|
Tashqi ko‘rinishi va rangini aniqlash
|
bet | 225/316 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #138330 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeTashqi ko‘rinishi va rangini aniqlash. Namuna 0,5 g miqdorda olinadi va shisha buyum oynasiga bir tekis qilib surtiladi, ustiga boshqa buyum oyna qo‘yib surtilgan massa tekislanadi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi va rangi aniqlanadi.
Mahsulotning hidi organoleptik baholanadi.
Sochiluvchan zichligi. Sochiluvchan mahsulotning sochiluvchan zichligini aniqlash uchun aniqlash uchun olingan namuna oldindan tortilgan va hajmi aniqlangan №4 tiglga 10 sm balandlikda joylashgan elakdan o‘tkaziladi (elakning teshik diametri har bir mahsulot turi va navi uchun texnika shartlarida alohida kedtiriladi). Tigl to‘lganidan so‘ng mahsulotning ortiqcha qismi pichoq yoki chizg‘ich yordamida tekis qilib olib tashlanadi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Mahsulotning sochiluvchan zichligi quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
Bu erda: X – mahsulotning sochiluvchan zichligi, g/ml;
a – mahsulot namunasi solingan tigl massasi, g.
b – bo‘sh tiglning massasi, g;
v – tigl hajmi, ml.
Masalan, pudraning sochiluvchan zichligini aniqlash uchun mahsulot tortmasi 1 sm2 da 3600 ta teshigi bor elakdan o‘tkaziladi va yuqorida keltirilgan usulda aniqlanadi.
Granulometrik tarkibi (zarrachalar o‘lchami). Aniqlash MP-3 rusumli yoki shunga o‘xshash, okulyarli mikrometr bilan jihozlangan va 313 marta kattalashtirib ko‘rsatadigan polyarizatsion mikroskopda olib boriladi.
50,0 g mahsulot toza oq qog‘oz ustiga solinib, yaxshilab aralashtiriladi va kvartalash (to‘rtga bo‘lish) usuli bilan 0,1 g atrofida namuna olinadi.
Olingan namuna balandligi 50-60 mm li va diametri 10-12 mm li probirkaga solinadi va shisha tayoqcha bilan 2 ml distillangan glitserin bilan yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng aralashma tezda buyum oynachasiga bir tekis qilib surtiladi va o‘lchami 18x18 bo‘lgan yopg‘ich oynacha bilan yopiladi. YOpg‘ich oynacha chetidan chiqib qolgan ortiqcha namuna filtr qog‘ozi yordamida olib tashlanadi. Zarrachalarning kattaligi va soni o‘lchami 3,3-6; 6-15; 16-60 mikronli okulyar mikrometri yordamida aniqlanadi. Mikroskop ostidagi preparat chadan o‘nga suriladi, buyum oynachasiga joylashtirilgan zarrachalar buyum oynachasi surilishiga perpendikulyar ravishda joylashgan okulyar mikrometri yoniga olib kelib, o‘lchanadi va tegishli sinfga ajratib yon daftarchaga qayd etiladi. Okulyar bo‘luv maydonining bir yo‘nalishida belgilab bo‘lingan zarrachalar qayd etilganidan so‘ng, tepa qismidagi bo‘luv maydonga o‘tilib, qayd etish davom ettiriladi. Bunda preparat o‘ngdan chapga surib boriladi.
Qayd etilgan zarrachalarning umumiy soni 100 ta dan oshmasligi kerak. Turli sinfga mansub zarrachalarning o‘lchami quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:
Bu erda: X – xar bir sinfga mansub zarrachalar miqdori, %;
a1+a2+a3+a4+…+an – har bir sinfga mansub bo‘lgan zarrachalar soni.
|
| |