|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 217/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeNur sindirish ko‘rsatkichi refraktometrik usulda 200 S haroratda spektrning natriy chizig‘i bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun dastlab refraktometr prizmalariga suv tomizib, harorat 200 S gacha keltiriladi. So‘ng prizmalarga filtr qog‘oz lentsi yordamida bir tekis qilib aniqlanadigan mahsulot namunasi surtiladi. Nur-qorongilik chegarasi aniq to‘g‘rilab olinadi va ushbu chegara bilan sindirilgan nurning tutashish nuqtasi shkala yordamida aniqlanadi.
Qovishqoqlik har bir mahsulot uchun alohida belgilangan diametrga ega NILKa vorokasidan 100 ml mahsulot namunasining oqib tushish vaqtiga aytiladi. Pastki teshigi berkitilgan, aniq vertikal holatda joylashtirilgan voronkaga chetiga etgunichp yaxshilab aralashtirilgan mahsulot namunasi quyiladi. Voronkaning ichki qavatiga suv yuborilib, namunaning harorati aniq 200 S da ushlab turiladi. Voronka tagiga hajmi 100 ml li silindr qo‘yiladi. Mahsulot namunasining qovishqoqligini aniqlash uchun voronka krani va sekundomer bir vaqtda qo‘yib yuboriladi. Silindra oqib tushgan mahsulotning hajmi 100 ml etishi bilan, sekundomer to‘xtatiladi va oqib tushishga sarflangan vaqt hisoblanadi.
Izoh. Vazelin, yog‘li asoslar va kremlarning qovishqoqligi viskozimetrik usulda aniqlanadi. Buning uchun Ostvald-Piknevich (o‘lchov birligi - santistoks) yoki Engler viskozimetrida (o‘lchov birligi – Engler gradusida) aniqlanadi.
Og‘ir metallar tuzlari miqdorini aniqlash
a) Quyuq kremlar va vazelin tarkibida og‘ir metallar miqdorini aniqlash. 10,0 g krem yoki vazelin hajmi 100 ml li shisha stakanga solib, tortiladi. Ustiga 50 ml suyultirilgan nitrat kislotasi qo‘shiladi va suv hamomida 30 daqiqa qaynatiladi. Soviganidan so‘ng yog‘li qatlam ajratib tashlanadi, kislota-suvli qatlami filtrlanadi. Filtrlab olingan eritmaning bir qismida qo‘rg‘oshin tuzlarini aniqlash uchun unga 10% kaliy yod eritmasi qo‘shilib, qizdiriladi va tez sovitiladi. Eritmada qo‘rg‘oshin tuzlari bo‘lgan holda hosil bo‘lgan qo‘rg‘oshin yod kristallari cho‘kmaga tushadi.
Eritmaning ikkinchi qismida mishyak aniqlanadi. Buning uchun hosil bo‘lgan nitrat kislotali eritmaga ortig‘i bilan 10% molibdat ammoniy eritmasi solinadi va qaynagunicha qizdiriladi. Mishyak ishtirokida sariq rangli mishyak molibdat ammoniy tuzlari cho‘kmaga tushadi.
|
| |