasi qo‘shiladi. Eritma oltingugurtli efir bilan chayqatilganida, hosil bo‘lgan xrom kislotasini (nadxromovaya) erishi natijasida eritma chiroyli havorangga bo‘yaladi.
    Xinozolning chinligini aniqlash. 10 ml suyuq mahsulot namunasiga 50 ml konsentlangan natriy karbonat eritmasi qo‘shilaganida oq cho‘kma hosil bo‘lishi, mahsulot tarkibida xinozol borligini isbotlaydi. CHo‘kma filtrlanib ajratib tashlanganidan so‘ng, filtratda benzoy kislotasini aniqlash mumkin.

    Download 6,71 Mb.
    1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   316




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarkibida oltingugurt saqlaydigan eruvchan preparatlarning (ixtiol, albixtol, kolloil oltingugurt va b.) chinligini aniqlash

    Download 6,71 Mb.